К содержанию
РецензированоUZ1921

SSSR BILAN ADR O‘RTASIDA DO‘STLIK, YAXSHI QO‘SHNICHILIK VA HAMKORLIK MUNOSABATLARIDA DASTLABKI, BOSQICH NATIJA VA SABOQLAR

NATIJA VA SABOQLAR · Kenjayev Sardor Nurmurod o‘g‘li · Jo‘rayev Ilhom Abdisattorovich · Kalit so‘zlar: Afg‘oniston (Buxoro davlat pedagogika instituti tarix fanlari) · Kobul, «Mikrorayon» (Buxoro davlat pedagogika instituti tarix fanlari) · Babrak Karmal (Buxoro davlat pedagogika instituti tarix fanlari)

Развитие и инновации в науке · 1921

Аннотация

SSSR bilan ADR o‘rtasida XX asrning birinchi choragida shakllangan do‘stona, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlarining dastlabki bosqichi tahlil qilinadi. Tadqiqotda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning shakllanishiga alohida urg‘u beriladi. Kalit so‘zlar: Afg‘oniston, Moskva, Kobul, «Mikrorayon», Babrak Karmal, «Texnoeksportstroy». XX asrda Kobulda Sovet-Afg‘oniston iqtisodiy hamkorligining yangi obyektini ochishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi. Qattiq foydali qazilmalarni analiz qiluvchi kompleks laboratoriya ish boshladi. ADR geologiyasi va konruda sanoatini rivojlantirish uchun bu laboratoriya juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu obyekt mamlakatlarimizning teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosiga qurilib kelgan va qurilayotgan samarali aloqalarining so‘nggi namunalaridan biridir. RSFSR bilan Afg‘oniston o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida 1921-yil 28-fevral kuni Moskvada tuzilgan shartnoma shu aloqalarga asos edi. Bu shartnoma solgan sovetlar mamlakatining lenincha tinchliksevar tashqi siyosati prinsiplari bamisoli ko‘zgudek aniq ifodalangan edi. Shundan keyin ikkala dav-lat bir qancha hukumatlar-aro hujjatlarni imzoladi. Ular orasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi 1978 yil 5 dekabr shartnomasi o‘rin oladi. Alohida Afg‘oniston Xalq Demokratik partiyasining Bosh sekretari Babrak Karmal o‘z nutqlaridan birida bu shartnomani ikki tomonlama aloqalar tarixidagi muhim voqea, deb atadi. Bu shartnoma Vatanimning ozodligi va mustaqilligini yanada ko‘proq mustahkamladi dedi[2; 1-2]. Asosiy qism. Afg‘onistonning iqtisodiy xaritasiga bir nazar tashlagandayoq Sovet-Afg‘oniston hamkorligining samaralarini yaqqol ko‘rish mumkin. Xaritada Ittifoqi ishtirokida Sovet qurib bitkazilgan yoki qurilayotgan obyektlarning belgilari to‘lib-toshib yotibdi. Hammasi bo‘lib ikki yuztaga yaqin shunday obyekt bor. Jangalak avtoremont zavodi bu obyektlarning to‘ng‘ichi hisoblanadi. Kobul uysozlik kombinati uy-joy qurilishi sohasidagi Sovet-Afg‘oniston hamkorli-gining yaqqol misolidir. Yaqinda u o‘zining yigirma yilligini nishonladi. 55 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference Shu korxonaning kuchi bilan Afg‘oniston poytaxtida hozircha 400 ming kvadrat metrdan or-tiq uy-joy, 28 ta maktab, 20 ta magazin, bolalar bog‘chala-ri, kino- teatr, Kobul daryosi ustiga ko‘prik qurildi[1; 125]. «Mikrorayon» so‘zi kobulliklar lahjasidan mustah-kam o‘rin oldi. Hozir bu yerda ikkita mikrorayon barpo etildi. Dastlabki besh qavatli imoratlarga ba’zi kimsalar shubha bilan qaragan edilar: bu uylar afg‘onlarning an’anaviy turar joyiga mutlaqo o‘xshamas edi. Hozir shahar Sovetida hamma qulayliklarga ega bo‘lgan kvartirani olishni xohlovchi ming kishi navbat kutib turibdi. Shunday talab-ni e’tiborga olib, kombinatni rekonstruksiya qilishga qaror qilindi. Sovet «Texnoeksportstroy» birlashmasi bilan shu haqida bitim imzolandi[3; 35]. Kobul uysozlik kombinatining istiqbollari porloq, vazifalari katta. Chunonchi, shahar Soveti tasdiqlagan texnikaviy loyihaga muvofiq hozirning o‘zidayoq onda-sonda uchraydigan guvala kulbalar-gina ko‘zga tashlanuvchi «Bi- bi magru» uy-joy rayonida 15 yil mobaynida jami sahni 1,2 million kvadrat metr- dan oshadigan uy-joy bino-lari qurish ko‘zda tutilgan. Afg‘oniston xalqi 1978 yilgi shartnomaning Afg‘oniston uchun bo‘lgan ahamiya tini yuqori baholamoqda. Mamlakat mehnatkashlari, ayniqsa, Sovet Ittifoqining ko‘magi bilan qurilayotgan obyektlarning ishchilari shartnomaning yetti yilligini mehnatda yangi muvaffaqiyatlar bilan kutib olmoqdalar SSSR bilan hamkorlik avvalo oddiy insonning baxt-saodatiga xizmat qilishini ular yaxshi biladilar[4; 75]. Xulosa. SSSR bilan ADR o‘rtasidagi dastlabki hamkorlik bosqichi ikki tomonlama manfaatlarga asoslangan bo‘lib, bu jarayon o‘zaro ishonch va ideologik yaqinlik zaminida shakllangan. Siyosiy va iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi ikki davlatning xalqaro maydondagi mavqeini kuchaytirgan. Shuningdek, bu davrda qo‘lga kiritilgan ijobiy tajribalar, xususan, tenglik asosidagi tashqi siyosat yuritish, madaniy almashinuvlar, hozirgi zamonaviy diplomatiya uchun muhim saboqlar sifatida qaraladi. Shu asosda, tarixiy tajribalarni chuqur tahlil qilish ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi va kelajakdagi rivoji uchun zaruriy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Алимов И. А. Узбекское дехканство на пути к социализму (социально- экономические преобразования в узбекском кишлаке в 1921-1925 гг. - Ташкент: Узбекистан, 1974. -239 с. 2. Baykov G. Дўстона мададкорлик // Совет Ўзбекистони. 1985-йил 279 (19,355)-son 5-декабр. 3. Мустафаева Н. Туркистон маорифи XX асрнинг 20-йиллари муаллифлари назарида // O‘zbekiston tarixi. - Тошкент, 2004. -№3. -Б. 33-45. 56 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference 4. Алимова Д. А., Голованов А. А. Ўзбекистон совет мустабид тузуми даврида: сиёсий ва мафкуравий тазйиқ оқ

Доказательный фрагмент

«SSSR bilan ADR o‘rtasida XX asrning birinchi choragida shakllangan do‘stona, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlarining dastlabki bosqichi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

SSSR bilan ADR o‘rtasida XX asrning birinchi choragida shakllangan do‘stona, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlarining dastlabki bosqichi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Afg‘oniston, Babrak Karmal, «Texnoeksportstroy»., Kobul, Moskva, «Mikrorayon»
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники