К содержанию
РецензированоUZ2026

MILLIYLIKNING ZAMONAVIY DUNYODA QAYTA TALQINI

Saidova Ziyoda Mirvosilovna

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar bilan bir qatorda milliy liboslarimizni targ‘ib-tashviq qilish, milliylik va zamonaviylikning uyg‘unligi masalasi o‘rganilgan. Liboslarni yaratishda ipak, so‘zana, atlas, adras kabi matolarni zamonaviy dizaynga moslab takomillashtirishga e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: Milliylik, zamonaviylik, liboslar, ipak, so‘zana, atlas, adras, mato, uslub, urf, kiyofa,millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor. Аннотaция В данной статье исследуется вопрос о национальных ценностях и популяризации наших национальных костюмов, гармонии национализма и современности в годы независимости. При создании платьев уделяется внимание совершенствованию таких тканей, как шелк, сюзане, атлас, адрас в соответствии с современным дизайном. Annotation This article explores the issue of national values and the popularization of our national costumes, the harmony of nationalism and modernity in the years of independence. When creating dresses, attention is paid to the improvement of such fabrics as silk, suzani, satin, adras in accordance with modern design. Key words: Nationality, modernity, clothes, silk, sozana, satin, address, fabric, style, tradition, dress, image of the nation, national pride. Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarimiz bilan bir qatorda milliy liboslarimizni targ‘ib-tashviq qilishda salmoqli tajribalar to‘plandi. Ayni paytda, erishilgan yutuklarni mustahkamlab, jamiyatimizda milliylik va zamonaviylik uyg‘un liboslarni yaratish, samaradorligini oshirish, xususan, bunda milliylik aks etgan ipak, so‘zana, atlas, adras kabi matolarni zamonaviy dizaynga moslab differensiyalashtirish, ya’ni fasllar va joylardagi o‘ziga xosliklarni uyg‘unlashtirish, tizimda milliy liboslarni yangi dasturlarini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo qilmoqda. Biz mazkur mavzuni ayni shu bugungi kun talabi, ehtiyojidan kelib chiqib tanladik. Libos, uslub, urf haqida so‘z ketganida Amerikalik modeler, “business women” Donna Karanning “Mening ishim – qulaylik va hasham, foyda hamda istakni uyg‘unlashtirish”, – degan fikri yodimga tushadi [1,17-b]. Muhimi ham shu! Har bir millat va elat o‘z milliy liboslari bilan ko‘rkam 18 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference ko‘rinadi va g‘ururlanadi. Milliylik va zamonaviylik o‘rtasidagi oltin oraliqni topish va uning asosida xalqimizga mos yangi libos andozalarini yaratish — asosiy maqsadimiz. Kiyinish uslubimiz nafaqat bizning dunyoqarashimiz va jamiyatdagi tutgan o‘rnimiz, balki dunyo ko‘z o‘ngida o‘zbek modasi degan mezonni o‘rnatishimiz uchun ham alohida e’tibor talab etadi. Insonning yoshi, ijtimoiy maqomi va muloqot vaziyatiga mos bo‘lgan libos unga go‘zal qiyofa, ishchan kayfiyat berishi, shubhasiz. Bu jihatdan biz tanlagan mavzu bizni milliy tariximiz, ayollar kiyinish madaniyatining o‘ziga xos qirralarini chuqur o‘rganishni talab etadi. Ko‘pchilikdan shu savolni eshityapmiz: chindan ham, nega milliy liboslarimizni kundalik faoliyatimizda kiya olmaymiz? Balki ob-havoga mutanosib liboslarni tanlash kerakdir yoki doimiy kiyish uchun chidamli va qulay mato zarurdir? Milliy liboslarimizni faqat bayramlarda, to‘y-shodiyonalarda, ko‘rgazmalarda, kelin-kuyov bo‘lganda kiyish odat bo‘lgan. Kundalik faoliyatimizda esa milliy liboslarni deyarli kiymaymiz. Zamonaviy liboslar esa bugungi yoshlar talabiga javob berishi zarur. Aks holda, yangi brendlarga talab yuqori bo‘lmaydi. Xo‘sh bizning milliy liboslarimiz qay darajada zamonga moslasha olyapti? Masalan, hindistonliklar o‘z milliy liboslarini hamisha kiyib yuradilar. Deyarli barcha filmlarida zamonaviy liboslar bilan bir qatorda albatta milliy liboslarni ham ko‘ramiz. Bu mamlakatda sariyning urfdan qolmaydi va hind xalqi uni egnidan tushirmaydi. Ularning liboslarida innovatsion yondashuvni deyarli sezmaysiz. Shunga qaramay, necha asrlardan buyon o‘zgarmagan milliy liboslarini kiyib yurishlariga sabab ularning milliy qadriyatlari, liboslari, manfaatlariga bo‘lgan sadoqatidir. Darhaqiqat, ularning milliy liboslari Hindistondagi iqlim sharoitiga moslashganligi bilan ahamiyatlidir. Milliy liboslarga sadoqat ko‘rsatishni hind xalqidan o‘rganishimiz kerakdir! Ma’lumki, yer sharida tabiiy jarayonlarning tez- tez o‘zgarib turishi liboslarga ehtiyoj tug‘dirgan. Miloddan avvalgi V ming yilliklargacha bo‘lgan davrda kiyimlar uchun hayvonlar terisi, daraxt po‘stlog‘i, o‘simliklar tolasidan foydalanilgan [2]. U davrlarda kiyilgan kiyimlarning asosiy vazifasi kishi tanasini sovuq yoki issiqdan himoya qilish bo‘lgan. Shu tarzda mato liboslarning himoya va ijtimoiy vazifasi kengayib, o‘zgarib borgan. Dastavval, kiyimlarning asosiy vazifasi kishi tanasini sovuq yoki issiqdan himoya qilish bo‘lgan bo‘lsa, bugun uning ahamiyati odamlarni ko‘rkam va chiroyli ko‘rinishini ta’minlashdagina ko‘rinmoqda. 19 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Yashirmaylik, bugungi davrda ust-b

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar bilan bir qatorda milliy liboslarimizni targ‘ib-tashviq qilish, milliylik va zamonaviylikning uyg‘unligi masalasi o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar bilan bir qatorda milliy liboslarimizni targ‘ib-tashviq qilish, milliylik va zamonaviylikning uyg‘unligi masalasi o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Nationality, modernity, clothes, silk, sozana, satin, address, so‘zana, atlas, zamonaviylik, uslub, kiyofa, mato, inson ko‘rki, adras, liboslar, urf, Milliylik, ipak, millat qiyofasi, milliy iftixor.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники