Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHMUD KOSHG'ARIYNING "DEVONI LUG'OTIT TURK"ASARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Jumayeva Muslima Madaminjon qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 159 · 2026
Аннотация
Maqolada XI asrning til olimi Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit turk” asari, uning yaratilish tarixi va uning o’rganilishi haqida yozilgan. Mahmud Qoshg’ariyning tilshunoslikka oid qarashlari haqida ham ayrim ilmiy yondashuvlar tasvirlangan. Kalit so‘zlar: qiyosiy tilshunoslik, lug‘at, lingvistika, devon, atama. Til-millatning ma‘naviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Shu boisdan insoniyat paydo bo‘libdiki til insonlar bilan yonma yon yashab, insonlar tomonidan o‘rganilib unga oid ilmiy asarlar, turli xil nazariyalar bundan tashqari tilning yangidan yangi sohalari paydo bo‘lib kelmoqda.Qadim zamonlardan beri bizning yurtimiz buyuk alloma va olimlar beshigi hisoblanadi. Qaysi bir sohaga nazar tashlasak, o‘sha fanda katta yangiliklar yaratishgan va qaysidir fan asoschilaridir. Shu jumladan tilshunoslik sohasida ham bir qancha asarlar yozilib, ilmiy izlanishlar olib borgan va ushbu izlanishlar natijasida bir qancha tilshunoslikning yangi sohalarni yaratishgan. Shu o‘rinda Mahmud Qoshg„ariyning “Devonu lug’atit turk” asari tilshunoslik sohasida o‘ziga xos ahamiyatga egadir. Koshgʻariy hayoti haqida yagona manba uning oʻz qalamiga mansub asarlaridir. Bizga maʼlum maʼlumotlarga koʻra, u Qoraxoniylar davlatida, qoraxoniylar sulolasiga aloqador zodagon oilada tugʻilgan.[1] Qoraxoniylar davlatidagi ichki nizolar tufayli vatanini tark etib, 15 yil davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur boʻlgan, pirovardida Bagʻdodga yetib borgan. Koshgʻariy Bagʻdodda olimlar oʻrtasida turkiy xalqlar va ularning tillariga katta qiziqish borligini kuzatgan, shu sabab bu mavzuda ikki asar yozishga qaror qilgan. Ushbu asar muqaddima va lugʻat qismdan iborat boʻlib, Markaziy Osiyo xalqlari madaniy hayotida alohida oʻrinni egallaydi. Chunki, olim asarga dunyo xaritasini ham ilova qiladi va Kichik Osiyodan to Xitoy hududlarigacha choʻzilib ketgan hududlarda yashagan turkiy xalqlar tarixi, geografiyasi, etnogenezi, urf-odatlari, turmush tarzi va madaniyati toʻgʻrisida gʻoyatda qimmatli maʼlumotlarni beradi. Asarda turkiy qavm-urugʻlar: qipchoq, oʻgʻuz, yamak, boshqirt, basmil, qay, yaboku, tatar, qirgʻiz, chigil, yagʻmo, tuxsi, igroq, jaru, jamil, uygʻur, tangut, tabgʻochlardan tashqari fors, arab, xitoy va rus xalqlari haqida ham maʼlumotlar bor. Shunisi muhimki, “Devonu lug’atit turk” shaharlarda soʻgʻd-turk ikki tilliligi rasmiy holat boʻlganligi Mahmud Koshgʻariyning asarida ham qayd etilgan[2]. Turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli so‘zlar, 700 satrdan oshiq she’riy parchalar ushbu asar sahifalaridan o‘rin olgan. She’riy parchalarning ko‘p qismi turkiy xalqlar og‘zaki ijodiga xos to‘rtliklardan iborat. Ammo «Devon»da keltirilgan she’riy satrlardan 150 satrga yaqini islom davri she’riyatiga xos bo‘lgan 56 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si «bayt» tipidagi masnaviy, qasida, g‘azal, qit’a parchalari bo‘lib, ularni Koshg‘ariy o‘zi ham ko‘pincha «bayt» deb ataydi. Kitobda 7 ta epik doston, ishqiy qo‘shiqlar, pandnomalar, koinot yaratilishiga oid asotir, she’rlar, tabiat manzaralari tasviri, madhiyalar, falsafiy mushohadalar uchraydi. Koshg‘ariy devonida keltirilgan VIII—XI asrlarga oid turkiy she’riyat namunalarida u yoki bu darajada aruz vazniga o‘tish moyilligi seziladi. Aruzning rajaz, ramal, munsarih, hajaz, basit, qarib, mutaqarib vaznlari turkiy she’riyat namunalarida ishlatilgan bo‘lib, ayniqsa rajaz bahridan keng foydalanilgan. Bunday she’rlarni muallif o‘zi alohida urjuzalar deb nomlaydi. Ular turkiy xalq she’riyatida keng tarqalgan bo‘lib, bu bahr ohangi turkiy she’riyat tabiatiga moye kelishidan bo‘lsa kerak[3]. «Devon»dagi epik doston-qo‘shiqlar ko‘proq jangnoma xarakterida bo‘lib, ba’zi yirik parchalarga shartli ravishda «Tangutlar bilan jangnoma», «O‘yg‘urlar bilan jangnoma», «Yabaku bilan jangnoma» deb nom qo‘yilgan. Ular o‘z mazmuniga ko‘ra arablarning johiliya davridagi qabilalararo janglari tasvirlangan epik rivoyatlariga o‘xshab ketadi, faqat arablarda bu janr nasriy, turkiy xalqlarda esa she’riy shakl ustundir. Ularda turkiy elatlarning shijoati, qiyinchiliklarga bardoshi, jasurligi, harbiy hiylalar, siyosiy kurash, elparvarlik, mardlik, hikmat, mexr va qahr tuyg‘ulari jonli, chaqnoq misralarda tavsif etilgan. Shu bilan birga qabilaviy boshboshdoqlik, o‘zaro nizo-adovatlardan o‘kinish, birlashishga, ittifoqqa intilish mayllari ham sezilib turadi. Buyuk turk xoqonligining tushkunlik holati, yagona birlashtiruvchi g‘oyaning yetmasligi ushbu qo‘shiqlar ko‘proq islomdan ilgarigi og‘zaki she’riyat namunalari ekanidan darak beradi. Qadimgi epik qo‘shiqlardan «Devon»da saqlangan ikki yirik asar ko‘pchilikning diqqatini tortib keladi. Bulardan biri «Ali Er Tunga marsiyasi» va ikkinchisi — «qish va yoz» munozarasidir. Marsiya 44 satrdan iborat. Unda ma’lum ma’noda turkiy el o‘zining sevimli qahramo-ni, xoqoni va yo‘lboshchisig
Доказательный фрагмент
«Maqolada XI asrning til olimi Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit turk” asari, uning yaratilish tarixi va uning o’rganilishi haqida yozilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada XI asrning til olimi Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit turk” asari, uning yaratilish tarixi va uning o’rganilishi haqida yozilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- devon, lingvistika, qiyosiy tilshunoslik, lug‘at, atama.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024