Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI YO‘NALISHI SIFATIDA TURIZMNI RIVOJLANISHI
TURIZMNI RIVOJLANISHI · Choriyeva Nargiza Ibotovna · Polvanov Azim Kuchkarovich · Key words: New Uzbekistan (Toshkent Texnologiya, Menejment va kommunikatsiya instituti) · Domestic Tourism (Toshkent Texnologiya, Menejment va kommunikatsiya instituti)
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
В данной статье описывается развитие туристической отрасли в Узбекистане. проанализированы тенденции развития, Историко-культурное наследие страны, природные ресурсы и возможности современной инфраструктуры были названы основными факторами, определяющими потенциал туристской отрасли. В статье резюмируется экономическое, социальное и культурное значение туризма, а также перспективные направления развития отрасли. Ключевые слова: Новый Узбекистан, туризм, внутренний туризм, международный туризм, исторические памятники, туристическая инфраструктура, культурное наследие, Hozirgi kunda dunyo iqtisodiyotida xizmatlar sohasining ulushi ortib borayotgan bir vaqtda, turizm sohasi ham jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan 54 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference biri sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu holat O‘zbekiston uchun ham xos bo‘lib, mamlakatimizda turizm iqtisodiyotning strategik yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Insonlar bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish, dam olish, sog‘ligini tiklash, boshqa xalqlar madaniyati, urf-odatlari bilan tanishish ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Shu bois, turizm faqat iqtisodiy foyda keltiruvchi soha emas, balki xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlovchi omil ham hisoblanadi. O‘zbekiston o‘zining boy tarixiy merosi, noyob me’moriy yodgorliklari, go‘zal tabiati va mehmondo‘st xalqi bilan turizm sohasida katta salohiyatga ega. So‘nggi yillarda ushbu sohaga davlat darajasida e’tibor kuchaytirilib, muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda butun dunyoda, jumladan O’zbekistonda ham iqtisodiyotining noishlab chiqarish sohalaridan biri xususan turizm soxasiga katta e’tibor kuchayib bormoqda. Insonlar borgan sari o’zlarining bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazishga, dam olishga, sog’ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf odatlarini, qadriyatlarini bilishga intilmoqda. Bundan tashqari, insoniyat har doim o’zining harakat doirasini o’zgartirib, yangi yerlarni kashf qilishga intilgan. XX asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga katta turtki bo’ldi.[1.1003] Bizning mamlakatimiz esa ana shunday oʻzining boy tarixiy-madaniy merosi, noyob moddiy va nomoddiy madaniy qadriyatlari, meʼmoriy obidalari bilan jahonda alohida mavqega ega. Oʻzbekistonda turizm sohasi rivojlanishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. Ushbu soha yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi farovonligini oshirish, valyuta va soliq tushumlari koʻpayishida muhim ahamiyatga ega.[B.102] O‘zbekistonda turizm sohasiga e’tibor, bu industriyag ajratilayotgan investitsiyalar ajratish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, turizmni har tomonlama rivojlantirish amalga oshirilayotgan islohotlarda namoyon bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida fuqarolarimizda sayyohlik imkoniyatini oshirish, turistik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Zero yurtimizda qadimdan boshlab o‘zga hududlarga tijorat, ziyorat, harbiy va boshqa maqsadlarda safar qilish holatlari faol kuzatilgan.[3.101] O'zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishning asosiy vazifalaridan biri xorijiy turistlarni qadimiy tarixga ega bo'lgan Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi shaharlarimizdagi tarixiy obidalar, m e’morchilik, diniy va madaniy yodgorliklar hamda respublikadagi boshqa diqqatga sazovor 55 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference zamonaviy joylar bilan tanishtirish orqali ularga madaniy-ma’rifiy ozuqa berishdir.[4.35] Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri bu Milliy Turizmdir, dedi O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, - O’zbekiston turizm sohasida katta salohiyatga ega davlatdir. Mamlakatimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros ob’ektlari mavjud va ularning aksariyati YuNESKO ro’yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga, mamlakatimizning o’ziga xos tabiati, go’zal dam olish zonalari imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi sayyohlik yo’nalishlarini ochish mumkin. Jahon brendlarining faol ishtiroki bilan ushbu sektorda biz turizm, ekologik ma’rifiy, etnografik, gastronomik, turizm va boshqa sohalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak. Shu munosabat bilan biz davlat va xususiy sheriklik munosabatlarini qo’llash sohani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz kerak. Samarqand, Buxoro, Xorazim, Surxondaryo va Toshkentdagi muqaddas qadamjolarni va yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo’lgan “Kichik haj” dasturini ishlab chiqish va tezlashtirish zarur. Shuningdek, ichki turizm sohasida keng ko’lamli imkoniyatlarni to’liq ishga tushirish zarur.[5] Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. [6] 35-
Доказательный фрагмент
«В данной статье описывается развитие туристической отрасли в Узбекистане.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье описывается развитие туристической отрасли в Узбекистане. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- New Uzbekistan, Tourism, Domestic Tourism, International, turizm, turizm infratuzilmasi, ichki turizm, tarixiy obidalar, xalqaro turizm, madaniy meros
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025