К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEK VA ISPAN TILIDAGI FRAZEOLOGIZMLARNING QIYOSIY TAHLILI

Qosimova Sevinch Sevdiyorovna

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

o: En este artículo se analizan las expresiones idiomáticas en uzbeko y español. El objetivo del estudio es conocer las ideas culturales, la forma de ver el mundo y el uso del lenguaje figurado en las dos lenguas. Las expresiones se comparan según su significado y uso en el contexto, mostrando similitudes y diferencias. Los resultados del estudio ayudan a usar correctamente estas expresiones en la traducción y también en la enseñanza y el aprendizaje de lenguas extranjeras. https://scientific-jl.com/luch/ 6 5 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 Palabras clave: Fraseologismo, lengua española, lengua uzbeka, análisis semántico, expresiones, lenguaje figurado, traducción contextual, expresiones metafóricas. Har bir xalq tili - o‘ziga xos madaniyat va tafakkur mahsuli bo‘lib, undagi frazeologik birliklar ana shu madaniyatni aks ettiruvchi vositadir. Frazeologizmlar xalqning asrlar davomida to‘plagan tajribasini, dunyoqarashini, qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan iboralardir. Til o‘rganishda yoki tarjima amaliyotida frazeologik birliklarni to‘g‘ri tushunish va mos tarjima qilish, ikki xalq madaniyati va til qurilishidagi tafovutlarni chuqur anglashni talab etadi. Ushbu maqolada o‘zbek va ispan tillarida uchraydigan frazeologizmlar semantik va kontekstual jihatdan taqqoslab o‘rganiladi. Frazeologik birliklar va ularning xususiyatlari: Frazeologizmlar - kamida ikki so‘zdan iborat, ko‘chma ma’noga ega, mustahkam tuzilmadagi iboralardir. Ular grammatik jihatdan bo‘linuvchi bo‘lsa-da, ma’nosi yaxlit bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilidagi ko‘z tegmoq, tishi yomon odam iboralari ko‘chma ma’no ifodalaydi. Ispan tilida ham shunga o‘xshash iboralar mavjud: Echar mal de ojo (nazar tegmoq), tener la lengua larga (tili uzun bo‘lish). Bu iboralar o‘xshash vaziyatlarda qo‘llaniladi, biroq ularning tuzilishi, metaforasi va tarixiy asoslari turlicha bo‘lishi mumkin. Iboralar va so‘z birikmalari tilda erkin va turg‘un uyushmalar sifatida mavjud bo‘lib, frazeologiyada ular tuzilishi, semantikasi va stilistik xususiyatlari nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. Frazeologik birliklar - bu nutqqa daxldor, kamida ikki va undan ortiq mustaqil leksemalardan tashkil topgan, ko‘chma ma’noli va obrazli ifodali birikmalardir. Ular tilning emotsional va ekspressiv qatlamini tashkil qiladi hamda xalq tafakkurining badiiy aksidir. Frazeologik birliklarni mustaqil lingvistik hodisa sifatida o‘rganish bilan ko‘plab olimlar shug‘ullangan. Xususan, rus tilshunosligida V.V. Vinogradov (2003), A.V. Kunin (1964), N.N.Kirillova (1986), https://scientific-jl.com/luch/ 6 6 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 N.N.Kurchatkina (1981) kabi olimlar frazeologiyaning nazariy asoslarini ishlab chiqqanlar. Ularning asarlarida frazeologizmlarning tasnifi, strukturasi va tarjimadagi o‘rni keng yoritilgan. Shuningdek, o‘zbek tilshunosligida ham Z.Mamajonova, A.Karimov kabi tadqiqotchilar frazeologik birliklarning milliy xususiyatlari va tarjima masalalariga e’tibor qaratgan. O‘xshash frazeologizmlar: O‘zbek va ispan tillarida ko‘p hollarda ma’nodosh frazeologizmlarga duch kelish mumkin. Quyidagi jadvalda ayrim misollar keltirilgan: O’zbekcha iboralar Ispancha iboralar Ma’nolari Tili uzun Tener la lengua larga Juda ko’p gapiruvchi Qo’li ochiq Ser generoso Saxiy Ko’z tegdi Echar mal de ojo Nazar tegdi Quloq solmaslik Hacer oídos sordos E’tibor bermaslik Qo’lini sovuq suvga No mover un dedo Umuman harakat urmaslik qilmaslik Bu iboralar o’zaro ekvivalent bo‘lishiga qaramay, ularning ishlatilish konteksti va obrazida madaniy tafovutlar mavjud. Frazeologik birliklarning strukturaviy va semantik xususiyatlari: Empirik materialni tahlil qilish jarayonida ispan tilidagi frazeologik birliklarning o‘ziga xos tuzilish xususiyatlari aniqlandi. Ularni strukturaviy jihatdan quyidagi modellar asosida tasniflash mumkin: 1. Fe’l + ot • Romper el hielo – muhitni yumshatmoq, suhbatni boshlab yubormoq (So‘zma-so‘z: “muzni sindirmoq” – o‘zbekcha: suhbatni boshlamoq) • Tener madera de líder – yetakchilik salohiyatiga ega bo‘lmoq (So‘zma-so‘z: “yetakchining yog‘ochi bor” – yetakchilikka yaramoq) https://scientific-jl.com/luch/ 6 7 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 • Perder la cabeza – hushini yo‘qotmoq, (aqldan ozmoq); 2. Como + sifat/ot • Como una fiera – g‘azablangan, jahl ustida harakat qiluvchi odam (vahshiy hayvordek) • Como si nada – hech narsa bo‘lmagandek, beparvo (go‘yo hech narsa bo‘lmaganday) • Como sardinas en lata – siqilishib, tor joyda harakatlanmoq (konservadagi baliqdek tiqilinch); 3. Fe’l + predlog + ot yoki sifat • Salir por la tangente – savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermaslik (o‘zini chetga olish) • Estar por las nubes – (narxlar, xarajatlar) nihoyatda yuqori bo‘lishi (osmonni quchgan) • Andar con pies de plomo – juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoq (qo‘rquvdan sekin yurmoq). Shuningdek, frazeologik birliklar tarkibida arabcha, hindcha so‘zlar, avliyo va tarixiy shaxslar ismlari, raqamlar kabi elementlar ishtirok etishi kuzatiladi. Masalan: • estar más perdido que Carracuca — yo‘ldan adashgan, te

Доказательный фрагмент

«o: En este artículo se analizan las expresiones idiomáticas en uzbeko y español.»

Образец извлечения

Демо-превью

o: En este artículo se analizan las expresiones idiomáticas en uzbeko y español. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
obrazli ifoda, semantik tahlil, expresiones metafóricas., expresiones, Kalit so‘zlar: Frazeologizm, ispan tili, lenguaje figurado, kontekstual tarjima, lengua española, análisis semántico, traducción contextual, metaforik iboralar., Palabras clave: Fraseologismo, lengua uzbeka, iboralar, o‘zbek tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники