Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SSSR-AFG‘ON ENERGIYA MANBALARIDA AMUDARYONING GEOSIYOSIY O‘RNI
GEOSIYOSIY O‘RNI · Kenjayev Sardor Nurmurod o‘g‘li · Jo‘rayev Ilhom Abdisattorovich · Kalit so‘zlar: Afg‘oniston (Buxoro davlat pedagogika instituti tarix fanlari) · O‘rta Osiyo (Buxoro davlat pedagogika instituti tarix fanlari)
Инновационные исследования в науке · 1980
Аннотация
Mazkur ilmiy ish XX asrning 1980-yillarida SSSR va Afg‘oniston o‘rtasidagi energetika aloqalari doirasida Amudaryo havzasining geosiyosiy o‘rnini tahlil qiladi. Tadqiqotda Amudaryomintaqaviy suv resurslari va energetika infratuzilmasining asosiy elementi sifatida mintaqadagi strategik ahamiyatini oshirgan. Shuningdek, suv resurslarini boshqarish va nazorat qilish orqali SSSR o‘zining geosiyosiy ta’sirini mustahkamlashga harakat qilgan. Kalit so‘zlar: Afg‘oniston, Amu-Zang-7, O‘rta Osiyo, Xayreton, Amudaryo, Faryob, Termiz. XX asrning 1980-yillarida Amudaryo havzasi Sovet Ittifoqi (SSSR) va Afg‘oniston o‘rtasidagi energetika va geosiyosiy munosabatlarda muhim rol o‘ynagan. Bu davrda Amudaryo nafaqat tabiiy gaz va neft kabi energiya resurslari manbai sifatida, balki suv resurslari va infratuzilma loyihalari orqali ham strategik ahamiyat kasb etgan. Asosiy qism. Amudaryo havzasi, ayniqsa Turkmaniston va O‘zbekiston hududlarida, yuqori darajada gaz ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo‘lgan. AQSh Geologik xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, bu hududda 230 trillion kub futdan ortiq tabiiy gaz zaxiralari mavjud bo‘lib, bu zaxiralar asosan Yuqori Yura karbonatlari va Neokomiyum klastik qatlamlarida to‘plangan. Afg‘onistonning shimoliy hududlari, xususan Shebergon, Sar-e-Pul va Faryob viloyatlari, Amudaryo havzasining janubiy chekkasida joylashgan bo‘lib, bu yerda ham tabiiy gaz zaxiralari mavjud[1;56]. 1970-yillarda Sovet geologlari tomonidan bu hududlarda 5 trillion kub futga yaqin gaz zaxiralari aniqlangan. 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida Sovet Ittifoqi Afg‘onistonda energetika infratuzilmasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi. Bu doirada Amudaryo ustida yangi ko‘priklar qurildi, Termizdan Afg‘onistonga temir yo‘l liniyalari tortildi va shimoliy Afg‘onistonni Sovet elektr tarmog‘iga ulash rejalashtirildi. Shuningdek, Sovetlar Afg‘onistonda 100 dan ortiq gaz quduqlarini qazib, gazni Sovet Ittifoqiga eksport qilish uchun quvurlar tarmog‘ini barpo etdilar. Bu eksport Afg‘oniston uchun muhim daromad manbai bo‘lib, xizmat qilgan. Amudaryo nafaqat energiya resurslari, balki suv resurslari nuqtai nazaridan ham strategik ahamiyatga ega edi. Sovet davrida Amudaryo va 36 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference Sirdaryo bo‘yida ko‘plab suv omborlari va gidroelektr stansiyalar qurildi. Bu infratuzilma nafaqat qishloq xo‘jaligini sug‘orish, balki elektr energiyasi ishlab chiqarish va suv oqimini nazorat qilish imkonini berdi[2;106]. 1988-yilda Sovet Ittifoqi transrespublika daryolarni boshqarish tashkilotlarini tuzdi, bu orqali Amudaryo suvlaridan foydalanishni muvofiqlashtirishga harakat qilindi. Afg‘oniston ham Amudaryo suvlaridan foydalanish bo‘yicha Sovetlar bilan 1948 va 1958 yillarda kelishuvlar imzolagan[4;35]. “Sredazelektrosetstvo” tresti qurayotgan yangi elektr liniyasi Afg‘oniston Demokratik Respublikasinig Akriya sanoat markazlaridan birini elektr energiya bilan ta’minlash imkoniyatini beradi. Amu-Zang-7 podstensiyasidan Amudaryogacha yuqori volti skalar tortish ishlari tugadi endi esa chegara daryosi orqali elektr liniyasi o‘tkazish ishlari keng quloch yozdi. Quruvchilar energiya-ko‘prikni birinchi kvartal oxiridayoq ishga tushirishni ko‘zlamoqda. Bu Sovet Ittifoqi Afgoniston o‘rtasidagi elektr uzatishlarinig birnichi liniyasidir. Bir yil muqaddam foydalanishga topshirilgan birnichi pinchyadan Afgonistonning Xayreton shahriga O‘rta Osiyo energosistemasidan ishlab chiqarish va maishiy xizmatlar uchun qariyb besh mln kilovatt-soat elektr energiya yetkazib berildi[3; 1-2]. Xulosa. XX asrning 1980-yillarida Amudaryo havzasi SSSR va Afg‘oniston o‘rtasidagi energetika va geosiyosiy munosabatlarda markaziy o‘rin egallagan. Bu hududdagi tabiiy gaz va neft zaxiralari, suv resurslari va infratuzilma loyihalari ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamladi va mintaqaviy geosiyosiy dinamikani shakllantirishda muhim rol o‘ynadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Алимова.Д.А., Голованов А.А. Узбекистан в 1917-1990 годы противоборство идей и идеологий. - Ташкент: «Узбекистан», 2002. - 80 б. 2.Алимов И. А. Узбекское дехканство на пути к социализму (социально- экономические преобразования в узбекском кишлаке в 1921-1925 гг. - Ташкент: Узбекистан, 1974. -239 с. 3.Қардош мамлакат учун энергия // Совет Ўзбекистони газетаси. 1985- йил 279 (19,355)-son 3-феврал. 4.Мустафаева Н. Туркистон маорифи XX асрнинг 20-йиллари муаллифлари назарида // O‘zbekiston tarixi. - Тошкент, 2004. -№3. -Б. 33-45. 37
Доказательный фрагмент
«Mazkur ilmiy ish XX asrning 1980-yillarida SSSR va Afg‘oniston o‘rtasidagi energetika aloqalari doirasida Amudaryo havzasining geosiyosiy o‘rnini tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur ilmiy ish XX asrning 1980-yillarida SSSR va Afg‘oniston o‘rtasidagi energetika aloqalari doirasida Amudaryo havzasining geosiyosiy o‘rnini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Termiz., O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Faryob, Xayreton, Amu-Zang-7, Amudaryo
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024