К содержанию
РецензированоRU2025

OMONIMLARING O'ZBEK VA RUS TILLARIDAGI QIYOSIY TAHLILI

Tursunaliyeva Dilafroʻzxon Rahmatjon qizi (Andijon davlat chet tillari institute talabasi) · Ilmiy maslahatchi: Abdullayev Sirojiddin Shaxsultanovich (Andijon davlat chet tillari institute talabasi)

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

В статье всесторонне проанализированы семантические, фонетические и грамматические особенности омонимов в русском и узбекском языках. Рассмотрены механизмы формирования омонимов, их роль в лексической системе и формы отражения в народном мышлении. Также проведено сравнительное исследование общих и отличительных черт омонимов в обоих языках. На основе теоретических взглядов лингвистов раскрыты роль омонимов в речи, их эстетические и стилистические возможности. Annotation: The article provides a comprehensive analysis of the semantic, phonetic, and grammatical features of homonyms in the Russian and Uzbek languages. It discusses the mechanisms of homonym formation, their role in the lexical system, and their reflection in popular consciousness. A comparative analysis of the common and distinctive features of homonyms in both languages is https://scientific-jl.com/luch/ 1 6 8 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 also presented. Based on linguistic theories, the article reveals the role of homonyms in speech, as well as their aesthetic and stylistic potential. Kalit so‘zlar: Omonim, semantika, fonetika, polisemantika, leksik tizim, qiyosiy tahlil, grammatik birlik, madaniy tafakkur, xalq og‘zaki ijodi. Ключевые слова: Омоним, семантика, фонетика, полисемия, лексическая система, сравнительный анализ, грамматическая единица, культурное мышление, народное устное творчество. Keywords: Homonym, semantics, phonetics, polysemy, lexical system, comparative analysis, grammatical unit, cultural thinking, folk oral creativity. Til — inson tafakkuri va madaniyatining eng muhim ifoda vositasidir. Tilshunoslik fanida so‘zlarning ma’nolari va ularning shakl jihatdan o‘zaro munosabatlari muhim tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Shunday hodisalardan biri — omonimlardir. Omonimlar tilda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular muloqot jarayonining tabiiy boyishini ta’minlaydi. Rus va o‘zbek tillarida omonimlar o‘ziga xos tarzda shakllangan va har ikki tilda ham semantik hamda grammatik tizimning faol qismini tashkil etadi. Mazkur maqolada rus va o‘zbek tillaridagi omonimlarning o‘rni, xususiyatlari, shakllanish sabablari hamda ularning qiyosiy jihatlari chuqur ilmiy asosda tahlil qilinadi. Omonim tushunchasining nazariy asoslari. Omonimlar (yunoncha homos — “bir xil” va onoma — “ism”) — shakli bir xil, ma’nosi esa mutlaqo farq qiladigan so‘zlar sifatida izohlanadi 1 1 Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. — Москва: Советская энциклопедия, 1966 – 123 c https://scientific-jl.com/luch/ 1 6 9 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 Tilshunoslikda omonimlar polisemantizm bilan farqlanadi: polisemantik so‘zlarda ma’nolar o‘zaro semantik aloqada bo‘lsa, omonimlarda bu aloqa mavjud emas. Masalan: Rus tilida: Коса — o‘roq, коса — soch o‘rimi. мир (tinchlik) – мир (dunyo). O‘zbek tilida: Oy — osmon jismi va oy — kalendardagi muddat. Gul (o‘simlik) – gul (bezakli naqsh). Qo‘l (tana a’zosi) – qo‘l (hudud yoki yer birligi). Akademik V.V. Vinogradov omonimlarni uch asosiy turga ajratadi: a) To‘liq omonimlar—Барак (turar joy turi) – барак (harbiy lager). b) Qisman omonimlar—(faqat ayrim shakllarda o‘xshash) пишу (yozmoqdaman) – пишу (ovqatni pishiryapman) – shaxs-yakun shakllari farqli bo‘lsa-da, yozmada bir xil. c) Kontekstual omonimlar (faqat ma’lum kontekstda omonimiya yuzaga keladi)— ol (olmoq feʼli)– ol (sifat, rang); замок(eshik qulfi)–замок(qadimiy saroy). O‘zbek tilshunosligida ham Sh.R. Mirzaev va M. Jo‘rayev omonimlarni tasniflashda fonetik, morfologik va semantik mezonlarga asoslanadi. Rus tilidagi omonimlarning o‘ziga xos xususiyatlari Rus tilida omonimlar, ko‘pincha, fonetik o‘zgarishlar, qadimgi slavyan ildizlarining rivojlanishi, so‘z yasalish jarayonlari va qisqarishlar natijasida yuzaga keladi. Shakllanish sabablari: https://scientific-jl.com/luch/ 1 7 0 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 –Fonetik o‘zgarishlar: tovush almashish va qisqarish. –Leksik va grammatik moslashuvlar. –Qadimgi va yangi so‘zlarning ustma-ust kelishi. Misollar: Лук — sabzavot (piyoz) va лук — kamon. Брак — nikoh va брак — nuqsonli mahsulot. Ласточка (qush nomi) – ласточка (nazokatli qizga nisbatan ishlatiladi). Tasnifi: Grammatik omonimlar: So‘zlar bir xil shaklda, lekin turli grammatik kategoriyalarga mansub bo‘ladi (вести — fel va вести — ot). Leksik omonimlar: Ma’no mutlaqo mustaqil, shakl o‘xshash. Rus adabiyotida (masalan, Pushkin, Gogol asarlarida) omonimlar poetik vosita sifatida keng qo‘llanadi. O‘zbek tilidagi omonimlarning xususiyatlari O‘zbek tilida omonimlarning shakllanishi ko‘proq tarixiy fonetik rivojlanish, so‘z ma’nolarining kengayishi, qisqarishi va boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlarning o‘zlashuvi natijasida yuzaga keladi. Shakllanish sabablari: –Tarixiy fonetik o‘zgarishlar. –Semantik kengayish va torayish. –Arabcha, forscha va turkiy tillardan so‘z o‘zlashuvi. https://scientific-jl.com/luch/ 1 7 1 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 Misollar: Gul — o‘simlikning ochilgan qismi va gul — bezak. Yuz — tana a’zosi va yuz — son (100). Uch – (son) va uch – (harakat: uchmoq). Bosh

Доказательный фрагмент

«В статье всесторонне проанализированы семантические, фонетические и грамматические особенности омонимов в русском и узбекском языках.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье всесторонне проанализированы семантические, фонетические и грамматические особенности омонимов в русском и узбекском языках. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Homonym, semantics, phonetics, polysemy, lexical system, семантика, народное устное творчество., полисемия, comparative analysis, культурное мышление, madaniy tafakkur, Kalit so‘zlar: Omonim, grammatical unit, сравнительный анализ, fonetika, folk oral creativity., xalq og‘zaki ijodi., Keywords: Homonym, qiyosiy tahlil, semantika, лексическая система, грамматическая единица, cultural thinking, фонетика, leksik tizim, grammatik birlik, polisemantika, Ключевые слова: Омоним
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники