К содержанию
РецензированоRU2025

RUS VA OʻZBEK FRAZEOLOGIYASINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Karimjonova Dilnura Isroiljon qizi (Andijon Davlat chet tillar instituti talabasi) · Ilmiy maslahatchi: Abdullayev Sirojiddin Shaxsultanovich (Andijon Davlat chet tillar instituti talabasi)

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

в данной статье говорится о сходстве по смыслу, особенностях лексического значения во фразеологических единицах русского языка и узбекского языка, которые сложны в изучении и грамматике в мире. Изучаются функционально-прагматические аспекты фразеологизмов. Ключевые слова: лексема, фразеологизм, стилистическая функция, грамматический аспект, антоним фразеологизмов. Bugungi kunda nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqyosida ham chet tillarini oʻrganishga talab ortib bormoqda. Lekin, ayrim til oʻrganayotgan yoshlar uchun biror bir tilni grammatik qoidalar asosida oʻrganish unchalik muhim emasdek koʻrinmoqda. Ayniqsa tillardagi funksional jihatlar, ularda qoʻllaniladigan uslublarning bir-biriga mos kelmasligi yoshlarni tilni «Ohiri yoʻq bilimlar majmuasi» degan qarashga olib kelmoqda. https://scientific-jl.com/luch/ 1 6 3 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 Darhaqiqat, har bir til oʻziga yarasha qonuniyatlar, tamoyillarga ega tizimdir. Ularni puxta oʻzlashtirish uchun esa, mana shu qonuniyatlarga asoslangan holda bilim olish va olingan bilimlarni amaliyotda ham qoʻllay olish talab etiladi. Har bir til leksik va grammatik jihatdan oʻrganiladi. Hozir munozara qilmoqchi boʻlgan mavzuyimiz ham tilni leksik taraflama oʻrganish, ya'ni, rus va oʻzbek tillarida frazeologik birliklar va ular oʻrtasidagi bogʻliqlik mavzusidir. Rus tili ham, oʻzbek tili ham soʻz jihatidan juda boy tillar hisoblanadi. Bu fikrimga dalil sifatida bobokalonimiz Alisher Navoiyning oʻz asarlarida 200365 ta, buyuk rus adibi Aleksandr Sergeyevich Pushkinning esa 21193 ta soʻz ishlatganlarini keltirish mumkin. Har bir til oʻzining etimologiyasi, leksik-semantik birliklari mavjud va shu qatorda turgʻun birikmalar, ya'ni frazeologik birliklar jihatidan ham boy boʻladi. Yuqorida ta'kidlab oʻtgan ikki tilimiz, oʻzbek va rus tillari ham ushbu jihatdan yetarlicha manbalarga ega tillar hisoblanadilar. Frazeologiyaga tushunchasi tilshunoslikka 1905 yilda gʻarb olimi Sh. Bali tomonidan kiritilgan. Rus tilshunosligida uning shakllanishi A.A Potebnya, I.I Sreznevskiy, A.A Shaxmatov kabi olimlar bilan bogʻliq. Oʻzbek tilshunosligida esa, frazeologiya yuzasidan tadqiqlar oʻtgan asrning 50-yillarida boshlangan boʻlib, Sh. Rahmatullayev, B. Yoʻldoshev, A. Mamatov, M. Sodiqova kabi olimlar tomonidan ilmiy ishlar olib borilgan. Abdulla Qodiriy, Said Ahmad, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon kabi mashhur yozuvchilarning asarlari oʻrganilib, ulardagi frazeologik birliklar lugʻat sifatida shakllantirilgan. Frazeologizm tushunchasini har kim har xil ta'riflaydi. Kimdir turgʻun birikma, kimdir ibora, yana kimdir esa idioma deb ataydi. Bularning barini jamlagan holda «Frazeologizm-ikki va undan ortiq soʻzdan tashkil topgan, oʻz ma'nosini yoʻqotib