К содержанию
РецензированоUZ1978

IMPOSTER SINDROMI: MOHIYATI, SABABLARI VA YECHIM YO‘LLARI

Xalqaro Nordik univeristeti

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 1978

Аннотация

Ushbu tezisda imposter sindromining mohiyati, shakllanish omillari, tarqalishi va inson psixologiyasiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri batafsil yoritilgan. Oilaviy tarbiya, ijtimoiy bosim, perfeksionizm va shaxsiy xususiyatlar sindromning rivojlanishiga olib keluvchi asosiy omillar sifatida ko‘rsatiladi. Tadqiqotlar asosida imposter sindromining professional va shaxsiy rivojlanishga salbiy ta’siri, jumladan, o‘z-o‘zini past baholash, stress va depressiya holatlarini kuchaytirishi ta’kidlangan. Kalit so‘zlar: impostor sindromi, o‘zini past baholash, perfeksionizm, psixologik xavotir, o‘z-o‘ziga shubha, professional rivojlanish, ijtimoiy taqqoslash, stress. Imposter sindromi – bu inson o‘z yutuqlari va muvaffaqiyatlarini o‘zining salohiyati va mehnati natijasi sifatida qabul qilmasligi, ichki ravishda o‘zini “soxta” deb his qilishi bilan tavsiflanadigan psixologik holatdir. Bu sindrom birinchi bor 1978-yilda psixologlar Polin Klans va Syuzan Imes tomonidan aniqlangan bo‘lib, dastlab ilmiy sohada va akademik muhitda faoliyat yuritayotgan ayollar orasida keng tarqalgan hodisa sifatida o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida ma’lum bo‘ldiki, imposter sindromi faqat ayollar bilan cheklanmaydi; erkaklar ham shunga o‘xshash ichki shubhalar va o‘z qobiliyatlariga nisbatan ishonchsizlik hissini boshdan kechirishlari mumkin. Imposter sindromi mavjud inson o‘z yutuqlari va muvaffaqiyatlarini o‘z mehnati yoki salohiyati natijasi sifatida emas, balki tashqi omillar yoki tasodifga bog‘liq deb hisoblayd. Xulosa sifatida, imposter sindromi zamonaviy jamiyatda keng tarqalgan muammo ekani va uni yengish uchun ongli yondashuv hamda o‘zini qadrlash muhim ekani ta’kidlangan. Imposter sindromiga chalingan shaxslar, odatda, o‘z muvaffaqiyatlarini tasodif, omad yoki boshqa tashqi omillar bilan izohlashadi. Ular ichki dunyosida “bir kuni hamma mening aslida qanchalik nohaqmanligimni bilib qoladi” degan yashirin xavotirni saqlab yurishadi. Bu hissiyotlar ularning o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchini susaytiradi va professional yoki shaxsiy rivojlanishlarini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Imposter sindromining shakllanishiga bir nechta omillar sabab bo‘ladi. Avvalo, oilaviy tarbiya va bolalikdagi tajribalar muhim rol o‘ynaydi. Masalan, bolaligida faqat yuqori natijalar uchun maqtov olgan yoki doimiy tarzda boshqalar bilan taqqoslangan bolalar katta bo‘lganida o‘z yutuqlarini shartli qabul qilishga moyil bo‘ladilar. Bundan tashqari, jamiyatdagi mukammallik me’yorlari va doimiy raqobat muhiti ham bu holatni kuchaytiradi. Ijtimoiy tarmoqlardagi “ideal hayot” tasvirlari odamlarni o‘zlarini boshqalar bilan taqqoslashga va o‘z yutuqlarini arzimas ko‘rishga undaydi. Shuningdek, shaxsiy psixologik xususiyatlar ham imposter sindromining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Perfeksionizm, o‘zini doimiy tanqid qilish, muvaffaqiyatga nisbatan haddan tashqari talabchanlik – bularning barchasi insonda imposterlik hissini kuchaytiradi. Ayrim tadqiqotlar ko‘rsatishicha, gender va etnik omillar ham ta’sir qiladi: ayollar va etnik 78 ozchilik vakillari ko‘pincha o‘zlarini isbotlash uchun ko‘proq harakat qilishga majbur bo‘ladilar, bu esa o‘z-o‘zidan imposter sindromining rivojlanish xavfini oshiradi. Imposter sindromining oqibatlari jiddiy bo‘lishi mumkin. U o‘z-o‘zini past baholash, yuqori darajada xavotir, surunkali stress va depressiyaga olib kelishi mumkin. Shuningdek, inson professional hayotda o‘zini orqaga tortib, yangi imkoniyatlardan voz kechadi, chunki ichki shubhalar unga “buni uddalay olmaysan” degan xabar beradi. Vaqt o‘tishi bilan bu jarayon o‘z- o‘zini sabotaj qilish – ya’ni qasddan yoki ongsiz ravishda muvaffaqiyatsizlikka olib keluvchi harakatlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Imposter sindromini yengish uchun bir nechta strategiyalar mavjud. Eng avvalo, inson o‘zida bu holat mavjudligini anglab olishi kerak. Ongli ravishda bu sindrom haqida bilimga ega bo‘lish va uni tan olish – birinchi muhim qadam. Keyinchalik, o‘z yutuqlarini ob’ektiv ravishda baholash va ularning tasodif emas, balki mehnat va salohiyat natijasi ekanligini tushunish kerak. Muvaffaqiyatlarni kichik qadamlar orqali qadrlash, har bir yutuqni bayram qilish imposter hissini kamaytirishga yordam beradi. Perfeksionizmga qarshi kurashish ham muhim. Har bir ish mukammal bo‘lishi shart emasligini anglash va o‘z mehnatini qadriga yetish o‘z-o‘ziga nisbatan mehribonlikni kuchaytiradi. Shuningdek, salbiy o‘z-o‘ziga gapirishdan voz kechib, o‘zini ijobiy tarzda ruhlantirish kerak. Masalan, “Men buni uddalay olmayman” o‘rniga “Men o‘z qo‘limdan kelganini qilaman va bu tajriba orqali o‘saman” degan fikrni shakllantirish kerak. Qo‘llab-quvvatlovchi guruhlar, mentorlar va psixologik maslahatlar ham imposter sindromini yengishda samarali bo‘lishi mumkin. Tajriba almashish orqali inson boshqalarning ham shunga o‘xshash his-tuyg‘ularni boshdan kechirayotganini biladi va o‘zini yolg‘iz his qilmaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash darajasi yuqori bo‘lgan shaxslarda imposter sind

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda imposter sindromining mohiyati, shakllanish omillari, tarqalishi va inson psixologiyasiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri batafsil yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda imposter sindromining mohiyati, shakllanish omillari, tarqalishi va inson psixologiyasiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri batafsil yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
perfeksionizm, stress., o‘zini past baholash, impostor sindromi, professional rivojlanish, ijtimoiy taqqoslash, psixologik xavotir, o‘z-o‘ziga shubha
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники