К содержанию
РецензированоUZ2025

CHET TILIDA ”FAOL TINGLASH” TEXNIKASI:BOG’CHA YOSHIDAGI BOLALARNING ESHITISH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH.

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi · Haydaraliyeva Gulsevar Husanboy qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqola chet tilini o‘rgatishda “faol tinglash” texnikasining ah amiyatini va bog‘cha yoshidagi bolalarda eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullarini o‘rganadi. Faol tinglash metodikasi bolalarning eshituv malakalarini, so‘z boyligini va umumiy til qobiliyatini oshirishda qanday foydali ekanligi ko‘rsatiladi. Maqolada o‘qitish jarayonida faol tinglashning samarali qo‘llanilishini ta’minlash uchun amaliy tavsiyalar taqdim etiladi. Kalit so‘zlar: faol tinglash, chet tili, eshitish ko‘nikmalari, bog‘cha yoshidagi bolalar, til o‘rganish, pedagogik usullar, interaktiv metodlar. Bog‘cha yoshidagi bolalar uchun chet tilini o‘rganish jarayoni qiziqarli va samarali bo‘lishi zarur. Bu davrda bolalar o‘z atrofidagi olamni anglash, yangi axborotlarni qabul qilish va o‘z fikrlarini ifoda etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. "Faol tinglash" texnikasi esa bolalarni eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Hayotiy tajribadan ma’lumki, o‘z fikrini og‘zaki bayon etish (gapirish) ko‘pchilik yoqtiradigan nutq faoliyatining turidir. 0 ‘zga shaxsni tinglab tushunish orqali turli axborot olinadi. Nutqiy muloqotda bo‘lish odam uchun https://scientific-jl.com/luch/ 4 0 9 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 zaruriy ehtiyoj sanaladi. Tinglash jarayonida so‘zlovchining ifoda etmish mulohazalarini qisman yoki to‘la-to‘kis tushunib yetmaslik hollari bo‘lib turadi. Buning asosiy sababi tinglab tushunishni o‘rgatishga yetarli e’tibor berilmasligidadir. Nutqni tinglab tushunish deganda, ovozli nutq (gapirish) chog‘ida quloq solish, idrok etish va fahmlash anglanadi. Umuman ,,nutq“ deganda gapirish, tinglab tushunish, o‘qib tushunish va yozuv tushuniladi. Aslida „gapirishni tinglab tushunish" degan ma’qulroq. Chet til o‘qitish metodikasi tarixiga nazar tashlasak o‘tgan asming 60-yillariga kelib, tinglash nutq faoliyatining turi sifatida atroflicha tadqiq etila boshlandi Avvallari unga gapirishning uzviy qismi deb qarab kelingan edi. Chet til darsida tinglab tushunishga atayin mashqlar berilmas edi.M a’lum bo‘lishicha, gapirishni o‘rganishdan ko‘ra tinglab tushunishga erishish qiyinroq kechadi. Ushbu sohaga oid bir- biriga yaqin ikki terminni farqlash talab qilinadi: ,,tinglash“ — quloq solish (Oz so‘zla — ko‘p tingla) va ,,eshitish“ — eshitish sezgisi (quloq) yordamida tovushni qabul qilish Tinglovchi tushunishga intiladi, eshituvchi tinglaganini tushunmasligi ham mumkin. Eshitish qobiliyatiga molik shaxs muayyan axborotni tushunish maqsadida so‘zlovchiga quloq soladi, ya’ni tinglash,aniqrog‘i tinglab tushunish sodir bo‘ladi. Eshitdingmi, deyilganda, tinglab tushunganlikni aniqlamoqchi bo‘linadi. Xullas,„tinglab tushunish" birikmasi o‘zgalar nutqini (jonli tarzda yoki mexanik yozuvdagisini) idrok etish hamda mazmunini fahmlab yetish ma’nosini ifodalaydi. Tinglash va tushunish (fahmlash) vaqt e’tibori bilan bir paytda (psixologiya tilida simultan) sodir bo‘ladi, bu ikki nutqiy hodisa faqat ilmiy tahlil uchungina ajratiladi, xolos. Inson ma’naviy kamolotga, odatda, eshitish, ko‘rish (kuzatish) va, qolaversa, o‘qish tufayli erishadi. Axborot to‘planishida uchala faoliyat orasida tinglab tushunish eng muhimidir. Qizig‘i shundaki, falon tilda tinglab tushunasizmi, savoli berilmaydi, gapira olasizmi, deyiladi. Idrok aqlning o‘lchovidir. Gapirish va tinglab tushunish og‘zaki nutq demakdir. Ona tilidagi nutqni tinglab tushunishda shakl va mazmun yaxlit ravishda https://scientific-jl.com/luch/ 4 1 0 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 idrok qilinadi, chet tilda ifoda vositasi (til materiali) va ifodalanmish mazmun (matn) uyg‘unlashishi qiyinchilik bilan kechadi. Mazmunni ilg‘ash (payqash) uchun leksik-grammatik hodisalarni yaxshi o‘zlashtirgan, boshqacha nytganda, tinglab tushunishning leksik va grammatik ko‘nikmalari puxta shakllangan bo‘lishi kerak. Shuningdek, chet til tovush tomonini (tovush, tovush birikmalari va ohangni) farqlay olish ko‘nikmasi hosil qilinmog‘i lozim. Demak, tinglab tushunishning leksik, grammatik va talaffuz ko‘nikmalari shakllanishi oqibatida mazkur nutq faoliyati turi bo‘yicha malaka hosil qilinadi. Og‘zaki matn (audiomatn)ni idrok etib tushunishda leksikani bilish umumiy mazmunni payqashda,grammatikani egallash mazmunni aniq tafsilotlari bilan fahmlashda alohida-alohida ahamiyat kasb etadi.Tinglovchi (auditor) va so‘zlovchi (notiq) qo‘llaydigan til birliklari muvofiq tushsa, tushunish osonlashadi. Bu, o‘z navbatida, til tajribasi bilan bog‘liq masaladir.Tinglab tushunish uch bosqichli faoliyat bo‘lib, umumiy eshituv idroki (akustik appersepsiya), so‘zlarning tovush tomonini (fonematik) farqlash va mohiyatni anglash orqasida nutqdagi mazmun idrok etiladi, bilib olinadi va tushuniladi. Nutq faoliyatining turi va malaka hisoblanmish tinglab tushunish ta’lim maqsadi va vositasi ekanligi (III bobdagi „Chet til o'qitishning amaliy maqsadi" mavzusidan) ma’lum. Bu o‘rinda ikki toifadagi, ya’ni, bir tomondan, so‘z orqali (tildagi nutqiy tajribaga suyangan holda) va, ikkinchidan, narsa yordamida (hayotiy tajriba, nutq vazi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola chet tilini o‘rgatishda “faol tinglash” texnikasining ah amiyatini va bog‘cha yoshidagi bolalarda eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullarini o‘rganadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola chet tilini o‘rgatishda “faol tinglash” texnikasining ah amiyatini va bog‘cha yoshidagi bolalarda eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullarini o‘rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
eshitish ko‘nikmalari, til o‘rganish, Kalit so‘zlar: faol tinglash, pedagogik usullar, bog‘cha yoshidagi bolalar, chet tili, interaktiv metodlar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники