К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTAB PSIXOLOGI ISHIDA XULQI OG‘ISHGANLIKNI DIAGNOSTIKA QILISH VA PSIXOKORREKSIYA QILISH USULLARI

Mamatkarimova Hayotxon Miraliyevna

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada maktab psixologi faoliyatida xulqi og‘ishgan o‘quvchilarni aniqlash, ularning xulq-atvori va emotsional holatini tahlil qilish, shuningdek, psixokorrektsion ishlarni tashkil etish metodikasi yoritilgan. Xususan, diagnostika jarayonida qo‘llaniladigan psixologik testlar, suhbat va kuzatuv metodlarining ahamiyati, ularning samaradorlik darajasi hamda individual va guruhli psixokorrektsiya usullari asoslab berilgan. Tadqiqotda xulq buzilishining kelib chiqish sabablari, maktab muhitining ta’siri va psixologik yordamning pedagogik jarayonga integratsiyasi bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Ushbu maqola maktab psixologlari, pedagoglar va psixologiya sohasida tahsil olayotgan talabalarga amaliy ko‘mak beradi. Kalit so‘zlar: maktab psixologi, xulqi og‘ishganlik, diagnostika, psixokorrektsiya, psixologik testlar, kuzatuv, emotsional holat, individual yondashuv, guruhli mashg‘ulotlar, ijtimoiy moslashuv, profilaktika, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish. Biz uchun muhim bo‘lgan “shaxsning og‘ishgan xulqi” tushunchasini ta’riflashga o‘tishdan oldin biz psixologik ko‘rinishlarni baholash etalonini berishimiz lozim. Ko ‘pgina fanlardan ko‘rinishlarni “me’yoriy” va “anomal”ga bo‘lish qabul qilingan J.Godfruaning haqqoniy e’tirozi bo‘yicha qanday axloqni me’yoriy deb hisoblash mumkin degan savol uchun inson axloqini, shu jumladan og‘ishgan xulqni tushuntirish uchun markaziy hisoblanadi. “Normal” va “anomal” axloq tushunchasining ma’nosiga qat’iy ta’rif berish murakkab, ular orasidagi https://scientific-jl.com/luch/ 2 4 6 Часть-44_ Том-5_ Май-2025 chegara esa o‘ta noaniq. Shunga qaramay ilmda, kundalik hayotda ushbu tushunchalar birgalikda foydalaniladi. Bunda normal axloq atamasi ostida qoidadagidek, og‘riqli xafagarchilik bilan bog‘liq bo‘lmagan, shu bilan birgalikda ko‘pchilik odamlar bilan xarakterli bo‘lgan me’yoriy ma’qullangan axloq tushuniladi. Shunga o‘xshash, nome’yoriy axloqni quyidagicha bo‘lish mumkin: me’yoriy –ma’qullanmagan patologik, nostandart. “Me’yoriy” deb qat’iy mazmunda ushbu fanga ayni vaqtda qabul qilingan me’yor etaloniga muvofiq keluvchi barcha narsa hisoblanadi. Me’yorlarni olish usullarini ko‘pincha mezon deb ataydilar. Eng ko‘p tarqalgan va umumiy hisoblangan mezonlardan biri populyasiyada uchraydigan chastotalarni hisoblash yordamida istalgan ko‘rinish uchun me’yorni aniqlashga imkon beruvchi sttistik mezon hisoblanadi. Matematik statistika nuqtai nazaridan tez-tez ya’ni 50% dan kam hollarda uchraydigan hamma narsa me’yoriydir. Me’yoriy taqsimot qonuniga muvofiq ravishda 2-3 foiz odamlar “me’yoriydan” ikki tomon bo ‘yicha ko ‘pchilik muayyan biir sifat bo ‘yicha (intelekt) axloqning yaqqol buzilishiga har ikki tomondan 20% esa nisbatan katta bo‘lmagan og‘ishlarga ega. Shubhasiz axloqning aniq shakli (masalan chekish) me’yoriy qabul qilinishi mumkin, qachonki u ko ‘pchilik odamlarda uchrasa. Haqiqatan, Sankt-Peterburgda chekishni og‘ishgan xulqqa tegishli deyish o‘rinsiz bo‘lardi, sababi katta yoshli aholi o‘rtasida chekuvchilar chekmaydiganlarga qaraganda ehtimol ko‘proqdir. Statistik mezon ifodalanish va hayot uchun xatar darajasi bo‘yicha axloqning sifat miqdoriy bahosi bilan uyg‘unlashadi. Masalan spirtli ichimliklarni iste’mol qilish aqlli chegaralarda me’yoriy ko‘rinish deb olinadi, biroq uni suiiste’mol qilish og‘ishganlikni anglatadi. Boshqa tomondan odamning o‘zi yoki atrofdagilar hayoti uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf tug‘diruvchi axloq uning chastotasi; ba’zan esa ifodalanganlik darajasidan qat‘i nazar og‘ishgan sifatida baholanadi. Axloqni og‘ishgan deb klsassifikatsiya qilish uchun u shaxsning umumiy yo‘nalganligi bilan muvofiqlashuvi lozim. Bunda axloq nostandart vaziyatlar oqibati, krizisli vaziyat oqibati, yoki o‘z-o‘zini muhofazalash https://scientific-jl.com/luch/ 2 4 7 Часть-44_ Том-5_ Май-2025 oqibati bo‘lmasligi lozim. Og‘ishgan xulqning xususiyatlaridan biri u tibbiy me’yorlar chegarasida ko‘rib chiqiladi. U garchi patologik holat bilan uyg‘unlashsada, psixik kasalliklar yoki patologik holat bilan tenglashtirilmasligi lozim. Og‘ishgan xulqning xususiyatlaridan biri u ijtimoiy moslashmaganlikning turlicha ko‘rinishlari bilan birga boradi. Moslashmaganlik sababi holati o‘z navbatida shaxsning og‘ishgan xulqini mustaqil sababi bo‘lishi mumkin. Og ‘ishgan xulqning oxirgi belgisi sifatida uning ifodalangan individual va yosh – jinsiy o‘ziga xosligi bilan ta’kidlash mumkin. Og‘ishgan xulqda dastavval shaxsning jamiyatda tashqi mavjudligini aks ettiradi. U “ichki” jihatdan turli tuman bo‘lishi mumkin. Deviant axloqning bir xil turlari har xil odamlarda turli yoshda turlicha ko‘zga tashlanadi. 5 yoshdan oldin bolaning ongida ijtimoiy me’yorlar haqidagi zaruriy tasavvurlar bo‘lmaydi, o‘z-o‘zini nazorat qilish esa kattalar yodamida amalga oshiriladi. Barcha yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, og‘ishgan (deviant) xulqqa quyidagicha ta’rif berish mumkin- bu shaxsning birmuncha muhim ijtimoiy me’yorlardan og‘uvchi jamiyat yoki uning o‘ziga real zarar yetkazuvchi, shunin

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada maktab psixologi faoliyatida xulqi og‘ishgan o‘quvchilarni aniqlash, ularning xulq-atvori va emotsional holatini tahlil qilish, shuningdek, psixokorrektsion ishlarni tashkil etish metodikasi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada maktab psixologi faoliyatida xulqi og‘ishgan o‘quvchilarni aniqlash, ularning xulq-atvori va emotsional holatini tahlil qilish, shuningdek, psixokorrektsion ishlarni tashkil etish metodikasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
emotsional holat, ijtimoiy moslashuv, diagnostika, psixokorrektsiya, profilaktika, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish., individual yondashuv, xulqi og‘ishganlik, kuzatuv, Kalit so‘zlar: maktab psixologi, guruhli mashg‘ulotlar, psixologik testlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники