К содержанию
РецензированоUZ1963

TEMURIYLAR DAVRIGA OID ARXEOLOGIK TATQIQOTLARDA HAYVONOT DUNYOSI

HAYVONOT DUNYOSI · Kenjayev Sardor Nurmurod o‘g‘li · Xolmirzayev Abror Hasan o‘g‘li

Развитие педагогических технологий в современных науках · 1963

Аннотация

Temuriylar davriga oid arxeologik tadqiqotlar asosida hayvonot dunyosining o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Tadqiqotlar davomida tasviriy san’at namunalaridagi hayvon obrazlari, shuningdek, tangalar va keramikalardagi zoomorf naqshlar orqali bu davrdagi chorvachilik, transport vositalari sifatida foydalanilgan hayvonlar va ularning diniy-ramziy ma’nolari o‘rganiladi. Hayvonot dunyosining iqtisodiy, madaniy va estetik jihatlardagi ifodasi orqali Temuriylar zamonasining ekologik holati va ijtimoiy hayoti haqida ilmiy xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar: Temuriylar davri, Shohi Zinda majmuasi, E. Retveladze, Samarqand, Xitoy. Temuriylar davri (XIV–XV asrlar) Markaziy Osiyo tarixida madaniy, iqtisodiy va siyosiy yuksalish davridir. Bu davr arxeologik tadqiqotlar orqali chuqur o‘rganilib, uning hayvonot olamiga oid jihatlari ham ilmiy nuqtai nazardan ahamiyat kasb etadi. Arxeologik qazilmalarda topilgan hayvonlarning devoriy rasmlar, naqshlar va tangalardagi tasvirlar o‘sha davrdagi hayvonot dunyosi tarkibi va inson-hayvon munosabatini yoritishda muhim manba hisoblanadi. Samarqand, Hirot va boshqa shaharlardagi arxitektura obidalarida hayvon tasvirlari ko‘plab uchraydi. Ayniqsa, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi bezaklarida sher, qushlar, va ba’zan mitti hayvonlar tasvirlangan[1;76]. Bu san’at asarlari hayvonlarga bo‘lgan, estetik va diniy munosabatni o‘zida ko‘rsatadi. Asosiy qism. 1963 yilda, M.Ye.Masson tomonidan Kesh (Qashqadaryo) arxeologiya-topografiya ekspeditsiyasi tuzilgach, boshlandi. Shu ekspeditsiya yo‘li bilan Z.Usmonova tomonidan 1963-1965 yillarda o‘rta asrlar Shahrisabzi qal’a devorlari, shaharning Amir Temur va Temuriylar davridagi tarixiy topografiyasi masalalari o‘rganildi. Shuningdek, Kitob hududidagi antik shahar qazishmalari materiallari ham tadqiq etildi[3;215]. 1996 yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan O‘zR FA Arxeologiya instituti xodimlari Shaxrisabz shahrining markaziy maydonida arxeologik qazishma ishlari olib bordilar. Qazishma maydonining hajmi 40x20 m.ni tashkil etadi. Qazishma maydonida turli o‘lchamlarga ega bo‘lgan pishiq g‘ishtlardan bunyod 45 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference etilgan poydevorlar qoldiqlari topildi. Ushbu poydevorlarning umumiy joylashuvi bu yerdan ko‘cha o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Uning uzunligi 30 metrdan ortiqroq. Uning atrofida, ko‘chaning ikki tarafida uy-joylar qoldiqlari mavjud bo‘lgan[4;27]. Taniqli arxeolog olim E. Retveladze o‘zining “Buyuk ipak yo‘li ensiklopedik malumotnoma”sida O‘rta Osiyodan Xitoyga olib ketilgan itlar, qoplon, gepart kabi yovvoyi mushuksimonlardan asosan ovda foydalanilganligi bilan bog‘liq fikr mulohazalari yuqorida keltirib o‘tilgan E.SHefer fikrlarini takrorlaydi. O‘rta Osiyoning yirtqich mushuksimonlari haqida, shuningdek ularni Xitoyga olib ketilishi haqida, buyuk ipak yo‘li eng taraqqiy etgan. davrlardan biri, Amir Temur va temuriylar davrida ham kuchayganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar tarixiy adabiyotlarda ko‘plab uchraydi. Ushbu davrga oid Xitoy tarixiy adabiyotlarida, 1409 yildan boshlab temuriylar davlati hududidan har yili, yoki ikki yilda bir, gohida yilida uchr bora elchilar min imperatori saroyiga kelishlari va olib kelgan tuhfalari evaziga sovg‘alar talab qilishlari bilan bog‘liq fikr-mulohazalar mavjud[2;34]. Xulosa: Temuriylar davriga oid arxeologik materiallar hayvonot dunyosining inson hayotida muhim o‘rin tutganini ko‘rsatadi. San’at asarlarida hayvonlar obrazining ishlatilishi bu davrda ularning estetik va ramziy ahamiyatga ega bo‘lganini ko‘rsatadi. Ushbu topilmalar Temuriylar zamonasining tabiat bilan uyg‘un hayot tarzini va ularning madaniy dunyoqarashida hayvonot olami tutgan o‘rinni chuqur ochib beradi. Bu esa, bugungi arxeologik va tarixiy izlanishlar uchun muhim ilmiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Амир Темур жахон тарихида / Масъул мухаррир: Ҳ-Кароматов. Муаллифлар жамоаси: С.Саидқосимов (рахбар), А.Аҳмедов, Б.Аҳмедов ва бошқалар. Тулдирилган ва кайта ишланган иккинчи нашри. — Т.: Шарк, 2001. – 196 б. 2. Kenjayev Sardor Nurmurod o‘g‘li, Rahmatov Murodjon Azam o‘g‘li. / [Matn]: risola / -Buxoro : “BUXORO DETERMINANTI”MCHJning Kamolot nashriyoti, 2023. - 60 b. 3. Усманова З.И. Археологическое изучение Шахрисабза // Средневековая городская культура Казахстана и Средней Азии. (Материалы Всесоюзного совещания 13-15 мая 1981 г.). Алма-Ата, 1983. C. 208-215. 4. Пачос М.К. Из раскопок на Афрасиабе // Из истории культуры народов Узбекистана. Ташкент, 1965. С-27. 46

Доказательный фрагмент

«Temuriylar davriga oid arxeologik tadqiqotlar asosida hayvonot dunyosining o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Temuriylar davriga oid arxeologik tadqiqotlar asosida hayvonot dunyosining o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
E. Retveladze, Samarqand, Temuriylar davri, Xitoy., Shohi Zinda majmuasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники