К содержанию
РецензированоRU2025

TIL VA NUTQ. GRAMMATIKADA METOD VA NAZARIY YO'NALISHLARI.

Abdumalikova Gulchehra Rasuljon qizi (Andijon Davlat Chet tillari instituti Roman-German va Slavyan tillari fakulteti)

Лучшие интеллектуальные исследования · 1 · 2025

Аннотация

В статье рассматриваются различия между понятием «язык» и «речь», а также теоретические и методические подходы к обучению грамматике. Особое внимание уделено системной структуре языка и реализациям речи в живом общении, подчеркивается значимость коммуникативного и функционального подходов в обучении грамматике. Ключевые слова: язык, речь, грамматика, метод, теория, коммуникативный подход. Annotation:This article explores the relationship and distinction between language and speech, as well as theoretical and methodological approaches in grammar teaching. It emphasizes the difference between language as a system and speech as actual communication, highlighting the role of communicative and functional methods in grammar instruction. https://scientific-jl.com/luch/ 4 6 8 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 Keywords: language, speech, grammar, method, theory, communicative approach. Til va nutq inson tafakkurining, madaniyatining, ijtimoiy hayotining ajralmas tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Til – bu ijtimoiy hodisa bo‘lib, u kishilar o‘rtasidagi aloqa, bilim almashinuvi, axborot uzatishning eng muhim vositasidir. Nutq esa – bu til vositalari orqali inson fikrini ifodalash jarayoni, ya’ni tilning amaliy ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Til doimiy, barqaror tizim bo‘lsa, nutq esa bu tizimning harakatdagi shakli, uni shaxsiy, ijtimoiy, psixologik va kommunikativ jarayonlarda qo‘llash tarzidir. Shu sababli til va nutq bir-biriga bevosita bog‘liq bo‘lgan, biroq mohiyat jihatidan farqlanuvchi tushunchalardir. Zamonaviy tilshunoslikda til va nutq masalasi, ayniqsa ularning o‘zaro bog‘liqligi, grammatik tuzilmalarda qanday ifodalanishi, tilni o‘qitishda qanday metod va nazariy yo‘nalishlar asosida yondashilishini chuqur o‘rganish dolzarb masalaga aylangan. Grammatika – tilning asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, unda so‘zlarning shakllanishi, bog‘lanishi, gap qurilishi kabi jihatlar tizimli ravishda ifodalanadi. Grammatika nafaqat nazariy bilim, balki amaliy qo‘llashda ham muhim rol o‘ynaydi. Uni o‘rganishda esa til va nutq tushunchalarining o‘zaro ta’siri, o‘ziga xos metod va yondashuvlarni talab qiladi. O‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri — grammatika ta’limini nafaqat nazariy asosda, balki nutqiy faoliyat bilan bog‘liq holda samarali tashkil etishdir. Buning uchun o‘qitish metodlari orasida kommunikativ, funksional, kognitiv, induktiv va deduktiv yondashuvlar asosiy o‘rin egallaydi. Har bir metod o‘zining yondashuv mezonlariga ega bo‘lib, ularni tanlash va qo‘llash o‘quvchilarning yoshi, bilim darajasi, til o‘rganishdagi maqsadlariga bog‘liq holda farq qiladi. Ayniqsa, xorijiy tilni o‘qitishda grammatika o‘rgatish bilan birga, uni real muloqotdagi qo‘llanish holatlari orqali mustahkamlash zarurati tug‘iladi. https://scientific-jl.com/luch/ 4 6 9 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 Til va nutq — bu ikki tushuncha tilshunoslikda eng muhim, markaziy va ko‘p qirrali masalalardan biridir. Ular har doim bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, lekin mazmunan va funksional jihatdan farqlanadi. Til – bu ijtimoiy hodisa, odamlar orasidagi muloqotni ta’minlaydigan belgilar tizimi bo‘lib, unda grammatik me’yorlar, leksik birliklar, tovush tizimi, sintaktik tuzilma va boshqa lingvistik unsurlar mujassam bo‘ladi. Til kollektiv ong mahsuli sifatida jamiyatda avloddan-avlodga o‘tadigan meros hisoblanadi. Nutq esa bu til vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladigan individual faoliyatdir. U og‘zaki va yozma shakllarda namoyon bo‘lib, har bir inson tomonidan ongli ravishda boshqariladi. Nutq shaxsiy fikrni ifodalash, o‘zaro aloqani o‘rnatish, ma’lumot yetkazish, hissiyotni ifodalash kabi ko‘plab kommunikativ vazifalarni bajaradi. Ferdinand de Sossyurning til va nutq haqidagi klassik qarashlari tilshunoslikning asosiy nazariy poydevorini tashkil qiladi. U tilni ijtimoiy hodisa, nutqni esa individual hodisa deb ajratgan. Shu asosda “langue” (til) va “parole” (nutq) qarama-qarshi, ammo o‘zaro bog‘liq tushunchalar sifatida ko‘riladi. Til — bu umumiy qonunlar to‘plami, nutq esa shu qonunlar asosida real hayotda amalga oshadigan amaliy faoliyatdir. Shuningdek, zamonaviy tilshunoslikda kognitiv, pragmatik va psixolingvistik yondashuvlar orqali ham til va nutq o‘rtasidagi aloqalar, farqlar, o‘zaro ta’sir mexanizmlari chuqur o‘rganilmoqda. Kognitiv lingvistika tilni tafakkur bilan chambarchas bog‘liq deb qaraydi, nutq esa bu tafakkurning tashqi ifodasidir. Pragmatik yondashuv esa til vositalarining maqsadga muvofiqligini, nutqning kontekstga bog‘liqligini tahlil qiladi. Psixolingvistika esa til va nutqning inson ongi, xotirasi, idroki bilan qanday bog‘liqligini aniqlashga harakat qiladi. Nazariy grammatik yo‘nalishlar tilshunoslikda tilda ifodalangan mazmun va strukturalarning o‘zaro bog‘lanishini o‘rganish uchun turli yondashuvlarni https://scientific-jl.com/luch/ 4 7 0 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 ishlab chiqadi. Bu yo‘nalishlar tilni tushunish va o‘rganish jarayonida foydalanuvchi vositalar sifatida xizmat qiladi. Zamonaviy tilshunoslikda funk

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются различия между понятием «язык» и «речь», а также теоретические и методические подходы к обучению грамматике.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются различия между понятием «язык» и «речь», а также теоретические и методические подходы к обучению грамматике. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
language, speech, grammar, method, theory, communicative, kommunikativ yondashuv., Ключевые слова: язык, grammatika, речь, теория, коммуникативный подход., metod, грамматика, nutq, communicative approach., nazariya, Keywords: language, метод, Kalit so‘zlar: til
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники