К содержанию
РецензированоRU2026

YANGI O’ZBEKISTONDA ICHKI TURIZM TARAQQIYOTI

Soliyev Anvar O’tkir o’g’li · Samarqand shahar Sharof Rashidov nomidagi · Nasrullayev M.I.

Академические исследования в современной науке · 3 · 2026

Аннотация

В данной статье рассказывается о реформах, проводимых в новом Узбекистане по развитию внутреннего туризма, о перспективах изучения зарубежного опыта, а также о создаваемых возможностях для местных туристов. Ключевые слова: внутренний туризм, BTT, путешествие по Узбекистану, кэшбэк, местные туристы, маркетинговая стратегия, цифровые платформы, путешествие в каждый из четырех сезонов, Click smile, саудовские сезоны, туристическая деревня. Annotation: This article talks about the reforms implemented in the development of domestic tourism in the New Uzbekistan, the prospects for studying the foreign experience and the opportunities created for local tourists. Keywords: domestic tourism, UNWTO, travel through Uzbekistan, Cashback, local tourists, marketing strategy, digital platforms, travel in each of the Four Seasons, Click smile, Saudi seasons, Tourism Village. Ichki turizm – bu O‘zbekiston Respubiikasida doimiy yashaydigan fuqarolarning O‘zbekiston hududi bo‘ylab qiladigan sayohati hisoblanadi. Bu turizm turi odamlarning o'z mamlakatida, turli hududlarda sayohat qilib, ularning madaniyati, tarixi, tabiiy go'zalliklarini, diqqatga sazovor joylarini o'rganishiga imkon beradi. Ichki turizm, avvalo, iqtisodiyotni rivojlantirishga, mahalliy biznes va xizmat ko'rsatish sohasini qo'llab-quvvatlashga, shuningdek, 80 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference odamlarning o'z mamlakatlaridagi hududlarga xos xususiyatlarni yanada chuqurroq tushunishlariga yordam beradi. Butun Jahon turizm tashkiloti tavsiyalari asosida O‘zbekiston bo‘yicha 2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, chiquvchi turistlar sonining kiruvchi turistlarga nisbatan 0,4 kishiga ko‘pligini ko‘rsatdi. Bu vaziyat O‘zbekiston fuqarolarining oilaviy budjetidan bevosita turistik maqsadlarga ajratilgan qismi ortib borayotganligini ifodalaydi. Yuqoridagi keltirilgan, ichki turizm va tashqi turizm haqidagi ma’lumotlar, O‘zbekiston sharoitida ichki turizm salohiyatidan samarali foydalanish yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda.1 Yurtimizda mahalliy aholini sayyohlik yo’nalishiga qiziqishini oshirish borasida ko’plab islohotlar o’tkazish va ichki turizmda yangi imkoniyatlar yaratish lozimligini belgilab berdi. Dunyodagi safarlarining 80-90 foizi ichki turizm ulushiga to‘g‘ri keladi. Unga qilinadigan xarajatlar xalqaro turizm xarajatlaridar 5-7 barobar kam bo‘ladi. Ayniqsa, turizmning bu turi AQSH, Fransiya, Angliya mamlakatlarida ommabop hisoblanadi. Asosiy qism Yangi O’zbekistonda ichki turizmni salohiyatini oshirishda qonunlar, farmon va qarorlarning ahamiyati juda kattadir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ 3514-sonli “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori2 ga muvofiq, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, teleko’rsatuvlar, matbuot va tashqi bannerlar orqali targ’iboti amalga oshirildi. Dastur doirasida kam ta’minlangan oila farzandlari, yetim bolalar, faol xotin-qizlar va nuroniylar sayohatlarini tashkil etishda Davlat budjeti hisobidan imtiyozlar berildi. Ichki turizm rivojlanishi uchun yuqori salohiyatga ega bo‘lgan Beruniy tumani Oltinsoy qishlog‘i, Buloqboshi tumani Shirmonbuloq qishlog‘i Samarkand tumani Mirankul qishlog‘i kabi tumanlar va shaharlar ro’yxati shakllantirildi. Mahalliy sayyohlarning ushbu ro’yxat asosida eng maftunkor turizm maskanlariga sayohatlarini tashkil etish yo’lga qo’yildi. 2022-yilda ichki sayohat qiluvchilar soni 2017- yilga nisbatan 107,0 foizga o‘sib, 11,3 mln nafarni tashkil qildi. 2022-yildagi ichki turistik sayohatlar soni 2021-yilga nisbatan 1,97 baraborga oshgan bo‘lsa, xalqaro turistik sayohatlar soni 2,78 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa, xalqaro turizmning o‘sish sur’atlari ichki turizmga nisbatan yuqori ekanligini anglatadi. Shu bilan birga ichki turizm marketingi va reklama xizmatlari yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan va mahalliy aholi uchun O‘zbekistonning jozibador turistik 81 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference manzillari va sayohatlarni tashkil etuvchilar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi nashrlar yetarli emasligini ko’rsatdi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun ichki turizm salohiyatini oshirish borasida o’zgarishlar, zamonaviy talablarga mos onlayn platformalar shakllantirilishi yo’lga qo’yib borilmoqda. 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mahalliy sayyohlar uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish –“Cashback” tartibi joriy etildi. 2022-yil 1-iyuldan boshlab “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yig‘inlari hududlarida mehmon uylari, ovqatlanish va savdo shoxobchalari, ko‘ngilochar joylar tashkil etgan tadbirkorlar uchun 3 yil davomida soliq va ijtimoiy soliq s

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассказывается о реформах, проводимых в новом Узбекистане по развитию внутреннего туризма, о перспективах изучения зарубежного опыта, а также о создаваемых возможностях для местных туристов.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассказывается о реформах, проводимых в новом Узбекистане по развитию внутреннего туризма, о перспективах изучения зарубежного опыта, а также о создаваемых возможностях для местных туристов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
domestic tourism, UNWTO, travel through Uzbekistan, marketing strategiyasi, Cashback, ichki turizm, To‘rt faslning har birida sayohat, Click smile, O’zbekiston bo’ylab sayohat qil, mahalliy sayyohlar, Saudiya fasllari, Turizm qishlog’i., BTT, raqamli platformalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники