К содержанию
РецензированоUZ2025

ANDIJONNING QADIMGI VA O‘RTA ASR DAVRI TARIXI MATBUOT SAXIFALARIDA

MATBUOT SAXIFALARIDA · Davronova Rashidaxon Qahramon qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Mazkur ilmiy maqola Andijonning qadimiy va o‘rta asr davrlaridagi tarixi, shu davrda shahar hayoti, madaniyati va iqtisodiy rivojlanishini o‘rganadi. Maqolada Andijonning tarixiy manbalar va arxeologik tadqiqotlar asosida shakllangan rivojlanish jarayoni, shuningdek, shaharni tashkil etgan muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar tahlil qilinadi. Andijon, o‘zining strategik joylashuvi tufayli, qadimdan Sog‘d, Xorazm va boshqa o‘rta asr sivilizatsiyalarining madaniy va savdo markazi sifatida e’tiborga sazovor bo‘lgan. Maqolada, shuningdek, Andijonning o‘rta asr davrlarida savdo yo‘llari, hunarmandchilik va shaharning ma’muriy tizimi hamda markaziy hokimiyatga bo‘lgan aloqalari o‘rganiladi. Tarixiy manbalar va arxeologik qazishmalar natijalari, shahar tarixining rivojlanishidagi muhim bosqichlarni yoritadi va Andijonning o‘rta asr tarixida tutgan o‘rnini ochib beradi. Kalit so‘zlar: Andijon, qadimiy tarix, o‘rta asr, shahar madaniyati, iqtisodiy rivojlanish, arxeologik tadqiqotlar, savdo yo‘llari, hunarmandchilik, tarixiy manbalar, Sog‘d, Xorazm, ma’muriy tizim. Mustaqillik sharoitida jamiyatdagi yangi o’zgarishlarni amalga oshirish jarayonida, jamiyat a’zolarini erkin, demokratik tafakkur va milliy g’oya ruhida tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanining ahamiyati ortib bormoqda. “Albatta har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf- odat va an’analarini, hayotiy qadiryatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi”[1;30-b.]. https://scientific-jl.com/luch/ 2 3 6 Часть-44_ Том-5_ Май-2025 Sovet hokimyati va kommunistik partiyaning hukumronligi yillarida ma’naviy -siyosiy, mafkuraviy yakkahokimlik tufayli tarixchi olimlarning haqiqatni yoritish imkoniyati yo’q edi. Milliy istiqlol yillarida vatanimiz tarixini haqqoniy, ilmiy asosda o’rganish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Respublikamizning birinchi prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o’tganidek, “o’z tarixini bilmagan jamiyat istiqbolga elituvchi yo’lini topa olmaydi. Tarix bepisand xalqning kelajagi yo’q. Ko’p asrlik tarixi mobaynida O’zbekiston qancha bosqichlarni ko’rmadi. Markaziy Osiyo mintaqasi qanday bo’ronlar ichida qolmadi, kimlar bizni tobe va qaram qilishga intilmadi. Ana shu tarixdan saboq chiqarmasdan, ertaga kechagi kun ko’rgiliklari qaytadan boshimizga tushib qolishi hech gap emas. Boshqacha aytganda, kechagi kundan to’g’ri xulosa chiqarib ish tutgan jamiyat kelajakka ishonch bilan qadam qo’yadi”[2; 219-b.]. O’zbekiston mustqillikka erishganidan so’ng, o’zbek xalqi keng ma’nodagi teng huquqlilikka ega bo’ldilar, jamiyatdagi barcha sohalarda ijtimoiy adolat, tenglik, barqarorlik to’g’risidagi fikr – o’ylarini amalga oshirish, jamiyatdagi barcha sohalarni rivojlantish uchun sharoit yaratildi, va asta –sekinlik bilan rivojlanishni boshlaganligini ko’rishimiz mumkin. Mustaqillik yillarida yangi tarixiy tafakkur ruhida, yangicha yondashuv va metodologiya asosida tarix fani va ijtimoiy fanlarning iqtisodiy, falsafa va huquq singari deyarli barcha sohalarida Andijon viloyati tarixini o’rganishga e’tibor qaratilib, viloyatimizning ko’plab masalalarini o’rganish imkoniyati yaratildi. Jumladan ko’plab o’rganilmagan jihatlarini o’rganish imkonini yaratdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida ustoz Sayfiddin Jalilovning hizmatlari katta bo’ldi chunki bu inson Andijon tarixini o’rganib ko’plab ochilmagan va o’rganilmagan ma’lumotlarni o’rganish natijasida viloyatimizning tarixiy shaxslari, ijtimoiy - iqtisodiy o’zgarishlari haqida ko’plab maqolalar va risolalar chop etildi. Andijonning ijtimoi - iqtisodiy masalasini tarixshunosligiga oid ilmiy monografiyasi va bir qator ilmiy maqolalari, viloyatimizga nisbatan siyosatining https://scientific-jl.com/luch/ 2 3 7 Часть-44_ Том-5_ Май-2025 mustamlakachilik mohiyatini ochib berishda dastlabki qadam bo’ldi deya olamiz. Tarixchi olimning viloyatimiz bilan bog’liq an’anaviy qarashlar hamda tarixiy haqiqat talqiniga oid maqolasida mazkur mavzudagi turli ijtimoiy qarashlar hamda ularning tarixiy ildizlari ilk bor ilmiy asosda yoritilib beriladi. R.Shamsutdinov va Muzrobjon Abdullayev o’zlarining maqolasini Fan va turmush jurnali sonida Andijon taqdiriga befarq bo’lmagan holda ko’plab arxiv materiallarga tayangan holda maqolalar chop etdilar. Mana shunday maqolalardan biri “Ukrainadagi O’zbek quloqlari” nomli maqolasida Andijon hududidan surgun qilingan insonlar taqdiri haqida eng asosiysi mutloqa o’rganilmagan, Ukrainaga surgun qilingan vatandoshlarimizning o’g’ir qismatiga bag’ishlangan turkum maqolalari chop etila boshladi”[3; 5-b.]. Bu maqola orqali viloyatimizdan surgun qilingan insonlar taqdiri va o’sha joydagi ahvoli qancha qiyinchilik kunlarini boshidan o’tkazganligini o’qish imkonini berdilar. Bu orqali biz yoshlar o’zimiz uchun hulosa chiqara olsak maqsadga muoviq bo’ladi. Shaharning nomi tarixiy manbalarda “Andijon”, “Andigon” shaklida ham uchratishimiz mumkin. Akademik Ya. G’ulomovning ilmiy tahliliga ko’ra biron qadimiy joy yoki ma’lum kasbdagi kishilar guruhinin

Доказательный фрагмент

«Mazkur ilmiy maqola Andijonning qadimiy va o‘rta asr davrlaridagi tarixi, shu davrda shahar hayoti, madaniyati va iqtisodiy rivojlanishini o‘rganadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ilmiy maqola Andijonning qadimiy va o‘rta asr davrlaridagi tarixi, shu davrda shahar hayoti, madaniyati va iqtisodiy rivojlanishini o‘rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘rta asr, tarixiy manbalar, iqtisodiy rivojlanish, shahar madaniyati, Kalit so‘zlar: Andijon, arxeologik tadqiqotlar, hunarmandchilik, qadimiy tarix, savdo yo‘llari, Sog‘d, Xorazm, ma’muriy tizim.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники