К содержанию
РецензированоRU2025

O'ZBEK VA RUS TILIDA BO'G'IN KO'CHIRISH QOIDALARI

talabasi Shamsiddinova Ma’sumaxon Zohidjon qizi (Andijon Davlat chet tillari instituti) · Ilmiy maslahatchi: Abdullayev Sirojiddin Shaxsultanovich (Andijon Davlat chet tillari instituti)

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Узбекский и русский языки относятся к разным языковым семьям, однако в письменной речи правила переноса слогов играют важную роль. В данной статье рассматриваются особенности слогового строения в обоих языках и анализируются правила переноса слогов в конце строки. Также обсуждаются сходства и различия между двумя языками, приводятся практические примеры. Ключевые слова: слог, фонетика, морфология, произношение, орфография, перенос слов, фонетическая единица, структура слова, грамотность, письменная речь, сопоставительный анализ языков. Annotation: Uzbek and Russian languages belong to different language families, yet syllable hyphenation rules play an important role in written speech. This article analyzes the structure of syllables in both languages and examines how words can be divided at the end of a line. It also compares similarities and differences between the two languages and provides practical examples. https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 7 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 Keywords: syllable, phonetics, morphology, pronunciation, spelling, word hyphenation, phonetic unit, word structure, literacy, written speech, comparative linguistics. Til – inson tafakkurining ifoda vositasi, jamiyat taraqqiyotining ajralmas qismi sifatida doimiy rivojlanib boradi. Har bir tilning oʻziga xos fonetik tizimi, talaffuz xususiyatlari va yozuvga oid meʼyorlari mavjud. Ayniqsa, matn tuzishda, jumlalarni satrga sigʻdirishda yoki soʻzlarni boʻlib yozishda, yaʼni boʻgʻin koʻchirish qoidalariga amal qilish til madaniyatining muhim omilidir. Tilshunos M. Qodirov yozadi: “So‘zni satrdan satrga ko‘chirishda, eng avvalo, uning morfologik yaxlitligiga e’tibor berish zarur, bu savodli yozuvning mezonidir”.1 Boʻgʻin koʻchirishga oid qoidalarni bilish, ayniqsa, matn tahriri bilan shugʻullanuvchilar, muharrirlar, oʻqituvchilar hamda talabalar uchun zarurdir. Shuningdek, ushbu bilimlar umumtaʼlim maktablari va OTMlarda til oʻqitish jarayonida ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Boʻgʻin – bu talaffuzdagi eng kichik tovush birligi boʻlib, u bir yoki bir nechta tovushdan tashkil topadi. Akademik Ibrohim G‘afurov taʼkidlaganidek: “Boʻgʻin — bu talaffuzning eng kichik ritmik birligi bo‘lib, u so‘zning tabiiy ohangdorligiga xizmat qiladi”.2 Har bir soʻz kamida bitta boʻgʻindan iborat boʻladi. Boʻgʻinlar nutqni ritmik ravishda talaffuz qilishga yordam beradi. Fonetika fanida boʻgʻinlar, asosan, unli tovush atrofida shakllanadi, yaʼni har bir boʻgʻinda kamida bitta unli tovush boʻlishi shart. O‘zbek tilshunosi S. Sirojiddinov qayd etadi: “Bo‘g‘inni aniqlashda unli tovush markaziy o‘rinda turadi, bu esa talaffuz va yozuv o‘rtasida uyg‘unlikni ta’minlaydi”.3 Masalan, oʻzbek tilidagi “kitob” soʻzi ikki boʻgʻindan iborat: ki-tob, rus tilidagi “школа” soʻzi ham xuddi shunday ikki boʻgʻinga boʻlinadi: шко-ла. 1 M. Qodirov, “O‘zbek tilining grafikasi va imlosi”, 2014. 2 I. G‘afurov, “Til va tafakkur”, 2002. 3 S. Sirojiddinov, “O‘zbek tilining nazariy asoslari”, 2001. https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 8 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 Boʻgʻinlar turli tillarda turlicha tasniflanadi. Odatda, quyidagi turlarga ajratiladi: Ochiq boʻgʻin – unli bilan tugagan boʻgʻin (masalan, bo-la), Yopiq boʻgʻin – undosh bilan tugagan boʻgʻin (masalan, mak-tab), Tarkibiga koʻra – bitta tovushli boʻgʻin (masalan, o), ikki yoki undan ortiq tovushli boʻgʻinlar (masalan, do‘st). Oʻzbek va rus tillarida boʻgʻin shakllanishida ayrim umumiyliklar mavjud boʻlsa-da, ularni yozuvda – xususan, satrdan satrga koʻchirishda – farqlar yuzaga chiqadi. Boʻgʻin va soʻz boʻlish qoidalarining mazmunini chuqur tushunish uchun har ikkala til boʻyicha alohida koʻrib chiqish lozim. Oʻzbek tilida boʻgʻin koʻchirish qoidalari, asosan, fonetik va morfologik qonuniyatlarga asoslanadi. Soʻzlarni satrdan satrga koʻchirayotganda, talaffuzga mos boʻlgan boʻgʻin chegarasidan ajratish zarur. Bunda asosiy eʼtibor soʻzning tabiiy talaffuzi va oʻqilishi buzilmasligiga qaratiladi. Asosiy qoidalar: 1. Soʻzlar faqat boʻgʻin chegarasida koʻchiriladi. Masalan: ki-tob, mu-al-lim, daf-tar. 2. Bitta harf satrda yolgʻiz qoldirilmaydi. Notoʻgʻri: o- lim Toʻgʻri: ki- tob 3. Qoʻsh undoshlar (sh, ch, ng) ajratilmaydi. Masalan: ishchi → ish-chi 4. Qo‘shimchali so‘zlarda qo‘shimchani alohida bo‘g‘inga ajratish mumkin, lekin talaffuz buzilmasligi kerak. https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 9 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 Masalan: o‘qituvchi → o‘-qi-tuv-chi. Oʻzbek tilida bo‘g‘in koʻchirishda morfologik birliklarni buzmaslikka harakat qilinadi. Ayniqsa, qoʻshimchalar yoki soʻz ildizlari notoʻgʻri boʻlinmasligi lozim. Tilshunos X. Yo‘ldoshev yozadi: “Matnni grafik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish — bu savodxonlikning belgisi. Bo‘g‘inli ko‘chirish bu jihatdan muhim vositadir”.4 Rus tilida boʻgʻin koʻchirish qoidalari ham talaffuzga asoslangan boʻlib, so‘zlarni satrga to‘g‘ri joylashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Rus tili fonetikasi boʻyicha boʻgʻinlar, asosan, unli tovush atrofida shakllanadi va ushbu tilning oʻziga xos tovush tizimi boʻgʻinla

Доказательный фрагмент

«Узбекский и русский языки относятся к разным языковым семьям, однако в письменной речи правила переноса слогов играют важную роль.»

Образец извлечения

Демо-превью

Узбекский и русский языки относятся к разным языковым семьям, однако в письменной речи правила переноса слогов играют важную роль. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
syllable, phonetics, morphology, pronunciation, spelling, word, written speech, письменная речь, сопоставительный анализ языков., so‘z tuzilishi, morfologiya, literacy, imlo, savodxonlik, Keywords: syllable, yozma nutq, comparative linguistics., fonetika, фонетическая единица, Kalit so‘zlar: boʻgʻin, til qiyosiy tahlili., орфография, морфология, word structure, перенос слов, фонетика, talaffuz, satrdan satrga koʻchirish, Ключевые слова: слог, произношение, грамотность, phonetic unit, word hyphenation, структура слова, fonetik birlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники