К содержанию
РецензированоUZ2025

AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLARI NATIJASIDA HUJJATLARNI SOXTALASHTIRISH JINOYATLARINI OLDINI OLISH BO‘YICHA OLIB BORILGAN ISHLAR SAMARASI

IBROHIMOV JASURBEK SHERMUHAMMADOVICH · ASOSIY QISM

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Bugungi kunga kelib, hujjatlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar sodir etilishi usullari o‘zgarganligi bu turdagi jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishda bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirib chiqarmoqda. Bizga ma’lumki bu turdagi jinoyatlar asosan davrlarga hamda makonga qarab sodir etilish usullari turlicha bo‘lib o‘zgarib turadi. Kalit so‘zlar: Hujjatlarni soxtalashtirish, Jinoyatning oldini olish, Elektron hujjatlar, Islohotlar, Davlat xizmatlari, Elektron imzo, Murojaatlarni ko‘rib chiqish tizimi, Arxiv tizimi, Raqamlashtirish, Yuridik hujjatlar xavfsizligi. ASOSIY QISM Hujjatlarni soxtalashtirishning turli xil ko‘rinishlari mavjud. Buni mavjud tahlillar asosida ko‘radigan bo‘lsak, fuqarolik pasporti olish uchun, ishga kirish uchun, chet davlatlari tomonidan berilgan diplomlarni haqiqiyligini tasdiqlovchi nostrifikatsiya guvohnomalarini olish uchun, oliy o‘quv yurtlarini tamomlaganlik haqidagi diplomlarni olish uchun, pensiya va nafaqa pullarini olish uchun, mavjud jarimalarni to‘langanligi haqidagi to‘lov kvitansiyalarini olish uchun, turar joylarga egalik qilish uchun va hokazo kabi usullari mavjud. https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 3 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 Bu kabi jinoyatlarning yuqoridagi kabi turlari kelib chiqishi asosan ma’muriy ish yuritishni hanuzgacha eski usullaridan foydalanib kelinayotgani jinoyatchilarga o‘z maqsadlarini amalga oshirishda keng qo‘l keladi. Hozirda davlatimiz rahbari tomonidan ma’muriy ish boshqarish usulini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha olib borayotgan islohotlari natijasida bu kabi jinoyatlarning sodir etilishi o‘z-o‘zidan oldi olinishi kuzatilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining chegara hududlaridagi fuqarolar davlatimiz mustaqilligiga qadar qo‘shni davlatlar hududlarida istiqomat qilib, ushbu davrdagi amalda bo‘lgan tartib-qoidalar bo‘yicha yashash manzilini boshqa davlat hududlariga ko‘chirib olishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini e’lon qilib, ma’muriy-hududiy bo‘linishini amalga oshirganidan so‘ng 1992 yil 2 iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Bu qonun 1992 yil 10 iyuldan kuchga kirdi va o‘z-o‘zidan qonun bo‘yicha u qabul qilingan kungacha O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxat asosida yashab kelgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. Biroq, qonun qabul qilingan bo‘lsa-da, shu davrlarda qonun mazmun- mohiyatini tushunib yetmagan yoki ish joyi borligi sababli ish joyidan ajralib qolmaslik sababli boshqa davlat hududida ro‘yxatdan o‘tib yashab kelgan fuqarolarning beparvoligi natijasida ularning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi degan maqomga ega bo‘lmay qolishiga sabab bo‘lgan. Davlat o‘rtasidagi ma’muriy hududlar aniq belgilanib, chegaralar mustahkamlanish boshlangan 1997–1998 yillardan so‘ng fuqarolar O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilishda muammolarga duch kela boshlagan. Aynan shu davrda, fuqarolikni qabul qilish bo‘yicha insonlar huquqiy bilim saviyasiga ega bo‘lmagan holda turli davlat idoralarida ishlovchi mansabdor shaxslar orqali fuqarolik qabul qilish bo‘yicha turli iltimoslar qilishi natijasida soxta hujjatlar tayyorlashga ehtiyojlar tug‘ila boshlagan. Bu ishlar o‘z navbatida, https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 4 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 osongina hal etilmasligi sababli ayrim mansabdor shaxslar aralashuvi natijasida kelib chiqishiga sharoit yaratilgan. Tergov tizimida bu turdagi jinoyat ishlarini tergov qilinishi davomida shu ayon bo‘lgan: birgina fuqarolik pasportini soxtalashtirib olish uchun dastlab tug‘ilgan haqidagi guvohnoma soxta tayyorlanishi, so‘ng esa shaxsni haqiqatan ham yashab kelganligini tasdiqlovchi mahalla fuqarolari yig‘inlari hamda arxiv ma’lumotnomalari kabi boshqa hujjatlar ham soxtalashtirilishi kuzatilgan. Bu o‘z navbatida bitta hujjatni olish bo‘yicha qilingan noqonuniy ish ortidan bir necha hujjatning soxtalashtirilishi, natijada aybdor shaxslarning ortib ketishi, shuningdek eng achinarlisi bu ishda davlat idoralarining mansabdor shaxslari aralashganligidir. Bu kabi jinoyatlar fuqarolik berish tartibi bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida o‘z-o‘zidan sodir etilishi kamayishi kuzatilgan. Jumladan, uzoq yillar davomida O‘zbekiston hududida yashab kelgan, biroq fuqarolik pasportiga ega bo‘lmagan shaxslarning tegishli tartibda fuqarolik olishi bo‘yicha olib borilgan ishlarda hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni, pasport rasmiylashtirish tartibini elektron tizimlarga o‘tkazilganligi va onlayn tizimga o‘tkazilganligidan ham ko‘rish mumkin. Xuddi shunday misol — fuqarolarning chet davlatlarda ishlab yoki yashab kelgan davrida o‘sha davlatda jinoyat yoki boshqa huquqbuzarliklarni sodir etilishi natijasida o‘sha davlatdan deportatsiya qilinishi davomida ham pasportlarga soxta ma’lumotlar kiritish kabi jinoyatlar kelib chiqishiga sharoit yaratib bergan. Bu kabi jinoyatlardan misollar keltiradigan bo‘lsak, ilgari deportatsiya qilingan shaxs kelgusida takroran o‘sha

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunga kelib, hujjatlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar sodir etilishi usullari o‘zgarganligi bu turdagi jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishda bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirib…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunga kelib, hujjatlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar sodir etilishi usullari o‘zgarganligi bu turdagi jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishda bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirib… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Davlat xizmatlari, Elektron hujjatlar, Elektron imzo, Jinoyatning oldini olish, Raqamlashtirish, Kalit so‘zlar: Hujjatlarni soxtalashtirish, Yuridik hujjatlar xavfsizligi., Murojaatlarni ko‘rib chiqish tizimi, Arxiv tizimi, Islohotlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники