К содержанию
РецензированоRU2025

QADIMGI G‘ARB VA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING FUQAROLIK JAMIYATI HAQIDAGI QARASHLARI

JAMIYATI HAQIDAGI QARASHLARI · Jumaniyazov Bekzod Ochilovich · Sabanova Nilufar Baxodir qizi · Sharq (Konfutsiy · Ibn Sino · Al-G‘azoliy) mutafakkirlarining fuqarolik

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

В данной статье анализируются взгляды мыслителей Древнего Запада (Платон, Аристотель, Цицерон) и Востока (Конфуция, Фарабия, Ибн Сино, Аль-Газали) на гражданское общество. Сопоставляя их взгляды, автор исследует такие принципы, как взаимодействие общества и государства, свобода человека, мораль и верховенство закона. Через https://scientific-jl.com/luch/ 2 8 3 Часть-44_ Том-5_ Май-2025 современную интерпретацию взглядов выясняется, как они повлияли на нынешнее формирование гражданского общества. Kalit so‘zlar. Fuqarolik jamiyati, qadimgi mutafakkirlar, Platon, Aristotel, Farobiy, Konfutsiy, davlat va jamiyat, axloq, erkinlik. Keywords. Civil society, ancient thinkers, Plato, Aristotle, Pharisee, Confucius, state and society, morality, freedom. Ключевые слова. Гражданское общество, античные мыслители, Платон, Аристотель, фарисей, Конфуций, государство и общество, мораль, свобода. Fuqarolik jamiyati tushunchasi insoniyat tarixining qadimgi davrlaridanoq shakllanib kelgan. Har bir sivilizatsiyada davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tartibga solish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ular faolligini oshirishga qaratilgan g‘oyalar ilgari surilgan. Ayniqsa, qadimgi G‘arb va Sharq mutafakkirlarining fikrlari hozirgi zamon fuqarolik jamiyati nazariyasining shakllanishiga katta hissa qo‘shgan. Qadimgi Yunoniston va Rim faylasuflari fuqarolik jamiyatiga oid masalalarni davlat tuzilmasi, erkinlik va qonun ustuvorligi bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqqanlar. Ulardan biri – Platon (mil. avv. 427–347) "Davlat" asarida adolatli jamiyatni ideal holatda tasvirlagan. Unga ko‘ra, fuqarolar jamiyatda o‘z tabaqasiga mos faoliyat bilan shug‘ullanishi kerak, bu esa tartib va barqarorlikni ta’minlaydi1. Aristotel (mil. avv. 384–322) esa fuqarolik jamiyatini davlatning ajralmas qismi sifatida tushungan. Uning fikricha, inson tabiatan “ijtimoiy mavjudot” (zoon politikon) bo‘lib, u faqat jamiyatda yashab, o‘z tabiati va maqsadlarini ro‘yobga 1 Platon. Davlat. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2004. https://scientific-jl.com/luch/ 2 8 4 Часть-44_ Том-5_ Май-2025 chiqaradi. Aristotel davlat shakllarini tahlil qilib, eng maqbul shakl sifatida “politeya” – ko‘pchilik tomonidan boshqariladigan davlatni tan oladi2. Rim faylasufi Siseron (mil. avv. 106–43) esa "Respublika" asarida jamiyatda qonun va axloqning ustuvorligini asoslab bergan. Unga ko‘ra, “xalq bu – qonun asosida birlashgan odamlar yig‘indisi” bo‘lib, bu fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyiliga aylangan3. Sharq mutafakkirlarining fuqarolik jamiyati haqidagi qarashlari asosan adolat, insonparvarlik, axloq va hokimiyatning xalq oldidagi mas’uliyatiga asoslangan. Konfutsiy (mil. avv. 551–479) o‘zining axloqiy-falsafiy qarashlarida “li” – ya’ni urf-odat va marosimlar orqali ijtimoiy tartibni saqlashga katta ahamiyat bergan. Unga ko‘ra, jamiyat adolatli boshqaruv orqali rivojlanadi, hukmdor esa xalq oldida axloqiy javobgarlikka ega4. Farobiy (870–950) o‘zining "Fozil shahar ahli" asarida davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni ideal holatda tahlil qiladi. Uning fikricha, fozil shahar – bu axloqiy barkamol insonlar boshqaruvida bo‘ladigan jamiyatdir. U fuqarolik jamiyatining rivojini ilm, axloq, hamkorlik va taraqqiyot bilan bog‘lagan5. Ibn Sino ham Farobiy ta’sirida jamiyat va davlat o‘rtasidagi muvozanatga urg‘u bergan. U jamiyatni insoniyat taraqqiyotining negizi deb hisoblagan va insonning baxt-saodati shu jamiyatdagi ahil munosabatlarga bog‘liq deb hisoblagan. 2 Aristotel. Siyosat. Moskva: Nauka, 1983. 3 Siseron. Respublika. Moskva: Nauka, 1995. 4 Konfutsiy. Lun Yuy – Suhbatlar va mulohazalar. Pekin: Sinologiya markazi, 2000. 5 Abu Nasr Farobiy. Fozil shahar ahli haqida. Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1993. https://scientific-jl.com/luch/ 2 8 5 Часть-44_ Том-5_ Май-2025 Al-G‘azoliy (1058–1111) esa hokimiyat va axloqiylikni uyg‘unlashtirish tarafdori bo‘lib, hukmdorning adolatsizligi fuqarolarning isyoniga olib kelishini tan olgan. U jamiyatni axloqiy barkamollik orqali isloh qilish mumkinligini ilgari surgan6. Qadimgi G‘arb mutafakkirlari jamiyatni asosan davlatning ijtimoiy va siyosiy mexanizmlari orqali tartibga solishni taklif etgan bo‘lsa, Sharq allomalari jamiyatni axloqiy-me’yoriy jihatdan boshqarishga urg‘u bergan. G‘arbda fuqarolik jamiyati tushunchasi qonun ustuvorligi va shaxs erkinligi bilan bog‘liq bo‘lsa, Sharqda esa bu tushuncha ma’naviyat, adolat va ijtimoiy birdamlik bilan uyg‘unlashgan. Zamonaviy fuqarolik jamiyati ham aynan mana shu qadimiy qarashlar asosida shakllanmoqda. Bugungi demokratik jamiyatlarda davlat va jamiyat o‘rtasidagi aloqalar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolik faolligi – barchasi qadimgi G‘arb va Sharq donishmandlarining merosiga tayanadi. Qadimgi G‘arb va Sharq mutafakkirlarining fuqarolik jamiyati haqidagi qarashlari har xil tarixiy, madaniy va ijtimoiy sharoitda shakllangan bo‘lsa-da, ular jamiyat barqarorligi va taraqqiyoti uchun muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda bu qarashlar

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируются взгляды мыслителей Древнего Запада (Платон, Аристотель, Цицерон) и Востока (Конфуция, Фарабия, Ибн Сино, Аль-Газали) на гражданское общество.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируются взгляды мыслителей Древнего Запада (Платон, Аристотель, Цицерон) и Востока (Конфуция, Фарабия, Ибн Сино, Аль-Газали) на гражданское общество. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Civil society, ancient thinkers, Plato, Aristotle, Pharisee, axloq, qadimgi mutafakkirlar, davlat va jamiyat, мораль, state and society, Confucius, morality, государство и общество, Platon, Kalit so‘zlar. Fuqarolik jamiyati, Платон, Конфуций, Ключевые слова. Гражданское общество, Farobiy, фарисей, Konfutsiy, Aristotel, Аристотель, freedom., erkinlik., свобода., Keywords. Civil society, античные мыслители
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники