К содержанию
РецензированоUZ2017

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA CHET TILINI O'RGATISHDA O'YIN METODLARNING O'RNI

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi · Kamolov Baxtiyor Baxromjon o’g’li

Лучшие интеллектуальные исследования · 2017

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini o’rgatishda o’yin metodlarining o’rni haqida so’z yuritiladi, xususan o’yinlardan foydalanishning afzalliklari yoritib berilgan. Kalit so’zlar: Chet tili, ilk qadam, maktabgacha ta’lim tashkilotlari,dars mashg’ulotlari, qiziqish,o’yin, o’yin turlari, vaziyat. So’nggi yillarda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o’rni sezirali darajada oshib bormoqda. Bunga bo’lgan e’tibor mamlakat siyosati darajasiga chiqqanini davlatimizda olib borilyotgan islohotlar misolida ko’rishimiz mumkin. Bunga yaqqol misol tariqasida 2017-yilda maktabgacha ta’lim vazirligiga asos solinishidir va “Ilk qadam” nomli davlat dasturi ishlab chiqildi. Buning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning vaqtini mazmunli o’tkazish. Hozirgi kunda til o`rganishga bo`lgan talab yanada oshmoqda. Zamon talabidan kelib chiqib til o`rganishda o`quvchining yoshi ahamiyatga ega emas. “Dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning ruhini «top-toza paxtaga» o’xshatadi. Uning fikricha, bolaning «top-toza paxta» tarzidagi ruhiga nimalarni yozish https://scientific-jl.com/luch/ 3 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 mutlaqo katta odamlar ixtiyorlaridadir. Shuning uchun bolaning qanday odam bo’lib yetishishi, ya’ni unda qanday shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi bola hayotdan oladigan tajribaga, o’zgalar bilan muloqot jarayonida oladigan hayotiy tushuncha va tasavvurlariga bog’liqdir’’, deb ta’kidlaydi Angaliyalik olim Djon Lokk Maktabgacha yoshdagi bolalarni chet tiliga o‘rgatishning asosiy maqsadi sifatida chet tilini o‘rganish orqali kelajakda o‘z maqsadlariga erishish va hayotiy aloqa - munosabatlarda o‘z fikr va hissiyotlarni ifoda etish uchun chet tilidan foydalanish qobiliyatini shakllantirishni misol qilib olsak bo‘ladi. Avvalo, o’yin tushunchasiga ega bo’lib olsak, o’yin maktabgacha yoshdagi bolalar yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. N. М. Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘z-o‘zidan vujudga kdmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit bo‘lishi lozim: a) taasurotlar tarkib topishi; b) har xil ko‘rinishdagi o'yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining miihayyoligi; d) bolalaming kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalaming bolaga bevosita ta’sir ko‘satish uslubi hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bu faoliyat turining ustuvorligi shundaki, u bolani o’z bilan bir qatorda atrofidagi dunyoni o’rganishga undaydi. Qolaversa, chet tilini bolaga o’rgatishda ham foydali usul sifatida ko’riladi. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga chet tilini o‘qitishda shunga o’xshash òyinlardan foydalanish mumkin. A.Rolli o‘yinlar B.Raqobatlashish o‘yinlar. D. Musiqaviy o‘yinlar. E. Ijodiy o‘yinlar. Masalan: «Show me» o’yinini o’ynashda suratlar kerak bo’ladi. Suratlarni xona devorlari bo’ylab joylashtramiz (suratlar ko’zga ko’rinarli katta darajada bo’lishiga e’tibor qarating). Bolalarga biror rasmdagi narsaning inglizcha nomini aytiladi, bolalar yugurib borib shu suratni ko’rsatishlari kerak bo’ladi. Kim birinchi bo’lib ko’rsatganini ballar orqali belgilab boriladi va o’yin oxirida esa eng ko’p bal https://scientific-jl.com/luch/ 4 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 to’plagan ishtirokchi g’olib deb topiladi. Bu turdagi o’yini raqobatlashish o’yinlari turiga qo’shsak bo’ladi. Musiqaviy o‘yin odatiy o’yinlardan farq qiladi. Til bolalar ruhiyatida botish uchun bu o‘yin turi yorda beradi.Musiqaviy o‘yin turida-bolalarga ritmik musiqalar qo‘yib berilishi ham mumkin. Bu bolalarga musiqa so’zlarini ritmga xos tarzda oson yod olishga yo’l ochib beradi. Masalan, «Broken phone». Bu o’yinni o’ynash uchun bolalar yumaloq stol atrofiga o’tirib olishadi va o’qituvchi bir bola qulog’iga bir ingizcha so’zni aytadi, o’quvchilar eshitgan so’zlarini bir-birining qulog’iga galma-gal aytishadi. So’ng eng so’ngi ishtirokchidan boshlab eshitgan so’zini birma bir aytishadi. Kimdan xatolik boshlangan bo’lsa, shu o’yinchi o’yinni tark etadi. Oxirida qolgan ishtirokchi g’olib deb aniqlanadi. Ro’lli o’yinlar ham maktabgacha yoshdagi boalarga chet tilini o’qitishda juda samarali usul hisoblanadi. Unda bolalar turli xil multik qahramonlarini o’zlarida gavdalantiradi. Bu usul bolalarda erkin gapirish ko’nikmasini rivojlantiradi. Misol tariqasida «Magic Kingdom» olishimiz mumkin va bunda bolalar malika, qirol, ajdarho,soqchilar ro’llarini ijro etishadi. jodiy o’yillar bolaning badiiy ijod chegarasida joylashgan o’yin faoliyat turi hisoblanadi. Bu turdagi o’yillar orqali bolalarning ichki dunyosining o’rganishimiz mumkin. Ijodiy o’yinlar bolalarning tasavvur dunyosini kengaytirib ham beradi. Albatta bu o’yinlarni bolalarning yoshiga, darsning mavzu va maqsadidan kelib chiqib tanlab olish zarurdir. O’yinni har safar darsning turli xil qismlarida tashkillashtirishimiz mumkin. Darsning boshida, o’rtasida yoki so’ngida. Agar darsning boshlanish qismida o’yin o’ynash bolalarni til muhitiga olib kirsa, darsning o’rtasida o’ynash esa dars jarayoniga o’zgacha ruhiyat taqdim etadi, bundan tashqari darsning so’ngi daqiqalarida

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini o’rgatishda o’yin metodlarining o’rni haqida so’z yuritiladi, xususan o’yinlardan foydalanishning afzalliklari yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini o’rgatishda o’yin metodlarining o’rni haqida so’z yuritiladi, xususan o’yinlardan foydalanishning afzalliklari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ilk qadam, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o’yin turlari, vaziyat., Kalit so’zlar: Chet tili, o’yin, dars mashg’ulotlari, qiziqish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники