Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻSMIRLIK DAVRIDA ENDOKRIN TIZIM OʻZGARISHLARI VA ULARNING ORFANIZMGA FIZIOLOGIK TA'SIRI
Abdumalikova Zubaydo (Andijon davlat chet tillar institute Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va)
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
The endocrine glands, along with the nervous system, play a very important role in controlling the body's activities. The endocrine system acts with the help of special substances - hormones. During adolescence, a number of changes are observed in this system. Аннотация: Эндокринные железы, наряду с нервной системой, имеют большое значение в регуляции функций организма. Эндокринная система действует с помощью особых веществ — гормонов. В подростковом возрасте в этой системе происходит ряд изменений. Kalit soʻzlar: Endokrin , gormon ,qalqonsimon bez, ekzokrin ,oqsillar, hujayra, neyrogormonal, toʻqima . Keywords: Endocrine, hormone, thyroid, exocrine, proteins, cell, neurohormonal, tissue. Ключевые слова: Эндокринный, гормон, щитовидная железа, экзокринный, белки, клетка, нейрогормональный, ткань. https://scientific-jl.com/luch/ 4 6 2 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 Organizmning hayot faoliyatini o‘rganib, tushunishga qaratilgan harakatlar jamiyat taraqqiyoti bilan teng. Ko‘hna Yunon, Rim, Xitoy, Hindiston, Misr shifokorlari va olimlari funksiyalar to‘g‘risidagi ilk tushunchalarga asos solganlar. Jumladan, Buqrot (Gippokrat), Arastu (Aristotel), Jolinus (Galen) va boshqalarni eslatish mumkin.Endokrin bezlar nerv tizimi bilan bir qatorda organizm faoliyatini boshqarishda juda katta ahamiyatga ega. Endokrin tizimga o'zaro mustaqil bo'lgan uchta bo'lakdan iborat gipofiz, jinsiy bezlar, buyrak usti bezining po'stloq va mag'iz qismlari, me'da osti bezining Langergans orolchalaridagi hujayralar, qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezlari, epifiz, hazm a'zolari shilliq pardasidagi inkretor hujayralar kiradi. Endokrin tizim maxsus moddalar – gormonlar yordamida ta'sir qiladi. Gormon ishlab chiqaruvchi endokrin bezlarning chiqaruv yo'llari yo'q. Sintezlangan moddalar to'g'ridan-to'g'ri qonga o'tadi.Organizmdagiqo‘zg‘aluvchanto‘qimalarga asab va mushaklardan tashqari bez to‘qimasi ham kiradi. Ammo bez to‘qimasini hosil qilgan glandulositlar ko‘pgina o‘ziga xos morfofunksional xususiyatlarga ega. Glandulositlar alohida hujayralar sifatida tarqoq joylashga yoki ekzokrin va endokrin bezlar tarkibida birlashgan bo‘lishi mumkin. Barcha glandulositlarga kretsiya qobiliyati xos. Bezlar qondan olingan kichik molekulali moddalardan maxsus birikmalarni sintezlaydi.Endokrin bezlar asab tizimi bilan birgalikda organizm faoliyatini boshqarishda katta ahamiyatga ega. Endokrin tizimga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi bezlar, ayrisimon bez, me’da osti bezining Langergans orolchalari, buyrak usti bezi, jinsiy bezlar, hazm a’zolari shilliq pardasidagi inkretor hujayralar kiradi. Barcha ichki sekresiya bezlarida tomirlar tizimi yuksak darajada rivojlangan bo‘lib, ulardagi tomirlarning devori ayniqsa yupqa va o‘tkazuvchandir. Bu bezlar kichik a’zolar bo‘lishiga qaramasdan o‘z og‘irligiga nisbatan juda ko‘p qon bilan ta’minlanadi. Odatda buning sababi a’zolar va tizimlar faoliyatida gormonlarning muhimligi va ichki sekresiya bezlari mahsulotining hammasini qonga o‘tishi hamda tomirlar tizimi bo‘ylab butun organizmga https://scientific-jl.com/luch/ 4 6 3 Часть-44_ Том-4_ Май-2025 tarqatilishining zarurligi bilan tushuntiriladi.Ichki sekretsiya bezlarining faoliyati organizm hayoti uchun juda muhimdir. Ba’zi bezlarsiz yuksak hayvonlar va odam hayoti umuman mumkin emas. Masalan, tajribada qalqonsimon oldi bezchalar yoki buyrak usti bezining po‘stloq moddasi olib tashlansa, hayvon albatta o‘ladi. Endokrin bezlari faoliyatining me’yordan chetlashuvi xilma-xil va ko‘p sonli kasalliklarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunda ichki sekretsiya bezining giperfunksiyasi, ya’ni keragidan ko‘p, normadan ortiqcha miqdorda gormon ishlab chiqarish, gipofunksiyasi – ajratiladigan gormonlar miqdorining kamayishi va disfunksiyasi – kimyoviy tarkibi buzilgan, o‘zgargangormonlar ishlab chiqarish tafovut qilinadi.endokrin bezlar maxsus moddalar – gormonlar (yun.hormanqo‘zg‘atish) ishlab chiqaradi, ularning chiqaruv yo‘llari yo‘q,sintezlangan moddalar bevosita qonga o‘tadi. Gormonlar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:1. Har bir gormon muayyan ixtisoslashgan bezda ishlab chiqariladi.2. Har bir gormon muayyan a’zo va faoliyatlarga ta’sir etib, ularda o‘ziga xos o‘zgarishlar paydo qiladi.3. Gormonlar juda katta biologik faollikka ega. Insulinning 1g 125000 quyonda qondagi qand miqdorini kamaytiradi, 1g adrenalin 10 mln ajratib olingan baqa yuragining ishini tezlashtira oladi.Gormon ishlab chiqaradigan bez bilan u ta’sir qiladigan a’zo (nishon) orasida odatda ma’lum masofa bo‘ladi (distant ta’sir).5. Gormonlar hujayra membranalaridan o‘tish qobiliyatiga ega. 6. Gormonlar nisbatan tez parchalanadi. Yarim parchalanish vaqti bir necha sekunddan (peptid gormonlar) bir necha kungacha (yodtironinlar) bo‘lishi mumkin. 7. Gormonlar faqat hujayralarda yoki ularning faol tuzilmalarida sodir bo‘luvchi jarayonlarga ta’sir etadi.Kimyoviy tuzilishga ko‘ra gormonlarni quyidagi guruhlarga ajratadilar1. Aminlar – adrenalin, noradrenalin, melatonin, dofamin
Доказательный фрагмент
«The endocrine glands, along with the nervous system, play a very important role in controlling the body's activities.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe endocrine glands, along with the nervous system, play a very important role in controlling the body's activities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Endocrine, hormone, thyroid, exocrine, proteins, cell, oqsillar, клетка, гормон, toʻqima ., Kalit soʻzlar: Endokrin, ткань., Keywords: Endocrine, нейрогормональный, neurohormonal, tissue., hujayra, qalqonsimon bez, экзокринный, белки, neyrogormonal, щитовидная железа, gormon, ekzokrin, Ключевые слова: Эндокринный
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025