faqatgina koʻchma ma'noda qoʻllana oladigan, ma'no jihatidan bir gapga teng keladigan birikmadir» degan xulosaga kelamiz. Iboralarda mavjud boʻlgan soʻzlarni nutq jarayonida oʻzgartirish mumkin emas, aks holda ulardagi https://scientific-jl.com/luch/ 1 6 4 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 ma'no umuman oʻzgarib ketadi. Iboralar uzoq yillardan beri nutq va yozilayotga asarning ta'sirli va qiziqarli chiqishi, tinglovchi va oʻqivchilarni oʻziga birday jalb qilishi uchun koʻplab yozuvchi va notiqlar tomonidan keng qoʻllanib kelinadi. Darhaqiqat, ular asarning ta'sirchanligini oshirib, ijobiy yoki salbiy boʻyoq vazifasini bajaradi. Ayrim mustaqil soʻz turkumlari kabi iboralar ham oʻzaro sinonimlik, omonimlik va antonimlik hosil qiladilar. Bir biriga ma’nodosh boʻlgan iboralar sinonim iboralar hisoblanadi. “Kulini koʻkka sovurmoq-Yer bilan yakson qilmoq” -ushbu iboralar sinonim iboralarga misol boʻla oladi. Qarama qarshi ma’noli iboralar antonim iboralar sanaladi, masalan, “Dunyoga kelmoq-Dunyodan oʻtmoq”- bu iboralarning biri tugʻilmoq ma’nosini anglatsa, ikkinchisi vafot etmoq ma’nosini bildiradi. Bunday iboralar bizning ona tilimizda ham, rus tilida ham bisyor. Masalan, “У черта на куличках-Под носом “– ushbu iboralaning birinchisi uzoq degan ma’noni anglatsa, ikkinchisi yaqin degan ma’noni bildiradi. Shakli bir xil, ma’nosi har xil boʻlgan iboralar esa, omonim, ya’ni, shakldosh iboralar deyiladi. “Boshga koʻtarmoq- Boshga koʻtarmoq “- ushbu iboralarning biri ijobiy ma’noda qoʻllaniladi, ya’ni hurmat qilmoq, e’zozlamoq ma’nosida. Ikkinchisi esa shovqin solmoq ma’nosini anglatadi. Tilimizda omonim iboralar ham bisyor. Oʻzbek adabiyotining yorqin namoyondalari oʻzlarining barcha asarlarida frazeologik birliklardan keng miqyosda foydalanishgan. Misol uchun Abdulla Oripovning quyidagi she’rini olamiz: Hikmatli gaplarga quloq solmoq darkor, Quloq solmoq darkor xalqning soʻziga. Adibning bu baytida “Quloq solmoq” iborasi qoʻlangan boʻlib, eshitmoq, tinglamoq ma’nolarini ifodalaydi. https://scientific-jl.com/luch/ 1 6 5 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 Rus adiblari ham oʻzbek adiblari kabi turgʻun birikmalardan keng miqyosda foydalanishadi. Ushbu ikki tilda uchraydigan iboralar ba'zan soʻzma -soʻz tarjima qilgan holatlarda oʻz ma'nosini saqlab qoladi, ayrimlari esa umum

Доказательный фрагмент

«в данной статье говорится о сходстве по смыслу, особенностях лексического значения во фразеологических единицах русского языка и узбекского языка, которые сложны в изучении и грамматике в мире.»

Образец извлечения

Демо-превью

в данной статье говорится о сходстве по смыслу, особенностях лексического значения во фразеологических единицах русского языка и узбекского языка, которые сложны в изучении и грамматике в мире. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
лексема, фразеологизм, стилистическая, frazeologik birlik, Ключевые слова: лексема, грамматический аспект, grammatik aspekt, стилистическая функция, stilistik funksiya, антоним фразеологизмов., Kalit soʻzlar: leksema, antonim frazeologik birliklar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники