Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FARG’ONA VODIYSI AN’ANAVIY TURAR JOYLARI ARXITEKTURASINING O’ZIGA XOS JIHATLARI (QO’QON SHAHRI MISOLIDA)
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abdurasulova Gulshoda Olim qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
This article scientifically analyzes the architectural features of traditional dwellings in the Fergana Valley, in particular in the city of Kokand, the factors influencing their formation, elements of internal and external planning, building materials, and the degree of adaptation to the climate. The distinctive features of the Kokand architectural school are revealed, and the need to preserve the national architectural heritage in modern construction is substantiated. Keywords: frame construction, reinforced concrete, steel structure, frame houses, architecture of Fergana, the city of Kokand, seismic stability, modern construction, national architectural heritage, environmental adaptability, veranda, tobadon, model houses. Kirish: Farg’ona vodiysi O'zbekistonning eng qadimiy va sermahsul hududlaridan biri bo'lib, bu yerda shakllangan an'anaviy uy-joy arxitekturasi xalqning turmush tarzi, iqlimiy sharoiti va madaniy qadriyatlarini o’zida mujassam etadi. Ayniqsa, Qo’qon shahri tarixan siyosiy va madaniy markaz sifatida rivojlangan bo'lib, bu yerda shakllangan me’moriy maktab o'zining noyob xususiyatlari bilan ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasi hududlari o‘zining turli-tuman tabiiy va iqlimiy sharoitlari bilan ajralib turadi. Bu farqlanishlar nafaqat xo‘jalik yuritish uslublariga, balki har bir hududda shakllangan mahalliy madaniyat va arxitektura an’analariga ham bevosita ta’sir 45 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si ko‘rsatgan. O‘zbekistonning tarixiy-etnografik mintaqalari o‘ziga xos madaniy meros, turmush tarzi va qurilish uslublariga ega bo‘lib, ular o‘zaro farqlanadi va har biri alohida o‘rganishni talab qiladi. Asosiy qism: Shu jihatdan, Farg‘ona arxitektura maktabi o‘zining mustaqil, yuksak darajada shakllangan me’moriy uslubi bilan ajralib turadi. Farg‘ona vodiysi geografik jihatdan janub va shimoldan tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan bo‘lib, uning iqlimi kontinental va yog‘ingarchilik miqdori boshqa mintaqalarga nisbatan yuqori hisoblanadi. Bu tabiiy sharoitlar aholining uy-joy qurilishiga bo‘lgan yondashuvini belgilagan va atrof-muhitga mos arxitekturaviy yechimlar yaratilishiga olib kelgan. Farg‘ona uylarining arxitekturasida “darbaza–hovli” (kirish darvozasi va ichki hovli) printsipi asosiy tuzilma sifatida shakllangan. Hovli atrofiga joylashtirilgan yashash xonalari, ayvonlar, mevali daraxtlar, va uzum toklarining soyasida yaratilgan mikroiqlim uylarni issiq yozda salqin, qishda esa nisbatan iliq saqlashga xizmat qilgan. Bu passiv issiqlik boshqaruvi uslubi, bir tomondan, ekologik, boshqa tomondan esa madaniy-ruhiy qadriyatlar bilan bog‘liq. 1-rasm. Qo‘qon shahrining qadimiy an’anaviy turar joy arxitekturasi Rasmda xom g‘ishtdan qurilgan ikki qavatli uy, tomda saqlanayotgan sopol xumlar, tashqi zinapoya va ayvon konstruksiyasi ko‘rinmoqda. Ushbu elementlar Farg‘ona vodiysining iqlim sharoiti va mahalliy qurilish an’analariga mos ravishda shakllangan bo‘lib, xalqning turmush tarzi va moddiy madaniyatini aks ettiradi. Farg‘ona vodiysi O‘zbekistonning eng serhosil va nisbatan sernam iqlimga ega mintaqalaridan biri hisoblanadi. Yillik yog‘ingarchilik miqdorining yuqoriligi (ba’zi hududlarda 400–600 mm gacha) mahalliy arxitekturaviy yechimlarda o‘z aksini topgan. Jumladan, tom yopmalarning qalinligi 40 sm gacha yetishi namlikdan himoyalanish va issiqlikni saqlashda muhim rol o‘ynagan. Ushbu arxitekturaviy elementlar tabiiy sharoitga moslashuvchanlikni ifodalaydi (1-rasm). Farg‘ona turar-joy uylarining eng ajralib turuvchi xususiyatlaridan biri – bu inson va tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aks ettiruvchi ayvonlar va derazalarning keng qo‘llanilishidir. Ayvonlar xonalarni tabiat bilan bog‘lab turuvchi oraliq zona bo‘lib xizmat qiladi, yozning jaziramasida salqinlik, qishda esa yopiq fazoga o‘tish imkonini beradi. Ayvonlar ko‘pincha ustunli, ochiq yoki yarim yopiq shaklda bo‘lib, ularning dekorativ bezaklarida atrof manzaralar aks ettirilgan naqshlar keng uchraydi. Bu naqshlar nafaqat estetik, balki madaniy–ma’naviy ma’noga ham ega. 46 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Ilmiy tahlil: Shuningdek, tobadon (shiftga yaqin joylashtirilgan derazacha) xonaga tabiiy yorug‘lik tushishini me’yorlashtirishda va havo aylanishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Yorug‘likni mo‘tadillashtirish orqali energiya sarfini kamaytirish – bu an’anaviy arxitekturaning zamonaviy ekologik talablarga hamohang bo‘lgan jihatlaridan biridir. Farg‘ona uylari odatda yopiq arxitektura majmuasi sifatida shakllangan bo‘lib, tashqi dunyodan mustaqil ichki muhitni yaratadi. Hovlilar ko‘cha va qo‘shni hovlilardan baland devorlar orqali ajratilgan, bu esa mahalliy madaniyatda muhim o‘rin tutuvchi shaxsiy hayotga hurmat prinsipining fizik ifodasi sifatida qaraladi. - uyning ichki tuzilishi asosan quyidagicha bo‘lgan: - usosiy xona (uy) – oilaning asosiy yashash joyi; - old xona (dahliz) – tashqi muhitdan ichki makonga o‘tish zonasini tashkil etadi;
Доказательный фрагмент
«This article scientifically analyzes the architectural features of traditional dwellings in the Fergana Valley, in particular in the city of Kokand, the factors influencing their formation, elements of internal and ex…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article scientifically analyzes the architectural features of traditional dwellings in the Fergana Valley, in particular in the city of Kokand, the factors influencing their formation, elements of internal and ex… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- frame construction, reinforced concrete, steel structure, frame houses, seysmik barqarorlik, milliy me’moriy meros, tobadon, po‘lat konstruksiya, zamonaviy binokorlik, Farg‘ona arxitekturasi, ekologik moslashuvchanlik, ayvon, temir-beton, namunaviy uylar., karkasli qurilish, sinchli uylar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026