Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK TILIDA DIALEKT VA SHEVALARNING ADABIY TILGA TA’SIRI
Ilmiy rahbar: Abdullayev.S.Sh. (Andijon Davlat chet tillari instituti, Roman-German va slavyan tillari)
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
В данной статье анализируется диалектная структура узбекского языка и влияние говоров на литературный язык. Даётся научное объяснение понятий диалекта и говора, раскрывается их влияние на литературный язык на лексическом, фонетическом и грамматическом уровнях. Также рассматривается роль карлукской, кипчакской и огузской диалектных групп в формировании литературного языка и использование народных языковых элементов в художественном творчестве на конкретных примерах. Ключевые слова: узбекский язык, диалект, говор, литературный язык, карлук, кипчак, огуз, наречие. Annotation:This article analyzes the dialectal structure of the Uzbek language and the influence of local vernaculars on the literary language. It https://scientific-jl.com/luch/ 1 7 5 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 provides a scholarly explanation of the concepts of dialect and vernacular, and explores their impact on the literary language at lexical, phonetic, and grammatical levels. The article also examines the role of the Karluk, Kipchak, and Oghuz dialect groups in the formation of the literary language and illustrates the use of colloquial language elements in literary works through specific examples. Key words: Uzbek language, dialect, vernacular, literary language, Karluk, Kipchak, Oghuz, subdialect O‘zbek tili — turkiy tillar oilasiga mansub, millionlab kishilar tomonidan ona tili sifatida qo‘llaniladigan boy va qadimiy tildir. Bu til asrlar davomida turli tarixiy, ijtimoiy va madaniy omillar ta’sirida rivojlanib, bugungi kunda adabiy til shaklida rasmiy maqomga ega bo‘lgan. Biroq adabiy tilning shakllanishi va taraqqiyotida faqat yozma adabiyot emas, balki xalq og‘zaki nutqining — ayniqsa dialekt va shevalarning — ham o‘rni beqiyosdir. Dialekt va shevalar o‘zbek tilining dialektal qatlamini tashkil etib, tilning jonli va tabiiy ko‘rinishlarini namoyon etadi. Ular orqali adabiy til yangi so‘zlar bilan boyiydi, ifoda vositalari kengayadi, va xalqona ohanglar, obrazlar adabiy nutqqa singib boradi. Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi dialekt va shevalarning adabiy tilga ko‘rsatgan ta’siri, ularning leksik, fonetik va grammatik darajadagi o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi hamda ularning adabiy tilga bo‘lgan ijobiy va ba’zan salbiy ta’sir shakllari yoritiladi. O‘zbek tiliga davlat maqomining berilishi o‘zbek tilshunosligi zimmasiga bajarilishi lozim bo‘lgan katta vazifalarni yukladi. Ana shu vazifalardan biri xalq shevalari lug‘at xususiyatlarini tadqiq qilishdir. Sheva leksikasi bo‘yicha kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, dialektal farqlar o‘zbek tilida juda ko‘p va xilma- xildir. Shuning uchun o‘zbek tili ayrim shevalarining leksik xususiyatlarini o‘rganish o‘zbek dialektologiyasida eng dolzarb va muhim masalalardan biridir. Dialektal leksikani o‘rganish til tarixi va hozirgi zamon o‘zbek adabiy tiliga aloqador masalalar – ba’zi so‘z, affikslarning tarixi va genezisini belgilashda, https://scientific-jl.com/luch/ 1 7 6 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 leksik me’yorni aniqlashda, terminologiya, orfografiya masalalarini hal qilishda, o‘zbek shevalarining atlasini tuzishda, shuningdek, ko‘p tomlik o‘zbek xalq shevalari lug‘atini yaratishda katta ahamiyatga ega. Oʻzbek shevashunosligida mavjud boʻlgan ilmiy adabiyotlarda,sheva,lahja va dialekt atamalari turlicha ma'nolarda qoʻllanilib kelmoqda.Shevalar bir-biriga juda yaqin va oʻxshash bo'lganliklari holda tilimizning eng kichik boʻlagini tashkil qiladi. Sheva forscha soʻz boʻlib,ovoz,til,soʻzlashish,yoʻsin,ravish kabi ma'nolarni bildiradi.Shevalar oʻzbek tilining oʻziga xos fonetik,grammatik,leksik xususiyatlariga ega boʻlgan kichik bir qismidir.1 Adabiy tilning tayanch dialekti. Har bir adabiy til o‘zining tayanch dialektiga ega bo‘ladi. To‘g‘ri, o'zbek adabiy tilining shakllanishida shevalarning barchasi u yoki bu darajada ishtirok etadi, lekin ma’lum shevalar adabiy til uchun asos, tayanch (baza) vazifasini bajaradi, ya'ni o‘zbek adabiy till muayyan sheva va shevalardan leksik, fonetik, grammatik xususiyatlami adabiy til fakti sifatida oladi hamda o‘sha sheva va shevalar guruhi taraqqiy etishi bilan birga taraqqiy etadi, chunki sheva jonli til bo'lib, u doimo rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘ladi, shu tufayli ham adabiy til shu sheva yoki shevalar guruhi rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda taraqqiy etib boradi, aksincha, adabiy til o‘zining tayanch dialektiga ega bo‘lmasa, u bora-bora muomaladan chiqib ketadi. Muomaladan chiqqan til fanda “o‘lik til” degan termin bilan yuritiladi. Tillar tarixida “o‘lik tillar” mavjudligi haqida ma’lumotlar ko‘p. O‘zbek adabiy tili shartli ravishda fonetik jihatdan Toshkent shahar dialektiga, morfologik jihatdan esa Farg‘ona dialektiga tayanadi. Ma’lumki, Toshkent shevalari 6ta unlili (y/u, о/о, э/а, e/e, ъ/i, o/a) dialektdir. Farg‘ona dialektidagi so‘z shakllari, xususan, fe’l shakllari o‘zbek adabiy tiliga norma sifatida qabul qilingan. Aslida adabiy tilni bir yoki ikki sheva yoki dialekt 1. 1 Eshmirzayeva Nilufar. Sheva, dialekt va lahjalarning xususiyatlari, ularni oʻrganish
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируется диалектная структура узбекского языка и влияние говоров на литературный язык.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируется диалектная структура узбекского языка и влияние говоров на литературный язык. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uzbek language, dialect, vernacular, literary language, Karluk, o‘g‘uz, Key words: Uzbek language, Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, говор, Kipchak, qarluq, Ключевые слова: узбекский язык, кипчак, огуз, наречие., диалект, sheva, dialekt, lahja., subdialect, карлук, adabiy til, qipchoq, Oghuz, литературный язык
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024