К содержанию
РецензированоUZ2026

“DEVONU LUG‘OTIT TURK” ASARINING NEGIZ DIALEKTI

G. Roziqova (FarDU professori) · M. Ismoiljonova (FarDU talabasi) · U. Mahammadjonova (FarDU talabasi)

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari oddiy lug‘at emas, balki XI asr turkiy tillarining fonetikasi, leksikasi, dialektologiyasi va tarixiy taraqqiyotini chuqur ilmiy asosda aks ettirgan nodir manbadir. Ushbu maqolada asardagi qadimgi turkiy tilning turli dialekt shakllari, semantik farqlari va uslubiy boyligi yoritilgan. Kalit so‘zlar Turkiy tillar, tarixiy dialektologiya, fonetika, leksika, shevalar, z-y o‘zgarishi, qadimgi til, til tarixi, maqollar, poetik misollar, til tadqiqoti. Annotation Mahmud al-Kashgari’s Dīwān Lughāt at-Turk is not merely a dictionary, but a unique and invaluable source that reflects, with deep scholarly insight, the phonetics, lexicon, dialectology, and historical development of Turkic languages in the 11th century. This article explores the various dialectal forms, semantic distinctions, and stylistic richness of the Old Turkic language as presented in the work. Keywords: Turkic languages, historical dialectology, phonetics, lexicon, dialects, z–y shift, ancient language, language history, proverbs, poetic examples, linguistic research. M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari oddiy lug‘at kitobi bo‘lmay, balki o‘sha davrdagi turkiy tillarning holatini belgilash, O‘rta Osiyo xalqlari tillarining, shu jumladan, o‘zbek tilining tashkil topishida asos bo‘lgan qabilalarni aniqlash uchun yordam beruvchi muhim manbadir. M.Koshg‘ariy shunday yozadi: “Men turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘atlarini to‘pladim, turli xil so‘z xususiyatlarini o‘rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim uchun emas, balki bu tillardagi har bir 37 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim. Ularni har tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim”. 1 Muallif “Devonu lug‘otit turk” asarida o‘sha davr tilining fonetikasini, leksikasini, dialektologiyasini juda puxta va to‘la ilmiy asosda izohlab berishga harakat qilgan. Mashhur sharqshunos P. K. Juze Mahmud Koshg‘ariy haqida shunday yozadi: “… Dadil aytish mumkinki, yaqindagina (XIX asr oxirlarida) Rossiyada va Sharqda o‘rganilgan turkiy tillar fonetikasi va etimologiyasining asosiy qonunlari XI asrdayoq Mahmud tomonidan aniqlangan va o‘rganilgan edi. Mahmudning bu tekshirishlari shu qadar keng va chuqurki, hatto bunday asar XIX asrda yozilganda ham unga shon-sharaf bo‘lardi. Mahmud Koshg‘ariyning “Devon”i singari asar fan olamida keyingi asrlarda ham yaratilgan emas. Uning asari bamisoli “Turkiy qomusdir”.2 M.Koshg‘ariy o‘z davrining buyuk dialektshunosi sifatida o‘sha davr qabilalari va ularning tillarini mukammal aniqlab berdi. U qabilalarni tarixiy asosda yoritdi, ayrim shevalargagina xos bo‘lgan til hodisalarini ham o‘z asarida ko‘rsatib berdi. Umuman, bu asarda tarixiy dialektologiyaga tegishli qimmatli materiallar berilgan. Mahmud Koshg‘ariy yag‘mo, tuxsi, qipchoq, yabaqu, qay, jumul va o‘g‘uzlar z ni so‘zda y ga aylantirishlari, hech mahal dz bilan so‘zlamasliklari, ulardan boshqa qabilalar (chigil va boshqa turkiy qabilalar) tilida dz tovushi qo‘llanilishi, yamak, suvor, bulg‘or kabi qabilalar chigil va boshqa turkiy qabilalar dz bilan aytadigan so‘zlarni z tovushi bilan talaffuz qilishlarini aytadi. M.Koshg‘ariy ayig‘ so‘zi o‘g‘uz, qipchoq, yag‘mo tillarida azig‘ tarzida qo‘llanishini, oyoq so‘zi azaq tarzida ham talaffuz etilishini ta’kidlaydi.(I tom,112-bet) Qapug‘ erig azaqin qisdi –Eshik odamning oyog‘ini qisdi (II tom,18- bet). “Devonu lug‘otit turk” asarida shuningdek azg‘ir (ayg‘ir), azrish (ikkiga ayrilgan yo‘lning boshi), azri (ayri; bug‘doy sovurish uchun qo‘llanadigan asbob), azaqlig‘(oyoqli narsa), azig‘lig‘(ayiqli tog‘, ayig‘i ko‘p tog‘) kabi so‘zlar ham izohlangan. “Devon”da ezgu so‘zi “yaxshi, chiroyli narsa” deb izohlanadi va quyidagi misol keltiriladi: Qo‘shni-qo‘num ag‘ishqa, Qilg‘il angar ag‘irliq, Artut alib anung‘il . 38 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Ezgu tavar og‘urluq Qo‘ni-qo‘shnilaringga yaxshilik qil, ularni hurmatla.Ulardan biror sovg‘a olsang, undan yaxshiroq mukofot hozirla (I tom, 138-bet). Lug‘atda ezirdi (ayirdi) so‘zi ham izohlanadi va bu so‘z qo‘llangan maqol keltiriladi: Etli tirnaqli ezirmas.Qadimgi turkiy tilda …li …li qo‘shimchasi hozirgi - u, va bog‘lovchilari o‘rnida ishlatilganini hisobga olsak, maqolning ma’nosi shunday izohlanadi: Et va tirnoq ayrilmas. “Devonu lug‘otit turk” asarida azildi so‘zi ham berilgan bo‘lib, bu so‘zning ma’nosi hushyorlandi deya izohlanadi: esro‘k azildi – hushidan ketgan mast o‘ziga keldi.Navoiy asarlarida bu so‘z ayilmoq tarzida berilgan. Navoiy Sulton Husayn Boyqaroning oylab-yillab, kecha-kunduz mastligidan qattiq g‘azablanib, shohni hushyorlikka undab yozadi: Necha bu xil mastlig‘ing oyu yil, Oy ila yil mastlig‘ingdin ayil. Qachongacha bunday mastlikda vaqt o‘tkazasan, mastlikd

Доказательный фрагмент

«Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari oddiy lug‘at emas, balki XI asr turkiy tillarining fonetikasi, leksikasi, dialektologiyasi va tarixiy taraqqiyotini chuqur ilmiy asosda aks ettirgan nodir manbadir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari oddiy lug‘at emas, balki XI asr turkiy tillarining fonetikasi, leksikasi, dialektologiyasi va tarixiy taraqqiyotini chuqur ilmiy asosda aks ettirgan nodir manbadir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Turkic languages, historical dialectology, phonetics, lexicon, dialects, z–y shift, fonetika, poetik misollar, til tadqiqoti., til tarixi, maqollar, z-y o‘zgarishi, shevalar, qadimgi til, leksika, tarixiy dialektologiya, Turkiy tillar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники