К содержанию
РецензированоRU1920

XORAZM XALQ SOVET RESPUBLIKASIDA PUL ISLOHOTI

Berdiyeva Nilufar Erkinovna

Лучшие интеллектуальные исследования · 1920

Аннотация

This article analyzes the process of monetary reform in the Khorezm People's Soviet Republic during 1920–1924. The socio-economic reasons for the reform, political conditions, measures taken and their impact on the population are discussed. This process is also studied as part of monetary policy https://scientific-jl.com/luch/ 2 5 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 in Central Asia and the entire Soviet territory. The historical significance, shortcomings and long-term economic impact of the reform are covered in an objective approach. Keywords: Khorezm People's Soviet Republic, monetary reform, Soviet monetary policy, inflation, economic policy, Sovietization, 1920s. Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) 1920-yilda Xiva xonligi tugatilgach tashkil etilgan. Bu davrda butun Turkiston va Markaziy Osiyo hududida siyosiy va iqtisodiy beqarorlik hukm surar edi. Aholi orasida turli valyutalar muomalada bo‘lgan: eski xonlik tangalari, Rossiya imperiyasi pullari va Sovet notiqlari (kupyuralari). Bu pul muomalasidagi betartiblik XXSR hukumati tomonidan pul islohotini zarur qildi. Pul islohotlari – bu milliy valyutani kuchaytirish, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini boshqarish maqsadida mamlakat pul tizimini qayta tashkil etish jarayonidir. Ushbu islohotlar davlat tomonidan, iqtisodiy sharoit va siyosatga qarab, turli usullarda amalga oshiriladi. Masalan, pulning qadrsizlanishi yoki valyuta kursining o'zgarishi holatlarida pul tizimiga o'zgartirish kiritish talab etiladi. Pul islohotlari quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: Deflyasiya – ortiqcha qogʻoz pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini kamaytirish. Nullifikatsiya – eski pullarni yoʻq qilib, yangilarini chiqarish. Denominatsiya – eski pul birligini yangi, yirikroq pul belgilari bilan almashtirish. https://scientific-jl.com/luch/ 2 6 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 Devalvatsiya – milliy pul birligining metall qiymati yoki valyuta kursini pasaytirish. Revalvatsiya – milliy pul birligining qiymatini chet el valyutasiga nisbatan oshirish. Pul islohotlari, asosan, iqtisodiyotda barqarorlik yaratish, inflyatsiyani boshqarish va xalqaro savdo uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan bo'ladi. Markaziy Osiyo hududlarida pul islohotlari ilk bor Amir Temur davrida jiddiy tus ola boshlagan. U o‘z davrida mavjud bo‘lgan mayda va arzon mis tangalarni muomaladan chiqarishga kirishib, o‘rniga og‘irroq, qimmatbaho metallardan — asosan oltin va kumushdan tayyorlangan, yirik qiymatga ega tangalarni joriy etgan. Bu yangilanish nafaqat mamlakat ichki savdosiga, balki xalqaro savdo munosabatlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Amir Temurning ixtiyorida bir nechta yirik zarbxonalar bo‘lgan bo‘lib, ular nafaqat mahalliy, balki xorijiy bozorlarga ham sifatli tangalar yetkazib bergan. Hatto G‘arbiy Eron va Ozarbayjon hududlarida Amir Temur nomi tushirilgan 120 dan ortiq turdagi oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgani tarixiy manbalarda qayd etilgan. Bu esa Temuriylar davlati iqtisodiy qudratining yorqin ko‘rsatkichidir. Temuriylar sulolasining keyingi vakili Mirzo Ulug‘bek 1428-yilda yana bir muhim pul islohotini amalga oshirgan. U eski mis tangalarning muomaladagi ahamiyatini yo‘qqa chiqarib, ularning ishlatilishini taqiqlagan. Buning o‘rniga Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shohruxiya, Andijon, Qarshi va Termiz kabi yirik shahar zarbxonalarida yangi dizaynga ega va yuqori sifatli tangalar ishlab chiqarila boshlangan. Islohot yakuniga yetgach, faqatgina Buxorodagi zarbxona faoliyatini davom ettirgan, qolgan zarbxonalar esa yopilgan. Bu esa pul birligini markazlashtirish va iqtisodiy nazoratni kuchaytirishga xizmat qilgan. https://scientific-jl.com/luch/ 2 7 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida ham pul tizimi takomillashtirilib, o‘ziga xos yangiliklar kiritilgan. Ular ilgari zarb etilgan tangalarga o‘zlariga xos belgi va tamg‘alarni bosib, ularni qayta muomalaga chiqarish amaliyotini yo‘lga qo‘yganlar. Bu usul tangalarning haqiqiyligini tasdiqlash va ularni yangi hukmronlik davri bilan bog‘lashga xizmat qilgan. Ayniqsa, Shayboniylar davrida “dinor” deb atalgan ko‘plab mis tangalar hamda taxminan 3 gramm og‘irlikdagi kumush tangalar keng miqyosda muomalaga kiritilgan. Bu tangalar hududlararo savdo va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynagan. Umuman olganda, Markaziy Osiyo tarixida Amir Temurdan boshlab Shayboniylar davrigacha bo‘lgan davrda pul tizimidagi islohotlar hudud iqtisodiyotining rivojlanishi, savdo aloqalarining kengayishi hamda siyosiy mustahkamlikni ta’minlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan.1 1918–1920 yillarda Xiva xonligida ikki xonlik davri kuzatildi. Nomigagina xon bo‘lgan Saidabdullaxon asl hokimiyatni boshqarmas, amalda barcha siyosiy va harbiy kuch Junaidxon qo‘lida edi. Junaidxon o‘z hokimiyatini xalqqa ko‘rsatish maqsadida pul ham chiqargan. Bu pullar atlas matoga ishlangan bo‘lib, “turma qog‘oz” nomi bilan tanilgan. Keyinchalik esa Junaidxon nomi ostida qog‘oz pullar ham muomalaga chiqarila bos

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the process of monetary reform in the Khorezm People's Soviet Republic during 1920–1924.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the process of monetary reform in the Khorezm People's Soviet Republic during 1920–1924. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Khorezm People's Soviet Republic, monetary reform, Soviet, Kalit so‘zlar: Xorazm Xalq Sovet Respublikasi, советизация, inflyatsiya, Soviet monetary policy, 1920-yillar., iqtisodiy siyosat, экономическая политика, денежная реформа, советская денежная политика, 1920-е гг., инфляция, sovet pul siyosati, 1920s., inflation, Keywords: Khorezm People's Soviet Republic, Ключевые слова: Хорезмская Народная Советская Республика, economic policy, pul islohoti, Sovietization, sovetlashtirish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники