Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIJORAT BANKLARI LIKVIDLIGINI TA’MINLASH VA MOLIYAVIY BARQARORLIGINI BOSHQARISH STRATEGIYALARI
BARQARORLIGINI BOSHQARISH STRATEGIYALARI · Murodullayev Salohiddin Bobojon o‘g‘li
Лучшие интеллектуальные исследования · 2008
Аннотация
Tijorat banklari likvidligini ta’minlash va moliyaviy barqarorligini boshqarish jahon miqyosida bank sektorining inqirozlarga chidamliligini ta’minlash va iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tezisda likvidlik va moliyaviy barqarorlikning nazariy asoslari xalqaro va mahalliy olimlarning so‘nggi yillardagi ishlari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: tijorat banklar, likvidlilik, likvidlilik riski, moliyaviy barqarorlik, xalqaro tajriba, Basel III, stress testlar, xavf xatarlarni boshqarish. Jahonda moliyaviy institutlarning barqarorligini ta’minlash, xususan, tijorat banklarining likvidligini boshqarish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash dolzarb iqtisodiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. So‘nggi yillarda jahon iqtisodiyotidagi moliyaviy beqarorlik va nomutanosibliklar, shu jumladan 2008- yilgi global moliyaviy inqiroz, COVID-19 pandemiyasi davrida yuzaga kelgan likvidlik inqirozi, shuningdek 2025 yilda Pulaski Savings Bank, 2024 yilda The First National Bank of Lindsay, Republic First Bank and Republic, Bank 2023- yilda AQShdagi Silicon Valley Bank va Signature Bank singari yirik moliyaviy institutlarning qulash holatlari (FDIC, 2025)1 bank likvidligi va barqarorligini boshqarish masalasining strategik ahamiyatini yanada oshirdi. 2024-yilda 1 Federal Deposit Insurance Corporation (FDIC), 2025. Failed Bank List https://scientific-jl.com/luch/ 3 6 1 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 O‘zbekiston bank tizimi moliyaviy barqarorlikni saqlab qoldi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bank tizimining jami aktivlari 648,6 trillion so‘mni tashkil etdi, bu 2023-yilga nisbatan 15,4% o‘sishni ko‘rsatadi. Biroq, o‘sish sur’atlari oldingi yillardagi 20-30% ko‘rsatkichlardan sekinlashdi. Jami majburiyatlar esa 549,6 trillion so‘mga yetdi. Kapital monandlik koeffitsiyentlari minimal talablardan yuqori bo‘lib, jami kapital monandligi 17,3%, I darajali kapital monandligi esa 14,2% ni tashkil etdi. Bu banklarning moliyaviy mustahkamligini ko‘rsatadi.2 Bundan tashqari tijorat banklari aktivlarining likvidliligini ta’minlash va moliyaviy barqarorligini samarali boshqarish orqali bank faoliyatida yuzaga keladigan salbiy oqibatlarni oldini olish muhim omil hisoblanadi. Bankning likvidliligi - bank aktivlar o‘sishini moliyalashtirishi va ko‘zda tutilmagan (nomaqbul) yo‘qotishlarsiz majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash imkoniyati hisoblanadi.3 O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidligini taʼminlash va moliyaviy barqarorligini samarali boshqarish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi PF-60-son Farmonida «bank tizimida moliyaviy barqarorlikni taʼminlash bo‘yicha Markaziy bank tomonidan yillik moliyaviy barqarorlik sharhini e’lon qilish, Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magida iqtisodiyotda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni aniqlash, ularning bank tizimi barqarorligiga taʼsirini baholashga qaratilgan stress-test modellarini ishlab chiqish. Bunda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarga banklarning bardoshliligini taʼminlash maqsadida makroprudentsial buferlar yaratish choralarini ko‘rib borish»4 kabi vazifalar belgilab berilgan. Ushbu 2 www.cbu.uz Markaziy bank ma’lumotlaridan olindi. 3 Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 13-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2709 4 [ Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida»gi Farmoni.] https://scientific-jl.com/luch/ 3 6 2 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 belgilangan vazifalar asosida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini samarali boshqarishda ayrim muammolaga yechimlar ishlab chiqishni taqazo qilmoqda. Banklar moliyaviy barqarorlik ta’minlash maqsadida yuqori likvidlidli aktivlar (naqd pullar, davlat qimmatli qog’ozlari, oltin, qisqa muddatli banklararo depozit va kreditlar) va yuqori daromadli aktivlar o’rtasida muvozanatni saqlashi lozim. Chunki yuqori likvidlik qisqa muddatli majburiyatlarni qoplashda yordam beradi, ammo bank daromadliligi qisqartiradi, yuqori daromadli aktivlar bankning foydasini oshirish bilan bir qatorda riskni ham oshiradi. Banklar ushbu muvozatni saqlashga alohida e’tibor berishi lozim hisoblanadi. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi tavsiyasiga ko‘ra banklar uchun moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari (FSI) quyida keltirilgan: - regulyativ kapitalning riskka tortilgan aktivlar jami so‘mmasiga nisbati; - 1-darajali kapitalning jami aktivlarga nisbati; - muammoli (Non performance loans) kreditlarni jami bank kreditlariga nisbati; - aktivlarning daromadliligi (ROA) soliq to‘langunga qadar sof foydaning jami aktivlarga nisbati; - kapital rentabelligi (ROE) Sof daromadning jami kapitalga nisbati; - likvid
Доказательный фрагмент
«Tijorat banklari likvidligini ta’minlash va moliyaviy barqarorligini boshqarish jahon miqyosida bank sektorining inqirozlarga chidamliligini ta’minlash va iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat ka…»
Образец извлечения
Демо-превьюTijorat banklari likvidligini ta’minlash va moliyaviy barqarorligini boshqarish jahon miqyosida bank sektorining inqirozlarga chidamliligini ta’minlash va iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat ka… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Basel III, stress testlar, Kalit so‘zlar: tijorat banklar, likvidlilik riski, likvidlilik, moliyaviy barqarorlik, xalqaro tajriba, xavf xatarlarni boshqarish.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014