Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HAYOTNI SUG‘URTALASH TURLARI KLASSIFIKATSIYASI
Yuldashev Nuriddin Toshmurzayevich –
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada hayotni sug‘urtalashning asosiy turlari: muddatli, umrbod, aralash, universal, o‘zgaruvchan va universal o‘zgaruvchan sug‘urta turlarining tuzilmasi, afzallik va kamchiliklari, moliyaviy rejalashtirishdagi o‘rni yoritilgan. Sug‘urta turlarining investitsiya vositasi sifatida qo‘llanilishi, shuningdek, ularning moslashuvchanlik darajasi, risk darajasi va soliq imtiyozlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Hayotni sug‘urtalash, muddatli sug‘urta, umrbod sug‘urta, aralash sug‘urta, universal hayot sug‘urtasi, o‘zgaruvchan sug‘urta, investitsiya va jamg‘arma, sug‘urta risklari, soliq imtiyozlari, moliyaviy rejalashtirish CLASSIFICATION OF LIFE INSURANCE TYPES Annotation (in English): This article explores the main types of life insurance: term, whole life, endowment, universal, variable, and variable universal insurance. It highlights their structures, advantages and disadvantages, and their role in financial planning. The article also analyzes the use of these insurance types as investment tools, as well as their level of flexibility, risk, and tax benefits. Keywords: Life insurance, term insurance, whole life insurance, endowment insurance, universal life insurance, variable insurance, investment and savings, insurance risks, tax benefits, financial planning. Hayotni sug‘urtalashning ikki turi mavjud: Jamg‘arma to‘plashni nazarda tutmaydigan hayotni sug‘urtalash https://scientific-jl.com/luch/ 1 7 9 Часть-44_ Том-5_ Май-2025 Jamg‘arma to‘plash imkonini beruvchi hayotni sug‘urtalash Birinchi turga — hayotni muayyan muddatga sug‘urtalash polisi (inglizcha: Term Life Insurance), ya’ni vaqtinchalik hayotni sug‘urtalash polisi kiradi. Bu turdagi sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta kompaniyasi sug‘urta muddati davomida sug‘urtalanuvchining vafoti sodir bo‘lsa, polisda belgilangan summani foyda oluvchiga (benefitsiarga) to‘lashi shart. Agar sug‘urta muddati tugasa va sug‘urtalanuvchi hayot bo‘lsa, unda sug‘urta badali mijozga qaytarilmaydi. Hayotni muayyan muddatga sug‘urtalash — bu hayotni sug‘urtalashning eng arzon shaklidir. U faqatgina himoyani ta’minlaydi, lekin jamg‘aruv xususiyatiga ega emas. Hayotni muayyan muddatga sug‘urtalashning quyidagi turlari mavjud: oddiy, hech qanday maxsus shartlarsiz muddatli sug‘urta polisi; - yangilanuvchi muddatli sug‘urta polisi (Renewable Term Life Insurance); - konvertatsiya qilinuvchi (ya’ni o‘zgartiriluvchi) polis; - kamayuvchi sug‘urta qoplamasiga ega polis; - guruh bo‘yicha muddatli hayot sug‘urtasi polisi. Oddiy muddatli sug‘urta polisi ma’lum bir yillik muddatga (masalan, 1 yil, 5 yil, 10 yil yoki 65 yoshgacha) tuziladi. Yangilanuvchi sug‘urta polisi esa sug‘urta oluvchiga o‘z xohishiga ko‘ra, avvalgi shartlar asosida sug‘urta muddatini uzaytirish imkonini beradi. Konvertatsiya qilinuvchi polisi esa sug‘urta oluvchiga bu polisini doimiy (umrbod) hayot sug‘urtasi yoki boshqa bir turdagi sug‘urtaga aylantirish imkonini beradi. Oddiy muddatli sug‘urta polisi eng arzon tur hisoblanadi, biroq uning qiymati sug‘urtalanuvchining yoshi oshgani sayin ko‘tariladi. Shu sababli 60 yosh va undan katta yoshdagi shaxslar uchun bunday polislar ancha qimmatga tushadi. https://scientific-jl.com/luch/ 1 8 0 Часть-44_ Том-5_ Май-2025 Kamayuvchi qoplama bilan sug‘urta polisi — bu polis bo‘yicha butun muddat davomida sug‘urta badallari miqdori bir xil bo‘ladi, ammo to‘lanadigan kompensatsiya summasi muddat o‘tgan sari kamayib boradi. Yangilanuvchi polis biroz qimmatroq bo‘lishiga qaramay, sug‘urta oluvchiga doimiy sug‘urtalanganlik kafolatini beradi. U oddiy, kamayuvchi yoki boshqa shaklda tuzilgan bo‘lishi mumkin va hayotni sug‘urtalashga ehtiyoji borlar uchun yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin. Muddatli sug‘urta turini tanlashda uni qarz majburiyatlari bilan bog‘lash mumkin. Masalan, ipoteka qarzi bilan bog‘langan hayotni sug‘urtalash — bu kamayuvchi qoplama bilan muddatli sug‘urta turidir. Sug‘urtalanuvchining vafoti yuz bersa, uning qolgan ipoteka qarzini sug‘urta kompaniyasi to‘lab beradi. Moliyaviy majburiyatlarga asoslangan sug‘urta esa kredit shartnomasi asosida qoldiq qarzlarni qoplash uchun xizmat qiladi. Bunday polislarni tanlashda ehtiyot bo‘lish lozim, chunki ba’zi sug‘urta kompaniyalari ularga haddan tashqari yuqori badallar belgilaydi. Ayrim hollarda bu turdagi polislarni vijdonsiz sug‘urta agentlari mijozlarga kuch bilan sotishga urinadilar. Aslida, bunday polislarni sotib olishdan qochgan ma’qul. Agar sizda muddati tugaganda qarzlarni to‘lash rejalashtirilgan bo‘lsa, kamayuvchi qoplamali polis — yaxshiroq yechim bo‘lishi mumkin. Ish beruvchilar uchun guruh bo‘yicha muddatli hayot sug‘urtasi ham mavjud bo‘lib, odatda u eng arzon sug‘urta turi sanaladi. Biroq bunday sug‘urta rejasi ko‘chma emas. Ya’ni, agar siz ish joyingizni o‘zgartirsangiz, bu sug‘urtani o‘zingiz bilan olib ketolmaysiz. Umrbod hayot sug‘urtasi (Whole Life Insurance): Nomidan ko‘rinib turibdiki, bu polis butun umr davomida sug‘urtani kafolatlaydi va unda jamg‘arma elementi mavjud. Sug‘urta badallari yo‘q
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada hayotni sug‘urtalashning asosiy turlari: muddatli, umrbod, aralash, universal, o‘zgaruvchan va universal o‘zgaruvchan sug‘urta turlarining tuzilmasi, afzallik va kamchiliklari, moliyaviy rejalashtirish…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada hayotni sug‘urtalashning asosiy turlari: muddatli, umrbod, aralash, universal, o‘zgaruvchan va universal o‘zgaruvchan sug‘urta turlarining tuzilmasi, afzallik va kamchiliklari, moliyaviy rejalashtirish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Life insurance, term insurance, whole life insurance, endowment, universal hayot sug‘urtasi, moliyaviy rejalashtirish, insurance risks, Kalit so‘zlar: Hayotni sug‘urtalash, tax benefits, Keywords: Life insurance, aralash sug‘urta, muddatli sug‘urta, investitsiya va jamg‘arma, financial planning., investment and savings, sug‘urta risklari, umrbod sug‘urta, endowment insurance, soliq imtiyozlari, universal life insurance, variable insurance, o‘zgaruvchan sug‘urta
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026