Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AXIOLINGUISTIC ANALYSIS OF UZBEK VALUE LEXICON: METHODS, CONCEPTS, AND CULTURAL OPPOSITIONS
Dadabayeva Shirinxon Shuxratovna
Академические исследования в современной науке · 85-113 · 2026
Аннотация
Ushbu maqola aksiologik leksikani – tilda qadriyatlarni ifodalashni – o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda leksik birliklarning semantic va stilistik xususiyatlari, shuningdek, implisit va eksplisit baholash jarayonlari tahlil qilinib, ularning jamiyatdagi qadriyat va me’yorlarni aks ettirishdagi roli yoritilgan. Natijalar til ifodalaridagi qadriyatlar konseptual modelini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Aksiologiya, aksiolingvistika, baholash jarayoni, darajalanish jarayoni, semantic ma’no, baholash nazariyasi, implisit baholash, eksplisit baholash. Aksiologik leksika – aksiolingvistikaning bir yo‘nalishi bo‘lib, u tilda qadriyat va ularni baholovchi, implisit va eksplisit usulda keluvchi so‘z va iboralar jamlanmasini o‘rganuvchi qatlamdir. Ushbu qatlamga quyidagilar kiradi: - Baholovchi sifatlar;(yaxshi,yomon) - Baholovchi ravishlar;(baxtga qarshi) - Qadr-qimmatni ifodalovchi otlar;(ozodlik,sharaflik) - Undov so’zlar;(marhamat!, sog‘ bo‘ling!, ohho) - Iboralar;(qora kunlar) - Maqollar. Ko‘plab olimlar fikriga ko’ra aksiologik leksika ijtimoiy munosabatlarning markazi sifatida ko‘rishadi. Sababi, aynan so‘zlar jamiyatdagi g‘oya va me’yorlarni eng ko‘p ifodalovchi lisoniy birliklar bo‘lib, ular aksiologiyaning eng asosiy o‘rganish obyektidir. Dastlab, aksiologik leksikani ifodalovchi “axiologeme” termini K.A.Jukov tomonidan qo‘llanilgan. U bu termin orqali tilda baholash mazmuniga ega bo‘lgan so‘zlar qatlamiga nisbatan foydalangan. Olim bu qatlamning tilda o‘z o‘rniga egaligi, ularning ijobiy hamda salbiy ma’noda kelishi haqida fikrlar bergan[6]. Undan tashqari aksiologik leksika ma’nosini ifodalovchi quyidagi terminlar ham ingliz va o‘zbek tilidagi ilmiy adabiyotlarda ham uchraydi: Baholovchi leksika(evaluative lexicon) – asosan, baholash nazariyasida ishlatilib, u tilning hukmlar va baholash mazmunini qay tarzda ifodalashini tekshiradi. Ushbu termin J.R.Martin va P.R.Vayt tomonidan ishlatilgan[4]. Qadriyatga oid so‘zlar(value-laden vocabulary) – asosan, diskurs tahlilda ishlatilib, o‘ziga xos g‘oyaviy va baholovchi konotativ ma’noga ega so‘zlar uchun qo‘llaniladi[1]. O‘zbek tilshunosligida ushbu termin qadriyatga oid leksik birliklar sifatida ham ishlatilgan[2]. Baholovchi til – bu termin kengroq mazmunda ishlatilib, unda faqat so‘zlar emas, balki boshqa til birliklari ham nazarda tutiladi[3]. Axloqiy atamalar(axloqiy leksikalar) – jamiyat me’yorlarini ifodalovchi leksik birliklarga nisbatan qo‘llanilgan[2]. Subyektiv baho formalari – ushbu atama R.Qo‘ng‘urov tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib, muallif ushbu vositalarning semantic va stilistik xususiyatlarini tahlil qiladi va ularning nutqda kelish ifodasini o‘rganadi[5]. 91 Demak, ko‘plab olimlarning olib borgan tadqiqotlarida aksiologik leksika termini qo‘llanilmagan bo‘lsa-da, ular nazarda tutgan birlik yoki formalar aynan aksiologik leksika ekanligini aytish mumkin.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola aksiologik leksikani – tilda qadriyatlarni ifodalashni – o‘rganishga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola aksiologik leksikani – tilda qadriyatlarni ifodalashni – o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- linguoculturology, cultural concepts, Uzbek language, axiolinguistics, proverbs, semantic field, value lexicon, axiological opposition
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024