Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING SOG‘LIQNI SAQLASH ORGANLARI BILAN HAMKORLIK YO`NALISHLARI
Quvvatov Abduxoliq Mirzajon o’g’li
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada profilaktika inspektorining sog’liqni saqlash organlari bilan hamkorligining asosiy yo’nalishlari, sog’liqni saqlash muassalari bilan hamkorlikni tashkil etishning bugungi holati va hozirda ushbu sohadagi kamchilik va muammolarga doir masalalar yoritib berilgan. Kalit so’zlar: sog’liqni saqlash, sog’liqqa qarshi jinoyatlar, tan jarohati, sog’liqni saqlash muassasalari, OITS, hamkorlik, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka chalingan shaxslar, amaliy hamkorlik, sog’lom turmush tarzi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasida “Har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash choralarini ko‘radi. Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi” deb belgilab qo’yilgan. Inson hayoti va sog‘lig‘i oliy qadriyat sanalganligi bois, har bir shaxsning yashash huquqlarini ta’minlash va himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Zero, har bir insonning sog‘lig‘i va yashashga bo‘lgan huquqi, ya’ni hayoti bu dunyoda boshqa hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan bebaho ne’matidir. Inson omilisiz shaxs, jamiyat va davlat, shuningdek millatlar va https://scientific-jl.com/luch/ 4 3 5 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 mamlakatlar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni tasavvur qilish ilojsiz, albatta. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 3-moddasida: “har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega” ekanligi qayd etib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasining 25-moddasida ham yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqi ekanligi, inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat hisoblanishi mustahkamlab qo‘yilgan. Jinoyatchilikka qarshi samarali kurash olib borishda, ayniqsa, unga ta’sir qiluvchi chora-tadbirlarni, xususan, jinoyatlarni oldini olishda profilaktika sub’ektlarining hamkorligini muvofiqlashtirish, faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish, usul, vosita va tartiblarni ishlab chiqish uchun uning mohiyati, kelib chiqish tarkibi, ko‘rinishlari va rivojlanish qonuniyatlari hamda tarixiy o‘tmishi haqida chuqur ilmiy asoslangan bilimga ega bo‘lish talab etiladi. Aholi soglig’ini saqlash, sog’liqqa qarshi jinoyatlarning oldini olish borasida Ichki ishlar organlari ham ishtirok etadi hamda bu boradagi faoliyatni amalga oshirishda bevosita sog’liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Aholi sog‘lig‘ini saqlash va sog‘liqqa qarshi jinoyatlar hamda huquqbuzarliklarning oldini olishda profilaktika inspektorining sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi ob’ektiv zaruriyatni tashkil etadi. Chunki sog‘liqni saqlash organlarining bevosita ish faoliyatlari fuqarolarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar tufayli yetkaziladigan zararli oqibatlarni bartaraf etish, oldini olishni profilaktika inspektori bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Profilaktika inspektori xizmat hududida aniq shaxs tomonidan tan jarohati yetkazilgan holatlarda fuqaroga yetkazilgan jarohatning og‘irlik darajasini aniqlashni so‘rab, hududiy tibbiyot muassasalariga sud-tibbiy ekspertiza tayinlash choralarini ko‘radi. Zarur hollarda yetkazilgan jarohatning https://scientific-jl.com/luch/ 4 3 6 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 og‘irlik darajasini belgilangan muddatda aniqlash maqsadida profilaktika inspektorining o‘zi fuqaroni sud-tibbiy ekspertizaga olib borishni ta‘minlaydi. Profilaktika inspektori tibbiyot muassasalaridan olingan xulosa asosida huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritadi yoki jinoyat ishini tergov organlariga oshirish choralarini ko‘radi va tegishli tartibda IIB boshlig‘iga bildirgi bilan murojaat qiladi. Bundan tashqari, respublikamizning qishloq joylarida faoliyat yuritayotgan oilaviy vrachlik punktlariga sog‘lig‘i yomonlashib murojaat qilgan fuqarolarning tan jarohatlarida ularning huquqbuzarlik, jinoyat yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar natijasida olinganlik alomatlari aniqlansa, xizmat olib borayotgan tibbiyot xodimlari bu holat haqida zudlik bilan nafaqat IIB navbatchilik qismiga, qolaversa hudud profilaktika inspektoriga xabar berishi talab etiladi. Ushbu holatda profilaktika inspektori olingan ma‘lumotlar asosida holatga oydinlik kiritadi hamda tan jarohatining huquqbuzarlik, jinoyat yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar natijasida olinganini aniqlab, aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlaydi. Ichki ishlar organlarining tayanch punktiga profilaktika inspektori va ichki ishlar organlarining turli sohaviy xizmat xodimlari tomonidan olib kelin
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada profilaktika inspektorining sog’liqni saqlash organlari bilan hamkorligining asosiy yo’nalishlari, sog’liqni saqlash muassalari bilan hamkorlikni tashkil etishning bugungi holati va hozirda ushbu sohada…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada profilaktika inspektorining sog’liqni saqlash organlari bilan hamkorligining asosiy yo’nalishlari, sog’liqni saqlash muassalari bilan hamkorlikni tashkil etishning bugungi holati va hozirda ushbu sohada… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- OITS, alkogolizm, Kalit so’zlar: sog’liqni saqlash, tan jarohati, sog’liqni saqlash muassasalari, hamkorlik, giyohvandlik va zaharvandlikka chalingan shaxslar, sog’lom turmush tarzi., amaliy hamkorlik, sog’liqqa qarshi jinoyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024