К содержанию
РецензированоUZ2025

ZAMONAVIY DRAMATURGIYANING O’ZBEK ADABIYOTIDAGI O‘RNI

NEW RENAISSANCE · N. Eshmirzayeva

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

In the present era, rapid development is taking place in all fields, in particular, the role of Uzbek drama in literature is unparalleled. This article discusses the stage of drama from its initial emergence to modern literature. Key words: "Father-killer", drama, Istanbul tragedy, comedy, "Andishali kelinchak". Dramatik tur o‘zbek adabiyotiga kirib kelganiga bir asr bo‘ldi. Ilk dramatik asar sifatida tan olingan Behbudiyning “Padarkush” asari 1911-yilda yozilgandi. Yuz yillik tarix va tajribaga ega boMgan bu o‘zbek dramaturgiyasi o‘tgan asrning boshi va ikkinchi jahon urushi davrini hisobga olmaganda har doim ham boshqa adabiy turlardan sustroq rivojlangan. Bu susayish ayniqsa, o‘tgan asrning “turg‘unlik davri” deb atalgan 70-80- va mustaqillikning dastlabki yillarida aniq sezildi. Bunday sustkashlikning muayyan obyektiv va subyektiv sabablari ham bor. Avvalo, shuni achinish bilan ta’kidlash o‘rinliki, adabiyotimizda faqat dramaturgiya bilan 92 shug‘ullanadigan maxsus ijodkorlar juda kam. Borlari ham tezda shuhrat topib, kashfiyot darajasidagi sahna asarlari yaratib, teatrlaming doimiy hamkoriga aylanib ketavermaydilar. Ikkinchidan, mabodo, shunday talantli drama yaratilib, sahnalashtirilsa ham unga tomoshabinni jalb etish muammosi tug‘iladi. Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti tufayli dramaturg o‘z asari bilan boyib ketayotgani yo‘q. Shunga qaramay, so‘nggi 20 yil ichida drama yaratilmay ham qolmadi, sahna bo‘shab ham qolmadi, ozmi-ko‘pmi tomoshabin ham teatrga kirib turdi. Eng muhimi, so‘nggi yillar dramaturgiyasi shakl va mazmun tomonidan yangilandi, janr imkoniyatlari kengaydi. San’atkorlar jahon dramaturgiyasining barhayot tajribalaridan unumli foydalana boshladilar. Bu yillar an’anaga ko‘ra ko‘plab she’riy dramalar dunyoga keldi. E.Vohidovning “Istambul fojiasi”, A.Oripovning “Sohibqiron”, U.Qo‘chqoming “Rasululloh kotibi”, R.Bobojonning “Yusuf va Zulayho” kabi asarlari ana shu usulda bitilgan. Dramaturgiyaning rivojlanishi va yangilanishi mavzu ko‘lamining kengayishida yaqqol ko‘rindi. Bu borada 349 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 ayniqsa, tarixiy mavzudagi sahna asarlaming ko‘payganligini alohida ta’kidlash lozim. Tarixga munosabatning o‘zgarganligi, buyuk ajdodlarimizning badiiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosini qadrlash, tarixiy manbalami o‘rganish tufayli xalqimiz o‘zligini anglash jarayonini boshidan kechirdi. Ayniqsa, Amir Temur, Ahmad aI-Farg‘oniy, Mashrab singari murakkab tarixiy shaxslar haqida rang-barang janrlarda turli shakldagi sahna asarlari dunyoga keldi. Bular orasida 0 ‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Fotihi Muzaffar yoxud bir parivash qissasi” nomli tarixiy dramasi muhim o‘rin tutadi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, O.Yoqubov dramaturgiya borasida xiyla tajribali adib. 60-yillardayoq “Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim”, “Yurak yonmog‘i kerak”, “Chin muhabbat”, “Olma gullaganda”, “Bir koshona sirlari” deb atalgan dramalari bilan shuhrat qozongan edi. Mana shu tajriba va mahorat san’atkoming so‘nggi dramasida o‘zining yaxshi samarasini bergan. 93 Avvalo, shuni aytish kerakki, tarixiy mavzudagi ushbu drama sohibqiron Amir Temurga bag‘ishlangan. Muallif ulug‘ Amir hayotiga oid tarixiy faktdan unumli foydalanib, badiiy to‘qimaga asoslangan jiddiy tarbiyaviy sahna asari yarata olgan. Drama markazida sarlavhada urg‘u berilganldek, “Fotihi Muzaffar” - Sohibqiron Amir Temur bilan uning “eng so‘nggi va eng suyukli rafiqasi” Suluvko‘z ismli ayol turadi. Tarixdan ma’lumki, Amir Temur o‘z nikohiga olgan ayollar orasida eng go‘zali, eng mashhuri, eng oqilasi, eng vafodori, eng suyuklisi, maslahatgo‘yi, eng ishongani Chig‘atoy ulusiga mansub mo‘g‘ul xonlaridan biri Qozonxonning qizi Saroymulkxonim (uni saroyda Bibixonim deb atashgan) bo‘lgan. Bu ayol avval Amir Husaynning xotini bo‘lgan. Uni yengib, qatl etgan Sohibqiron malikalar orasidan Saroymulkxonimni tanlab oladi. Ayol xon avlodiga mansub boMganligidan aqli-farosati, didining yuksakligi, irodaligi, saroy muhiti va idora usullarini yaxshi bilganligi, fikrlash doirasining kengligi, tadbirkorligi bilan boshqa malikalardan ajralib turgan. Bundan tashqari Saroymulkxonim husn-latofatda, nazokatda, erga nisbatan xotinlik munosabatida, xulq- atvorida benazir bo‘lib, tez orada Amir Temuming muhabbatini qozonadi. Saroymulkxonim ayni chog‘da mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotidan yaxshi xabardor bo‘lgan, Vatanim jon-dilidan sevgan, adolat uchun kurashgan xalqining farovon, yurtining obod bo‘lishini orzu qilgan. Bu fazilatlari Amir Temuming niyatlari bilan mos kelganligidan Sohibqiron malikaga boshqaruvning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotiga oid masalalami hal etishda faol qatnashuviga izn bergan, uning dono maslahatlaridan foydalangan. Harbiy yurishlarida ham har doim uning yonida bo‘lgan. Amir Temur o‘z nikohiga olganida Saroymulk 29 yoshda edi. Ular bir-biriga cheksiz muhabbat bilan 35 yil yashadilar. Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, Ami

Доказательный фрагмент

«In the present era, rapid development is taking place in all fields, in particular, the role of Uzbek drama in literature is unparalleled.»

Образец извлечения

Демо-превью

In the present era, rapid development is taking place in all fields, in particular, the role of Uzbek drama in literature is unparalleled. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"Father-killer", drama, Istanbul tragedy, comedy, "Andishali kelinchak", “Padarkush”, komediya, “Andishali kelinchak”., Istambul fojiasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники