Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA QAHHOR ASARLARIDA QO‘LLANGAN FRAZEMALAR XUSUSIDA
G. Rozikova (FarDU professori, filologiya fanlari doktori) · D. Abdullayeva (FarDU talabasi)
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada metafora yo‘li bilan ko‘chirish frazeologik birliklarning shakllanishi va taraqqiyotida muhim vosita sifatida o‘rganiladi. Jumladan, Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” asari asosida frazeologik birliklarning semantik taraqqiyoti, ma’nodosh, omonim frazeologizmlar hamda obrazli ifodalar misolida tahlil qilinadi. Frazeologizmlarning lug‘aviy so‘zlar bilan sinonimik, ayrim hollarda esa omonimik munosabat hosil qilishi, shuningdek, ular orqali personajlarning xarakteri, ruhiy holati va munosabati ifodalanganligi ko‘rsatib beriladi. Annotation In this article, metaphorically transposition is studied as an important tool in the formation and development of phraseological units. In particular, on the basis of the work “O‘tmishdan ertaklar” by Abdulla Kahhor, the semantic development of phraseological units is analyzed on the example of synonymic, homonymous phraseologisms and figurative expressions. It is shown that phraseologisms form a synonymic and in some cases an homonymic relationship with vocabulary, as well as through them the character, mental state and attitude of the characters are expressed. Kalit so‘zlar: Frazeologizm, metafora, semantik taraqqiyot, ko‘chma ma’no, sinonim frazeologizmlar, omonim frazeologizmlar, obrazlilik, personaj tahlili. Key words Phraseologism, metaphor, semantic progress, figurative meaning, synonym phraseologisms, homonym phraseologisms, figurativeness, character analysis. Metafora yo‘li bilan ko‘chirish leksik ma’no taraqqiyotida ham, frazeologik ma’noning shakllanishi taraqqiyotida ham eng mahsuldor usul hisoblanadi. Boshini yemoq frazeologizmining ma’nosi yemoq so‘zining ko‘chma ma’nosi asosida hosil bo‘lgan. Og‘zi qulog‘ida frazeologizmining ma’nosi esa butun birikmani obrazli tarzda ko‘chma ma’noda qo‘llash asosida hosil bo‘lgan. Xuddi shunday pand yemoq frazeologizmining ma’nosi tarkibidagi yemoq so‘zining ko‘chma ma’noda qo‘llanishi natijasida yuzaga kelgan: 23 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Pulni oldingiz, usta, bo pand yemang (“O‘tmishdan ertaklar”). Abdulla Qahhor asarlarida ham bunday iboralar ko‘plab uchraydi. Masalan: Usta Homidjon shu odamning qo‘yniga qo‘l solib ko‘ribdi. (“O‘tmishdan ertaklar”) Ba’zi so‘z birikmalari biron harakat-hodisaning sababi, natijasi sifatidagi harakat-hodisani bildiradi. Keyinchalik bunday harakat-hodisaga sabab bo‘luvchi harakat-hodisani bildiruvchi so‘z yoki so‘z birikmasi qo‘llanmaydigan bo‘lishi mumkin. Uning ma’nosi esa sababdan kelib chiqadigan harakat-hodisani bildiruvchi so‘z birikmasidan anglashiladigan bo‘ladi. Natijada bu so‘z birikmasi frazeologizmga aylanadi. Bunday frazeologizmlarning ma’nosini tarkibidagi so‘zlar ma’nosidan keltirib chiqarib bo‘lmaydi. Turobjonning tepa sochi tikka bo‘ldi (“Anor”); Dadam ketmonni tez va yaxshi peshlashi ustiga xat bilishi, nazarimda bozorboshidagi usta Turdialining nonini yarimta qilib qo‘ydi: peshlangan ketmon bir-biridan farq qilmasa ham dehqon o‘z ketmonini olgisi kelar (“O‘tmishdan ertaklar”). Sochning tik bo‘lishi birdan va nihoyatda g‘azablanishda, nonning yarimta bo‘lishi topiladigan daromadning bo‘linishi natijasida bo‘ladigan harakatlar. Sabab (asos) bo‘luvchi harakatni bildiradigan g‘azablanmoq, daromadi bo‘linmoq ifodalari qo‘llanmay, ularga xos ma’no tepa sochi tikka bo‘ldi, nonini yarimta qilib qo‘ydi birikmalari orqali ifodalanavergan va oqibat bu birikmalar shu ma’nolarni ifodalovchi frazeologizmlarga aylangan. Egamberdiboy zamon nima bo‘lishini bilmay har yili qarz, bo‘nakka beradigan pulini tishining kovagiga tiqib qo‘ydi, birovga bir miri bermaydi (“O‘tmishdan ertaklar”). Keltirilgan gapda qo‘llangan tishining kovagiga tiqib qo‘ymoq iborasida “yashirmoq” semasi mavjud. Ma’nodoshlik hodisasi frazeologiya uchun ham xarakterli. Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” asaridan olingan sir bermay hamda isini chiqarmay iboralari bir-biriga o‘zaro sinonim bo‘lib, “bildirmasdan” degan ma’noni ifoda etadi: Dadam ikkovi hamon og‘ir yotgan amakimga sir bermay, ko‘chaga chiqadi, uyga kiradi, shivirlashadi (“O‘tmishdan ertaklar”). Oldini olaman deb, isini chiqarib qo‘ymanglar, xudo xohlasa, bu gap mahalladan tashqariga chiqmaydi, mahallada o‘g‘limning dushmani yo‘q (“O‘tmishdan ertaklar”). Lug‘aviy birlik sifatida frazeologizmlar so‘zlar bilan ham sinonimik munosabatda bo‘la oladi. Quloq solmoq iborasi eshitmoq so‘zi bilan 24 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference sinonimik munosabat hosil qiladi. Quyidagi misolda bu iboraning bo‘lishsiz shakli qo‘llangan: G‘afforjon ko‘pincha erkalik, tantiqlik qilib bu gaplarga chandon quloq solmasdi, lekin men quloq solmagani kampirdan hayiqardim (“O‘tmishdan ertaklar”). Bir xil komponent (so‘z)lardan tuzilgan frzaeologizmlar o‘zaro bog‘lanmagan (tamoman boshqa-boshqa) ma’no ifodalashi mumkin. Bu hodisa frazeologik omonimiyadir. Boshiga ko‘tarmoq iborasi e’zozlamoq, hurmat qilmoq ma’nosini
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada metafora yo‘li bilan ko‘chirish frazeologik birliklarning shakllanishi va taraqqiyotida muhim vosita sifatida o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada metafora yo‘li bilan ko‘chirish frazeologik birliklarning shakllanishi va taraqqiyotida muhim vosita sifatida o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Phraseologism, metaphor, semantic progress, figurative meaning, synonym, personaj tahlili., ko‘chma ma’no, Frazeologizm, metafora, obrazlilik, sinonim frazeologizmlar, semantik taraqqiyot, omonim frazeologizmlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025