К содержанию
РецензированоUZ2025

ATEROSKLEROZNI DAVOLASHDA DORI VOSITALARI YORDAMIDA GIPOLIPIDEMIK TERAPIYA VA UNING ASORATLARI.

Sayfutdinova Z.A. · Ahmedova D.B. · Dulanova D.O. · G’aniyev N.R.

Лучшие интеллектуальные исследования · 9 · 2025

Аннотация

Dunyo bo‘ylab giperxolesterolemiya va ateroskleroz kasalliklari tobora keng tarqalmoqda, va ular jahon salomatligi uchun jiddiy tahdid solmoqda. Ushbu muammolarni hal qilish uchun ilmiy tadqiqotlar va yangi dori vositalarini ishlab chiqish sohasida jiddiy ishlar olib borilmoqda. Xususan, o‘simlik moddalari va flavonoidlarning gipolipidemik ta’sirini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Osiyo mintaqasida ham flavonoidlarning gipolipidemik ta’siri haqida ko‘plab ilmiy izlanishlar mavjud. Asosan, Xitoy, Hindiston va Koreya kabi davlatlarda o‘simlik asosidagi preparatlar, xususan, flavonoidlar, tez-tez tadqiq qilinadi. Kalit so’zlar: Gipolipedimeya, giperxolesterinemiya, flavanoidlar, umumiy xolesterol (UX), past zichlikdagi lipoprotein xolesterin (ZPLP), triglitseridlar (ТG), juda past zichlikdagi lipoproteinlar(ZJPL), aterogenez indeksi,ateroskleroz, malondialdegid. Tadqiqodning maqsadi: Flavonoidlarning biologik faolligi va ularning gipolipidemik preparatlar sifatida qo'llanilishi imkoniyatlarini o’rganish Flavonoidlar - tabiiy kislotalarga mansub bo‘lgan biologik faol moddalar guruhidir. Ular o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan bo‘lib, nafaqat rangli https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 Часть-44_ Том-5_ Май-2025 pigmentlar sifatida, balki himoya funksiyalarini ham bajaradi. Flavonoidlar o‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan asraydi hamda ularning atrof- muhitning noqulay sharoitlariga moslashishiga yordam beradi . Ular kimyoviy jihatdan polifenollar sinfiga tegishlidir va o‘ziga xos karkasga ega bo‘ladi, bu karkas 15 ta uglerod atomidan iborat bo‘lib, uning formulasi C6- C3-C6 shaklida ifodalanadi. Flavonoidlarning bir necha asosiy kichik guruhlari mavjud: flavonlar, flavonollar, izoflavonlar, katexinlar va antotsianinlar. Har biri o‘zgacha kimyoviy xususiyatlarga va biologik faollikka ega. Flavonoidlar turli manbalardan ajratib olinishi mumkin va ular farmakologiya va tibbiyot sohasida ko‘plab tadqiqotlar mavzusi hisoblanadi. Bu moddalarning keng ko‘lamdagi biokimyoviy ta’sirlari bor, jumladan antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va antimikrob xususiyatlari mavjud. Ularning faolligi darajasi kuchsizdan kuchligacha o‘zgarishi mumkin, bu esa ularni tibbiy va sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarida qo‘llashga katta imkoniyatlar ochadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, flavonoidlar qon tarkibidagi lipid miqdorini kamaytirish qobiliyatiga ega bo‘lib, bu o‘z navbatida yurak-qon tomir kasalliklarining xavfini pasaytiradi. Shu sababli, flavonoidlar faqat botanika uchun emas, balki tibbiyot, parxezshunoslik va dorishunoslik sohalarida ham muhim ahamiyat kasb etadi, samarali dorilar yaratishda va turli kasalliklar profilaktikasini ta’minlashda yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda Flavonoidlarning biologik faolligi Flavonoidlar o‘zlarining keng qamrovli biologik ta’siri bilan ajralib turadilar, bu ularni o‘simliklardan olingan tabiiy birikmalar sifatida juda qimmatbaho qiladi. Ularda quyidagi asosiy faoliyat turlari mavjud Antioksidant ta’siri: Flavonoidlarning eng muhim xususiyatlaridan biri ularning kuchli antioksidant bo‘lishidir.Bu xususiyat ularni hujayralar va to‘qimalarni erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qilishda samarali qiladi. Oksidlovchi stress organizmda turli kasalliklarning, jumladan, yurak-qon tomir https://scientific-jl.com/luch/ 3 4 Часть-44_ Том-5_ Май-2025 kasalliklarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Flavonoidlar ushbu stress darajasini kamaytirish orqali yurak salomatligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi . Yallig‘lanishga qarshi ta’siri: Flavonoidlar yallig‘lanishga qarshi kurashishda ham samarali bo‘lib, turli yallig‘lanish jarayonlarini tartibga solish orqali organizmning immun tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi .Ular yallig‘lanishning sababchilari bo‘lgan moddalar ishlab chiqarilishini kamaytirib, yallig‘lanish belgilarini pasaytirishi mumkin, shu bois ularning iste’mol qilinishi ko‘plab salomatlik muammolarini bartaraf etishga yordam beradi. Yurak-qon tomir tizimiga ta’siri: Flavonoidlar yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, qon tomirlarining elastikligini oshiradi, qon bosimini pasaytiradi va qon tomirlarining torayishiga olib keluvchi ateroskleroz jarayonlarini sekinlashtiradi. Bundan tashqari, ushbu birikmalar trombotsitlarning yig‘ilishini kamaytiradi, bu esa qon ivish jarayonini muvozanatli holatga keltirib, yurak xastaliklari xavfini kamaytiradi. Antidiabetik ta’siri: Ba’zi flavonoidlar, masalan, kversetin va kemferol, qon tarkibidagi glyukoza miqdorini pasaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va insulin sezgirligini oshirishga yordam beradilar. Ushbu xususiyatlari ularni diabetni boshqarishda samarali vosita sifatida namoyon etadi .Flavonoidlar insulin metabolizmini yaxshilashga yordam berib, glyukoza miqdorini nazorat qilishda foydali natijalar berishi mumkin, bu esa diabetni davolashda muhim ahamiyatga ega . Shu tariqa, flavonoidlar o‘zining ko‘p tomonlama ta’sirlari tufayli nafaqat oziq-ovqat mahsulotlarida, balki sog‘liqni saqlash sohasida

Доказательный фрагмент

«Dunyo bo‘ylab giperxolesterolemiya va ateroskleroz kasalliklari tobora keng tarqalmoqda, va ular jahon salomatligi uchun jiddiy tahdid solmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Dunyo bo‘ylab giperxolesterolemiya va ateroskleroz kasalliklari tobora keng tarqalmoqda, va ular jahon salomatligi uchun jiddiy tahdid solmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
antioksidant tizimi, lipid spektri, Simgal preparati, gipolipedemiya, giperlipedimiya, biosintez, Kalit so’zlar:Ateroskleroz, flavonoidlar, aorta, lipoprotein
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники