К содержанию
РецензированоEN2025

KESHLASH

Yusupov Mirsaid Abdulaziz o’g’li · Nurmatova Hushnozabonu To‘chiboy qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 17 · 2025

Аннотация

This article analyzes one of the key technologies that ensures fast and efficient data processing — caching systems. The main concepts of caching technology, its working principles, advantages, types (such as browser cache, server cache, and network cache), as well as its application in modern web applications and operating systems are thoroughly discussed. Keywords: caching, cache, memory, web application, database, Redis, Memcached, ASP.NET Core, performance, efficiency, server cache, browser cache, CDN, TTL, cache invalidation Аннотация: В данной статье рассматривается одна из ключевых технологий, обеспечивающих быструю и эффективную обработку данных — https://scientific-jl.com/luch/ 8 3 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 система кэширования. Подробно изложены основные понятия технологии кэширования, принципы её работы, преимущества, типы (такие как кэш браузера, серверный кэш и сетевой кэш), а также применение в современных веб-приложениях и операционных системах. Ключевые слова: кэширование, кэш, память, веб-приложение, база данных, Redis, Memcached, ASP.NET Core, производительность, эффективность, серверный кэш, кэш браузера, CDN, TTL, аннулирование кэша. Axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda ma’lumotlarga tezkor va ishonchli tarzda murojaat qilish har qachongidan ham muhim hisoblanadi. Zamonaviy dasturiy ta’minotlar va veb-ilovalar katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashga majbur bo‘lib, foydalanuvchilarning talablariga javob bera oladigan darajada tez ishlashi zarur. Ana shunday sharoitda tizimlarning samaradorligini oshirish, tarmoqli yuklamani kamaytirish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash maqsadida qo‘llaniladigan asosiy mexanizmlardan biri bu — keshlash (inglizcha “caching”) texnologiyasidir. Keshlash — bu ma’lumotlarni vaqtincha xotirada saqlab turish orqali keyingi chaqiruvlarda ularga tezkor kirishni ta’minlovchi usuldir. U ma’lumotlar bazasi, server yoki tarmoq manbasidan qayta-qayta ma’lumot olish o‘rniga, avvalgi chaqiruv natijasini saqlab, qayta ishlatish imkonini beradi. Bu esa tizimning ishlash tezligini oshirish, javob vaqtini qisqartirish va server resurslaridan oqilona foydalanishga olib keladi. Ayniqsa, ko‘p foydalanuvchili tizimlarda keshlash samarali ishlashi uchun muhim bo‘lgan texnologiyalardan biridir. Ushbu maqolada keshlash texnologiyasining mohiyati, ishlash prinsipi, asosiy turlari va amaliyotda qanday ishlatilishi haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, keshlashning zamonaviy dasturiy arxitekturalarda tutgan o‘rni, uning afzalliklari va to‘g‘ri https://scientific-jl.com/luch/ 8 4 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 konfiguratsiya qilinmaganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar ham tahlil qilinadi. Keshlash tizimining samarali ishlashi uchun, avvalo, uning asosiy tushunchalarini va qanday ishlashini to‘g‘ri tushunish zarur. Keshlash — bu tezkor xotirada (RAM, SSD yoki boshqa muvaqqat saqlash qurilmasida) ma’lumotlarni vaqtincha saqlash orqali keyingi murojaatlarda ularni tezroq olish imkonini beruvchi jarayon hisoblanadi. Ma’lumot ilk bor server yoki asosiy manbadan olinganida, u keshlanadi — ya’ni vaqtinchalik saqlanadi. Keyingi murojaatda, agar ma’lumot o‘zgarmagan bo‘lsa va keshda mavjud bo‘lsa, tizim uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri keshdan olib beradi. Bu nafaqat ishlash tezligini oshiradi, balki resurslardan foydalanishni kamaytiradi. Keshlash jarayoni odatda quyidagicha ishlaydi: foydalanuvchi ma’lum bir so‘rov yuboradi, bu so‘rov dastlab keshda bor-yo‘qligi tekshiriladi. Agar ma’lumot keshda mavjud bo‘lsa, u "cache hit" deb ataladi va ma’lumot keshdan olinadi. Agar mavjud bo‘lmasa — ya’ni "cache miss" holati bo‘lsa — tizim asl manbaga murojaat qiladi, kerakli ma’lumotni oladi va uni keshga yozadi, shundan so‘ng foydalanuvchiga yetkazadi. Bu jarayon ma’lumotlar bilan ishlashda ko‘p marta takrorlanadigan so‘rovlar uchun ayniqsa foydalidir. Keshlash mexanizmlarida yana bir muhim tushuncha — bu TTL (Time To Live) yoki yashash muddati. Bu parametr keshlangan ma’lumot qancha vaqtgacha yaroqli ekanligini belgilaydi. TTL tugaganidan so‘ng, keshlangan ma’lumot eskirgan (stale) hisoblanadi va tizim uni yangilaydi yoki yangisiga almashtiradi. Bundan tashqari, "cache invalidation" — ya’ni eskirgan keshni bekor qilish va yangilash mexanizmi ham mavjud bo‘lib, u tizimdagi o‘zgarishlar aniqlanganda ishga tushadi. Keshlash konsepsiyasi operatsion tizimlardan tortib to veb- brauzerlar, tarmoq uskunalari, ma’lumotlar bazalari va veb-serverlargacha bo‘lgan ko‘plab tizimlarda qo‘llaniladi. Uning asosiy maqsadi — ma’lumotlarga murojaat qilishda yuqori tezlikni ta’minlash, javob vaqtini qisqartirish https://scientific-jl.com/luch/ 8 5 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 Keshlash texnologiyasi turli tizimlar va darajalarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uning bir nechta asosiy turlari mavjud. Har bir tur o‘zining vazifasi, joylashuvi va maqsadiga ko‘ra farqlanadi. Eng keng tarqalgan turlardan biri bu brauzer keshi bo‘lib, foydalanuvchining qurilmasidagi brauze

Доказательный фрагмент

«This article analyzes one of the key technologies that ensures fast and efficient data processing — caching systems.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes one of the key technologies that ensures fast and efficient data processing — caching systems. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
caching, cache, memory, web application, database, Redis, xotira, samaradorlik, веб-приложение, ASP.NET Core, cache invalidation, veb-ilova, память, CDN, brauzer keshi, ma’lumotlar bazasi, серверный кэш, кэш браузера, база данных, Memcached, server keshi, кэш, эффективность, аннулирование кэша., server cache, browser cache, производительность, Keywords: caching, TTL, performance, Ключевые слова: кэширование, efficiency, tezkorlik, Kalit so'zlar: keshlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники