Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TILSHUNOSLIK SOHASIDA QO'LLANILADIGAN ASOSIY SINXRON METODLAR.
Xursandova Gulzoda
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article provides a theoretical and practical analysis of the main synchronic methods used in linguistics. Synchronic analysis is a method aimed at studying a language at a specific point in time, usually in its current state. It is carried out through structural, descriptive, and transformational approaches. The article examines the essence of these methods, their differences, and their 8 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference application in Uzbek linguistics. The importance of synchronic methods for the systematic and objective study of the language system is emphasized. Keywords: synchronic analysis, linguistics, structural method, descriptive method, transformational method, language system, modern approach, Uzbek language, linguistic methods, analysis of language units. Sinxron tadqiqot metodlarining kòpayib "òsib" borishi, zamonaviylik xususiyati tilning jamiyatga bevosita boģliqligidan, uning jamiyat tomonidan - tabiiy va ijtimoiy fan vakillari tomonidan keng miqiyosda, atroflicha òrganilib borilayotganligidan kelib chiqadi. Demak, zamonaviy tadqiqot metodlarining kòpayib borishi, tabiiy va zaruriy jarayon sifatida maqsadga tòla muvofiqdir. Sinxron tadqiqot metodlari diaxron tadqiqot metodlariga nisbatan olinganda, paydo bòlishiga, yaratilishiga kòra vaqt jihatdan zamonaviy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Sinxron tadqiqot metodlari tilshunoslikda vaqt jihatdan keyingi davrlarda XX-XXI asrlarda shakllanganligi bilan, amaliyotga faol xizmat qilayotganligi bilan, davr nuqtayi nazaridan farqliligi, òziga xosligi bilan ajralib turadi. Asosiy sinxron metodlar. Tilshunoslikda sinxron tahlilni amalga oshirishda bir nechta asosiy metodlar qo‘llaniladi. Ularning har biri til tizimini hozirgi holatda tahlil qilishga xizmat qiladi. Quyida keng tarqalgan distributiv, transformatsion va valentlik tahlili metodlarga to‘xtalib o‘tiladi. Distributiv tahlil metodi. Distributiv metod til hodisalarini betaraf, ya’ni sub’ektiv munosabatsiz tarzda tasvirlashga qaratilgan. Bu metod ilmiy obyektivlikni saqlagan holda, til hodisalarining qanday ishlashini aniq yozib boradi. Distributiv yondashuv lingvistik tadqiqotlarda statistik usullarga asoslangan, muayyan tilda tabiiy mavjud bo‘lgan shakllarni tasniflashda qo‘llaniladi. XX asrning 20-yillarida jahon tilshunosligi maydonida paydo bòlgan struktural lingvistika hozirgi zamon tilshunosligining yetakchi, muhim yònalishlaridan biri bòlib, u til strukturasini til nazariyasining asosi deb hisoblaydi. Bir qator struktural oqimlar: Amerika, Praga va Kopengagin struktural maktablari ichida Amerika strukturalizmi jahon tilshunosligida tan olingan bòlib, u deskriptiv, ya'ni tasviriy metodiga kòra distributiv metod deb ham yuritiladi. Deskriptiv tilshunoslik muayyan birliklarning òzaro, bir-biriga nisbatan joylashish tabiatini yoki ularning tarqalish (distributsiya) munosabatini tasvirlovchi fandir. Mazkur usul bilan tilni tahlil qilish deskriptiv metod deyiladi. 9 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Distrubtiv tahlil muayyan bir birliklari bilan bevosita boģliq holda amalga oshadim. Ushbu jarayon fonema, morfema, leksema, sòz, sòz birikmasi va gap kabi lisoniy birliklarning distributsiya- joylashish òrni (pozitsiyasi), tartibi, oldinma- keyin kelishi, qòllanish imkoniyatlari aniqlanadi. Transformatsion tahlil metodi. Struktural tilshunoslik metodlari "oilasiga" (guruhiga) tegishli bòlgan transformatsion tahlil metodi, ayniqsa, sintaktik konstruksiyalar - nutq birliklari tadqiqda faol qòllanishi bilan muhim ahamiyatga egadir. Transformation tahlil metodiga kòra sintaktik konstruksiyalar (qurulmalar) muayyan qoidalar asosida òzgaradi, ya'ni boshqacha shaklga, kòrinishga ega bòladi, transformatsiyalashadi. Bunday transformatsiyalar orqali muayyan sintaktik konstruksiyasining - qurulmaning bir nechta shakllari aniqlanadi, òzaro farqlanadi, mohiyatiga, tarkibiga chuqurroq kiriladi. Natijalar transformatsiyaga (òzgarishga) uchragan har bir sintaktik konstruksiyaning òziga xos semantik jihatlari ham namoyon bòladi. Masalan, òquvchi kitob oldi gapining nutqiy turlicha kòrinishlari, variantlari - transformatsiyasi quyidagicha: 1. O'quvchi olgan kitob. 2. O'quvchi tomonidan olingan kitob. 3. Kitob olgant òquvchi. 4. O'quvchiningning kitobi. Demak, transformation tahlil metodi muayyan asos (yadro) gaplardan (masalan, òquvchi kitob oldi) tuzilgan - transformatsiyalashgan gaplarni, ya'ni muayyan sintaktik model (masalan, ot+ fe'l) asosida yaratilgan qator gaplarni òrganish, transformatsiyalanish mexanizimi, transformatsiyalarning hosil bòlish qoidalarini ochishdir. Aytish mumkinki, transformatsion tahlil metodining asosiy maqsadi nutqimizda voqe bòladigan turlicha gaplarning asosida yadro vazifasini bajaruvchi asos gaplar mavjudligini, ushbu gaplar esa mana shun yadro gaplardan kelib chiqqanligi, tashkil topganligini, ularning òzaro semantik- grammatik munosabatlarini aniqlash vazifasini bajarishdir. Demak,
Доказательный фрагмент
«This article provides a theoretical and practical analysis of the main synchronic methods used in linguistics.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a theoretical and practical analysis of the main synchronic methods used in linguistics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- synchronic analysis, linguistics, structural method, descriptive, deskriptiv metod, tilshunoslik, zamonaviy yondashuv, valentlik metod, òzbek tili, transformation metod, Sinxron tahli, lingvistik metodlar, til tizimi, til birliklari tahlili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024