К содержанию
РецензированоUZ2025

O'SIMLIKLAR DUNYOSI VA O'ZBEKISTONDAGI DORIVOR O‘SIMLIKLAR

Sa'dullayeva Aziza · Alimardonova Mo'tabar

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Tabiatning ajralmas qismi bo‘lgan o‘simliklar dunyosi hayotining asosi va inson hayoti uchun muhim omil hisoblanadi. O‘simliklar nafaqat kislorod ishlab chiqaruvchi, balki oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa ko‘plab ehtiyojlarni ta’minlovchi manba sifatida ham ahamiyatlidir. O‘simliklarning hayot tarzi ularning tabiatda tutgan o‘rni, yashash muhiti va moslashuv xususiyatlarini o‘rganishni talab qiladi. Ushbu mavzu o‘simliklar dunyosining xilma-xilligini va ularning ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga yordam beradi. KALIT SO'ZLAR:O‘simlik, fotosintez, atrof-muhit. O‘simliklarning xilma-xilligi va tasnifi O‘simliklar dunyosi juda xilma-xil bo‘lib, ularning hayot tarzi yashash muhiti va biologik xususiyatlariga qarab farqlanadi. Ilmiy jihatdan o‘simliklar quyidagi asosiy bo‘limlarga ajratiladi: 1. Suv o‘simliklari (algalаr): Asosan suv muhitida yashaydi va fotosintez orqali kislorod ishlab chiqaradi. 2. Mushukuzunlar (moxsimоnlar): Nam joylarda o‘suvchi o‘simliklar bo‘lib, tuproqni eroziyadan saqlaydi. https://scientific-jl.com/luch/ 3 5 2 Часть-44_ Том-5_ Май-2025 3. Paporotniksimоnlar: Asosan soyali va nam sharoitlarda yashaydi, antiqa barglari bilan ajralib turadi. 4. Urug‘li o‘simliklar:Ochiq urug‘lilar va yopiq urug‘lilarga bo‘linadi. Masalan, qara qaylar va paxta.Bu o‘simliklarning har biri o‘zining maxsus biologik xususiyatlari bilan boshqa tirik organizmlardan farqlanadi. O‘simliklarning hayot tarzi O‘simliklarning hayot tarzi ularning yashash muhiti, oziqlanish usullari va o‘sish xususiyatlariga bog‘liq. Quyida asosiy jarayonlar yoritilgan: 1. Yashash muhiti: O‘simliklar suvda, quruqlikda va hattoki cho‘llarda yashashi mumkin. Masalan, suv o‘simliklari (algalar), qumli hududda o‘suvchi qora saksovul.Tog‘ hududlarida archa va fista daraxtlari uchraydi, ular sovuq iqlimga moslashgan. 2. Fotosintez: Fotosintez jarayoni o‘simliklar hayotining asosi hisoblanadi. Bu jarayon orqali o‘simliklar quyosh nuri yordamida kislorod va organik moddalar ishlab chiqaradi. Fotosintezning ahamiyati: Atmosferadagi karbonat angidrid gazini kamaytiradi. Hayvon va insonlar uchun oziq manbai bo‘ladi. 3. O‘sish va rivojlanish: O‘simliklar urug‘dan unib chiqish, o‘sish va meva tugish bosqichlaridan o‘tadi. Bu jarayon ularning yashash muhitiga moslashuv darajasini belgilaydi. . O‘simliklarning ekologik va iqtisodiy ahamiyati 1. Ekotizimdagi roli: https://scientific-jl.com/luch/ 3 5 3 Часть-44_ Том-5_ Май-2025 O‘simliklar tabiatning asosiy qismlaridan biri bo‘lib, ular atmosferadagi kislorod balansi, hayvonlarning oziq manbai va tuproqni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. 2. Inson hayotidagi ahamiyati: Oziq-ovqat: O‘simliklar bug‘doy, paxta va mevalar shaklida insoniyatni oziqlantiradi. Sanoat: Yog‘och sanoati, dorivor o‘simliklardan dori-darmon tayyorlashda foydalaniladi. Chiroy: O‘simliklar dekorativ maqsadlarda ishlatiladi (gulzorlar, bog‘lar). 3. Muhofaza qilishning dolzarbligi: O‘simliklarning qirilib ketishi ekologik muvozanatni buzadi. O‘simliklarni muhofaza qilish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: O‘rmonlarni tiklash dasturlari. O‘simliklarni qayta ekish va noyob turlarni himoya qilish. Ekologik qonunchilikni kuchaytirish. O‘simliklar — tabiatning ajralmas qismi, hayotning asosi hisoblanadi. Ular kislorod ishlab chiqarish, oziq-ovqat va dori-darmon manbai sifatida inson va hayvonlar hayotida beqiyos ahamiyatga ega. Tabiatda o‘simliklar biosferaning muvozanatini ta'minlaydi, tuproqni mustahkamlaydi, iqlimga ta’sir ko‘rsatadi va hayotning uzviy bo‘g‘ini hisoblanadi. Ularning xilma-xilligi, yashash muhiti va moslashuv xususiyatlarini o‘rganish orqali inson ekologik muvozanatni yaxshiroq anglaydi va muhofaza qilish zarurligini tushunadi. Aholi salomatligini saqlash va daromadlarini oshirishda dorivor o‘simliklar yetishtirishning yutuqlari va istiqbollari https://scientific-jl.com/luch/ 3 5 4 Часть-44_ Том-5_ Май-2025 Bugungi kunda dorivor o‘simliklarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda, butun dunyo pandemiyasida insonlar sog‘lig‘iga alohida eʼtibor berishi, salomatlik sirlaridan xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko‘rishi, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o‘simliklarga bo‘lgan talabning keskin ortishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, 2020-yilda dunyo mamlakatlarida dorivor o‘simliklar asosidagi vositalar aylanmasi 100,9 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, yillik o‘sish 7,2 % dan iborat bo‘lgan. O‘zbekiston tabiiy va geografik jihatdan dorivor o‘simliklarga boy hudud hisoblanib, respublikada tabiiy holda mavjud 4500 turga yaqin yuksak o‘simliklarning 1200 ga yaqini dorivorlik xususiyatiga ega. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-

Доказательный фрагмент

«Tabiatning ajralmas qismi bo‘lgan o‘simliklar dunyosi hayotining asosi va inson hayoti uchun muhim omil hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tabiatning ajralmas qismi bo‘lgan o‘simliklar dunyosi hayotining asosi va inson hayoti uchun muhim omil hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
O‘simlik, fotosintez, atrof-muhit, KALIT SO'ZLAR:O‘simlik, atrof-muhit.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники