Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘RTA ASRLAR TARIXIDA AFSONAVIY AJDARLAR TASVIRI(TARIXIY-ETNOGRAFIK MANBALAR VA MANBAVIY AHAMIYATGA EGA ASARLAR TASNIFI)
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · Kenjayev Sardor Nurmurod o‘g‘li · Xolmirzayev Abror Hasan o‘g‘li · Kalit so‘zlar: Chirchiq (Buxoro davlat pedagogika instituti tarix fanlari) · R. Sulaymonov. (Buxoro davlat pedagogika instituti tarix fanlari)
Международная конференция академических наук · 2026
Аннотация
Ushbu tadqiqotda O‘rta asrlar tarixida ajdarlar tasviri turli madaniy va diniy an’analarga ko‘ra o‘ziga xos shakllarda aks etgan. Ajdarlar haqidagi tasvirlar ko‘pincha mifologik va diniy ramzlar bilan boyitilgan bo‘lib, ular tarixiy-etnografik manbalarda va muhim manbaviy ahamiyatga ega bo‘lgan asarlarda uchraydi. Quyida ushbu tasvirlarning tahlili va tasnifi beriladi. Kalit so‘zlar: Chirchiq, Avesto, Sirdaryo, Ajdarho, Hindiston, Axriman, Yerqo‘rg‘on, R. Sulaymonov. Avestoning Vendidad kitobida aynan shu marosim aks etganini haqida ma’lumotlar uchraydi. Yaxshi ruhlar bilan birga, odamga ziyon keltiradigan ruh mavjudotlar tarixi ham qadim zamonlardan boshlanib, turli ko‘rinishlar olgan. Shular atorida dev-ajdarholar haqidagi tasavvurlarning zamon va makon uzra siljishi diqqatga sazovor. So‘g‘d Panjikentining V-VII asrlarga mansub ayvon devorlaridan birida yelkalaridan ilonlar o‘sib chiqqan shoh Zashok shunday tasvirlangan Mazkur mavzu So‘g‘dga ajdar ikki ming yil oldin qadimgi Mesopotamiyada keng tarsalgani ma’lum bo‘lib, mahalliy silindrsimon muhrlarida yelkalaridan ajdarholar o‘sib chiqqan ma’bud aks etgan. Xorazmda eramizdan oldingi III asr va eramizning I asrlaridayoq sopol haykalchalarida ot, tuya, qo‘y, ajdarho, qadimgi idishlarning dastalarida esa, sher tasvirlari tasvirlangan. Eramizdan oldingi II asrga mansub idish bo‘lagida yo‘lbars va jayron tasvirlangan. Bularning hammasi, o‘lkamizda totemizm rivojlanganidan dalolat beradi. Ajdar haqidagi afsona Orol dengizi va Sirdaryo bilan Amudaryoda ko‘plab uchragan osyotr balig‘i bilan bog‘liq[4; 17]. Asosiy qism. Shular qatorida dunyo yaratilishi va uni ko‘rsatish totemi sifatidagi Ajdarho va ilon tasvirlari o‘lkamizda keng tarqalib, ayrim timsollari qurama mohiyatga egadir. Masalan, Buxoro risolalaridan biri bo‘lmish “Ixtiyoroti badiiy” nomli asarning (1541 yil) miniatyurasidan Ajdarho siymosi o‘lkamizda qadim zamonlarda qanotsiz, o‘rta asrlarda - qanotli, va, so’ngi o‘rta asr larda to‘rt panjali, ilon tanali hayvon shaklida ifodalangani malumdir. Mazkur “ko‘psismli” maxluqotlar turli muhitlar ramzlarini ifodalagan: qanoti katta ochilgan haybatli dahani olovli, ilon badani esa yer osti va suvni IV-V asrlarda 90 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК So‘g‘dga bostirib kirgan Sirdaryobo‘yi qabilalarida ham Ajdarho siymosi keng tarqalgan bo‘lib, Turonda ularning turli shakldagi tasvirlari yanada ko‘payadi. Xioniy va eftalitlar davrida o‘lkamizda iloh va ma’budalarning boshi ustida uchar ajdarholar va boshqa hayvonlarning tasvirlari ko‘plab uchrab, ajdarho shaklida ishlangan aso va bayroq tug ‘lar ham mavjud bo‘lgan. Hind-sak tangasida esa, ajdarho mehrob oldida turgan otning tepasida parvoz etmoqda. Eronda bu holat kuzatilmasligi, o‘lkamizning mahalliy e’tiqodlari rivojlanganidan dalolat berib, uning o‘z zamonamizda vujudga kelganini ko‘rsatadi. Shuningdek, Qadimgi Turon afsonalarida Ajdar-Ajdarho sezilarli o‘rin egallab, “Shohnoma”da Rustamning ajdodi hisoblanadi[2; 332]. Rustam esa, onasi Rudobaning shajarasiga ko‘ra, Zahhokning avlodi sifatida butparast bo‘lib, zardushtiylikka qarshi chiqadi. Bu borada, “Shohnoma”da Rustam avvaliga, ajdarho ilon tomonida bo‘lishi, keyinchalik esa, unga qarshi kurashuvchi qahramon sifatida kuylanishi diqqatga sazovor. Nazarimizda, ajdarho maqomining bunday o‘zgarishi, zardushtiy kohinlarining ajidalashtirilgan tashvqoti tufayli, ajdarho yovuzlik ma’budi Axrimanning hamrohi qatoriga o‘tishi bilan bog‘liqdir. Shu tufayli, suv ilohasi ham u bilan birgalikda tasvirlanmay qo‘yadi. Biroq zardushtiylik davrida Ajdarho yolg ‘on tashuvchi yomon siymolar qatoriga qo‘shib qo‘yilganiga qaramay, islomgacha aholi orasida o‘z mohiyatini yo‘qotgani yo‘q. Va hatto, islomdan keyin ham xalq orasida uning siymosi saqlanib kelganiga Surxondaryoning X asriga mansub haykalcha misol bo‘la oladi. Shu bilan birga, qadim zamonlarda shohlar ajdarhoni kurashda mag‘lub etib, yurtiga farovonlik keltirgani va shu orqali, o‘z hukmronligini tasdiqlagani ma’lum. Masalan, qadimgi Vavilon saltanatining homiy ilohi, yorug‘lik kuchlarining peshvosi Marduk (yahudiycha Morduxay) insonlarni qutqarish uchun zulmat tartibsizligining hukmroni ajdarho Tiamat bilan kurashib, uni yengadi. Bu mavzu Vavilon va Xorazm muhrlarida tasvirlangan. Keyinchalik, shoh-kohinlarning ajdarho bilan kurashib, g‘alaba qozonishi va xalqi hamda o‘lkasiga tinchlik va farovonlik keltirish mavzusi III-VI asrlarga mansub Qarshi tangasida o‘z aksini topib, xuddi shunday mavzu Amudaryo xazinasining tosh lavhida bir qahramon sher-ajdarhoning ustiga minib olish saxnasida ham namoyon bo‘ladi . Bakqriya Tillatepasining 2000 yil oldingi shohlar manbalarida Ajdarho siymosi eng ko‘p uchrab, suv ilohasining ikki yonida ham ajdarholar tasvirlangan. O‘lkamizga ajdarho totemi doirasida Hindistondan kelgan yana bir timsolga Varaxsha saroyining ganchkori peshtog‘idagi shoxli ilon-ajdarhoning o‘yma tasviri misol bo‘la oladi. Samarkand viloyati hududida xuddi shunga o‘xshash 91 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
Доказательный фрагмент
«Ushbu tadqiqotda O‘rta asrlar tarixida ajdarlar tasviri turli madaniy va diniy an’analarga ko‘ra o‘ziga xos shakllarda aks etgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tadqiqotda O‘rta asrlar tarixida ajdarlar tasviri turli madaniy va diniy an’analarga ko‘ra o‘ziga xos shakllarda aks etgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Avesto, Yerqo‘rg‘on, Ajdarho, Hindiston, Sirdaryo, R. Sulaymonov., Axriman, Chirchiq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024