Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BО‘LAJAK PEDAGOGLARNING ILMIY-FALSAFIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
RIVOJLANTIRISH METODIKASI · Yuldasheva Xusnidaxon Jumanazar qizi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini rivojlantirish metodikasi o‘rganilgan. Pedagogika sohasida ilmiy-falsafiy dunyoqarash talabalarni nafaqat pedagogik bilimlar bilan ta’minlash, balki ularning dunyo haqidagi tushunchalari, qadriyatlari va ilmiy tafakkurlari bilan bog‘liq muhim jihatlarni ham o‘z ichiga oladi. Kalit so’zlar: Pedagog, falsafa, metod, ilmiy, rivojlantirish ,o’quvchi, bilim, fan, taraqqiyot, jamiyat. Kirish: Bо‘lajak pedagoglarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini rivojlantirish, zamon talablariga javob beradigan, ma'rifatli va barkamol avlodni tarbiyalashning asosi hisoblanadi. Pedagoglarning nafaqat kasbiy malakasi, balki ularning dunyoqarashi, ma'naviy-axloqiy tamoyillari, yuksak intellektual imkoniyatlari ta'lim jarayonining muvaffaqiyatli bo‘lishida asosiy o‘rin tutadi. Shu o‘rinda, pedagoglarni zamonaviy bilim va ilm-fan bilan tanishtirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, zamonaviy pedagogik metodlarni o‘rgatish, o‘quvchilarga yangicha yondashuvlar asosida ta'lim berishning muhimligi qayd etilgan. Uning fikricha, pedagogik bilimlarni mustahkamlash va ilmiy-falsafiy asoslarni rivojlantirish orqali pedagoglar jamiyatning rivojlanishiga qo‘shgan hissasini yanada orttiradilar. Shunday qilib, ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish uchun ilmiy-falsafiy dunyoqarashni rivojlantirish metodikasining ahamiyati beqiyosdir. Bu metodika nafaqat pedagogning shaxsiy rivojlanishini ta'minlaydi, balki ta'lim tizimining yangi yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilishiga yordam beradi. Ta'lim tizimida o‘zgarishlar amalga oshirilganda, pedagoglarning o‘ziga bo‘lgan ishonchining ortishi, yangi bilimlarni qabul qilishga tayyorligi hamda pedagogik faoliyatda o‘zgarishlarga moslashuvchanligi muhim ahamiyatga ega. Bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashi — bu ularning ilmiy tafakkur, hayotiy pozitsiya va kasbiy ong asoslarini shakllantirish jarayonidir. Bunday dunyoqarash ularning nafaqat kasbiy, balki shaxsiy rivojlanishiga, talabalarga qanday yondashishi va ta'limni qanday olib borishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy-falsafiy dunyoqarash turli hil ko’rinishlarni qamrab oladi. Jumladan, epistemologik asoslar (bilimning tabiati va manbalari), ontologik tasavvurlar (borliq va voqelik haqidagi qarashlar), etik qadriyatlar (pedagogik faoliyatda axloqiy me’yorlar), tarixiy-madaniy meros (milliy va global falsafaning o‘rni). Bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini shakllantirishda quyidagi metodik yondashuvlar qo‘llaniladi: Talabalarni falsafiy savollarga javob topishga undash orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Masalan: "Bilim haqiqatmi yoki tafakkur mahsulimi?" kabi savollar asosida seminarlar tashkil etiladi. Debatlar, rol o‘yinlari, "fikrlar kollajlari" orqali talabalar o‘z nuqtai nazarlarini asoslaydi. Bu metodlar ularni turli falsafiy oqimlar va g‘oyalarni qiyoslashga o‘rgatadi. 91 G‘arb va Sharq mutafakkirlari asarlarini o‘rganish orqali falsafaning taraqqiyot bosqichlarini anglashadi. Masalan, Ibn Sino, Farobiy, Konfutsiy, Kant kabi faylasuflar g‘oyalari asosida tahlil ishlarini olib boorish. Kurs ishlari, miniatyura loyihalar orqali ilmiy izlanishlar olib boriladi. Shaxsiy falsafiy pozitsiyasini shakllantirishga zamin yaratadi. Falsafa biologiya, psixologiya, pedagogika fanlari bilan bog‘lanadi. Kompleks dunyoqarash shakllanishiga yordam beradi. O‘qituvchining shaxsiy namunasi — pedagog o‘zi falsafiy yondashuvda mustahkam turgan bo‘lsa, talabalarga ilhom bo‘ladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari — zamonaviy vositalar orqali interaktiv falsafiy ta’limni tashkil qilish. Kreativlik va tafakkur erkinligi — talabalarni erkin fikrlashga undovchi muhit yaratish. Xulosa qilib aytganda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini shakllantirish zamonaviy ta’limning strategik vazifalaridan biri bo‘lib, bu jarayon ularning shaxsiy va kasbiy kamoloti, ijtimoiy mas’uliyati, mustaqil fikrlashi va innovatsion yondashuvlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ilmiy-falsafiy dunyoqarash faqat nazariy bilimlar bilan emas, balki tanqidiy tafakkur, falsafiy tahlil, hayotiy qadriyatlar, ma’naviy-estetik qarashlar hamda axloqiy ong bilan uyg‘unlashgan holda rivojlanadi. Ushbu metodika orqali pedagogika talabalarida falsafiy savodxonlik, ilmiy izlanishga moyillik, analitik fikrlash ko‘nikmalari, ijtimoiy-madaniy jarayonlarga ongli yondashuv shakllanadi. Amaliy mashg‘ulotlar, muammoli vaziyatlar asosidagi tahlillar, falsafiy matnlar bilan ishlash, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish — bularning barchasi pedagogik kasbga chuqur tayyorgarlik ko‘rishda ilmiy-falsafiy dunyoqarashni samarali shakllantiradi. Shunday qilib, bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini rivojlantirish – ularni nafaqat bilimdon mutaxassis, balki tafakkur qiluvchi, jamiyatdagi o‘zgarishlarga ongli yondasha oladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq shaxs sifatida voyaga yetkazishning poydevoridir.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini rivojlantirish metodikasi o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bo‘lajak pedagoglarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini rivojlantirish metodikasi o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ilmiy, o’quvchi, jamiyat., bilim, metod, falsafa, fan, rivojlantirish, Pedagog, taraqqiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024