К содержанию
РецензированоUZ2026

ILK O‘SPIRINLIK YOSHIDA O‘Z-O‘ZINI ANGLASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA TARBIYADAGI ROLI

Tauyekelova Goʻzzal Yerkinovna

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Maqolada ilk o‘spirinlik davrida shaxsning psixologik rivojlanishi, xususan, o‘zini anglash, «Men» obrazi va o‘z-o‘zini baholash jarayonlari tahlil qilinadi. Ilmiy tahlillar asosida ushbu bosqichda shaxsiy identifikatsiya va ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishda oila, maktab va muhitning ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda pedagogik yondashuvlar ahamiyati ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: o‘spirin, shaxs rivojlanishi, «Men» obrazi, o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash, identifikatsiya, pedagogik ta’sir. Ilk yoshlik davrida o`quvchilar o`z-o`zini anglash tuyg`usi intensiv rivojlanadi. Bundan tashkari, avvalgi yosh davrlarida bo`lgani kabi o`z-o`zini anglash tuyg`o`si barcha yo`nalishlar buyicha rivojlanishda davom etadi. Bu erda o`z-o`ziga beradigan noadekvat baholarning – oshirilgan yoki pasaytirilgan baholarning qaysi biri xavflirok ekanligi to`g`risida hech narsa deb bo`lmaydi. Bu rivojlana borayotgan shaxsga berilgan tavsifnoma xisobga olingandagina to`g`ri belgilanishi mumkin. Shuni ham ta`qidlab o`tish kerakki, bola o`z-o`ziga ziddiyatli baho bergan kezlari unga har hil pedagogik ta`sir choralari qo`llanishi zarur. Bunday ta`sir choralari bolaning izzat-nafsiga tegmaydigan va o`zoq davom etadigan bo`lishi kerak. O`quvchining o`z atrofidagi kishilar bilan muloqotga kirishish xarakteri ham o`zgaradi va bunday aloqalar o`quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yoshdagi o`quvchilarnin o`qituvchilar bilan munosabatlariga xos xususiyatlar haqida alohida to`htalib o`tish lozim. Bunday xususiyatlar birinchi galda o`qituvchilarning o`z o`quvchilarining ahvolini yurakdan tushunish singari individual fazilatlar bilan belgilanadi. Bu yoshdagi o`quvchilar bilan o`qituvchining o`zaro munosabatlariga doir xususiyat haqida to`xtalib o`tish kerak. Olib borilgan maxsus tadqiqotlar shuni ko`rsatmokdaki, bunday o`zaro munosabatlarga baho berish masalasiga hamma har hil qarar ekan. Bunda bu xususiyatlarga bir hil kishilarning baholari bilan boshqa toifadagilarning baholari o`rtasida anchagina farq borligi kuzatiladi. Ko`pincha o`qituvchilar I.S.Konning iborasi bilan aytganda, «o`zlari tarbiya berayotgan bolalarga qanchalik yaqinliklariga ortiqcha baho beradilar va bu bilan usha bolalarga o`zlari ko`rsatadigan ta`sir choralarini ham ortiqcha baholaydilar». Ilk yoshlik davridagi o`quvchilar bilan o`quv-tarbiya ishlarini olib borish jarayonida, ularni mehnat faoliyatiga tayyorlash, o`zining ijtimoiy va fuqarolik burchini bajarishga faol kirishish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash singari masalalarni yagona talablar asosida hal qilmoq lozim. Ushbu masalalarni hal qilishning extimol tutilgan yo`llarini tahlil qilish va ularni psixologik jihatdan asoslab berishda kuyidagi uchta muhim shartni ta`qidlab o`tish kerak: Mazkur yosh davrida bolalarga beriladigan tarbiya o`z-o`zini tarbiyalash tomon qanchalik ko`p o`sib o`tsa, uning pedagogik ta`siri ham shunchalik samarali bo`ladi; O`spirinlarda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish, o`z Vatanining chinakam fuqarosini tarbiyalash, inson shaxsining barcha jihatlarini rivojlantirish – bularning hammasi 93 ` o`spirinning o`zi faollik ko`rsatish va har tomonlama muloqotga kirishish jarayonida mumkin bo`ladi; O`spirinlik yoshida bolalarni o`qitish va tarbiyalash ishlari ularda saqlanib qolgan bolalik elementlarini xisobga olgan holda amalga oshirilmog`i kerak. Lekin, bunda bolada paydo bo`lib va rivojlanib kelayotgan, kattalarga xos xususiyatlarga tayanib, hamda shu xususiyatlarni ham xisobga olgan holda ish ko`rish zarur. O`z vaqtida buyuk psixolog L.S.Vigotskiy (1896-1934) shunday degan edi: «Pedagogika kechagi kunga qarab emas, bolalar rivojlanishining ertangi kunini mo`ljalga olgan holda ish yuritishi kerak». Ilk o`spirinning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi ko`ch - jamoat tashkilotlari, o`quv yurti jamoasi, ta`lim jarayoni qo`yadigan talablar darajasining oshishi bilan u erishgan psixik kamolot o`rtasidagi ziddiyatdan iboratdir. Turli qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar o`spirinning ahloqiy, aqliy, estetik jihatdan tez o`sishi orqali bartaraf qilinadi. Ilk o`spirinlik yoshidagi o`zgarishlar maktab, oila, shaxslararo munosabatlardagi mavqeini yanada mustahkamlashning muhim omili xisoblanadi. Lekin etakchi, hal qiluvchi omil o`spirin faoliyatining xususiyati, moxiyati va mazmunidagi to`b bo`rilishdir. O`spirinlarda avvalo o`zini anglashdagi siljish yaqqol kuzga tashlanadi. Bu hol shunchaki o`sishni bildirmaydi, balki o`z shaxsiyatining ma`naviy – psixologik fazilatlarini, faol ijtimoiy turmush tarzining maqsad va vazifalarini anglashni, oqilona baholashni aks ettiradi. O`spirinda o`zining ruhiy dunyosini, shaxsiy fazilatlarini, aql-zakovatini, qobiliyati hamda imkoniyatini aniqlashga intilish ko`chayadi. Hulq-atvorini jilovlash, xis-tuyg`o`lari hamda ichki kechinmalarini tushunish ishtiyoqi vujudga keladi. O`spirinni o`smir yoshidagi boladan farq qiladigan yana bir xususiyati – murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon

Доказательный фрагмент

«Maqolada ilk o‘spirinlik davrida shaxsning psixologik rivojlanishi, xususan, o‘zini anglash, «Men» obrazi va o‘z-o‘zini baholash jarayonlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ilk o‘spirinlik davrida shaxsning psixologik rivojlanishi, xususan, o‘zini anglash, «Men» obrazi va o‘z-o‘zini baholash jarayonlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘zini anglash, shaxs rivojlanishi, identifikatsiya, pedagogik ta’sir., «Men» obrazi, o‘spirin, o‘z-o‘zini baholash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники