Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FARG‘ONA SHAHRIDA JAMOAT TRANSPORTI TIZIMINING HOZIRGI HOLATI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Karimov Javohir Shuhratovich (in-academy.uz/index.php/si) · Masodiqov Qahramonjon Xusanboy o'g'li (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Shahar jamoat transporti har qanday shaharning infratuzilmasida muhim o‘rin tutadi. Transport tizimi aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish, shahar hududlari o‘rtasida uzviy bog‘lanishni ta’minlash va iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashda asosiy vosita hisoblanadi. Aholi sonining ortib borishi hamda urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi natijasida jamoat transportiga bo‘lgan talab keskin oshmoqda. Shu sababli, uning faoliyatini o‘rganish va takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Ushbu maqolada Farg‘ona shahridagi jamoat transporti tizimi holati tahlil qilinadi, mavjud muammolar aniqlanadi hamda tizimni zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Jamoat transporti, Harakatni tartibga soluvchi yo‘l belgilari, Transport va yo‘l-transport sohasidagi mavjud infratuzilma obyektlari, Shahar aholisining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid ma’lumotlarni, chorraxalar va ayrim yo‘l qismlari, mavjud jamoat transportidagi yo‘lovchilar aylanmasi. Kirish. Farg‘ona shahri, O‘zbekistonning eng yirik va aholisi zich joylashgan shaharlaridan biri bo‘lib, uning transport tizimi shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Jamoat transportlari shahardagi aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish, ish joylariga, ta’lim muassasalariga va boshqa muhim manzilgohlarga yetib borishlarini ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Shu sababli, jamoat transporti xizmatlarining sifati, qamrov doirasi va samaradorligi aholi hayot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy qism. Ayni paytda shaharda jamoat transportining asosiy qismini avtobuslar, mikroavtobuslar (marshrutkalar) va yo‘nalishli taksilar tashkil etadi. Bugungi kunda shaharda 100 dan ortiq avtobus va 500 ga yaqin marshrut taksilari faoliyat olib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘onadagi avtobus va marshrutkalar kuniga o‘rtacha 200-250 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Aholi sonining o‘sishi, iqtisodiy faollikning ortishi va shahar hududlarining kengayib borishi hisobiga yo‘lovchi oqimi doimiy ravishda ko‘paymoqda. 64 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si FARG'ONA SHAHRI DEMOGRAFIYASI 8 000 350 000 7 000 300 000 6 000 250 000 5 000 200 000 4 000 150 000 3 000 100 000 2 000 1 000 50 000 0 0 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 Ko‘chib ketganlar soni Ko‘chib kelganlar soni Tug‘ilganlar soni Aholi soni 1-rasm. Farg’ona shahri demografiyasi. Natijada, mavjud transport vositalarining soni yo‘lovchilar ehtiyojini to‘liq qondira olmayapti va bu holat transport vositalari yetishmovchiligi muammosini keltirib chiqarmoqda. 2025-yilgi rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra1, Farg‘ona shahrida aholining umumiy soni 320 ming kishidan ortiq bo‘lib, ularning 60 foizdan ko‘prog‘i kundalik hayotida jamoat transportidan foydalanadi [1]. Bu esa shahar transport tizimiga bo‘lgan talabning yuqoriligidan dalolat beradi. 2-rasm. Farg’ona shahrining jamoat transporti tarmog’i. Shuningdek, 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni 325 009 birlikni tashkil etdi[2]. Bu ko‘rsatkich Farg‘onani respublikada avtotransport vositalari soni bo‘yicha yetakchi hududlardan biriga aylantirdi. Aholining ko‘p qismi shaxsiy avtomobillardan foydalanishi ham jamoat 1 https://farstat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/16718-farg-ona-shahrining-doimiy-aholi-soni-qanchaga- yetdi-2.html 65 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si transportiga tushayotgan yukni kamaytirishga yordam bermayapti, aksincha shahar yo‘llaridagi tirbandliklarni kuchaytirmoqda. Bundan tashqari, Farg‘ona shahrida 2024-yil 1- aprel holatiga ko‘ra 10 598 ta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 6 701 tasi faoliyat yuritmoqda[1]. Ayniqsa, savdo (1 856 ta) va tashish hamda saqlash (249 ta) sohalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar sonining ko‘pligi shaharga kirib keluvchi transport oqimining yuqoriligini ta’minlaydi. Bu esa jamoat transporti bilan bir qatorda, shahar infratuzilmasining yanada zamonaviylashishini talab qiladi. 3-rasm. Shaharga kirib chiquvchi kunlik avtotransport oqimi. Farg‘onaga olib kiruvchi asosiy 7 ta avtomobil yo‘llari bo‘lib, ular orqali shaharga kunlik o‘rtacha 77 500 dan 84 500 tagacha avtomobil kirib chiqadi[3]. Bu transport oqimi yo‘l infratuzilmasiga katta bosim tushiradi. Ayniqsa, Qo‘qon va Marg‘ilon yo‘nalishlarida eng yuqori transport yuklamasi kuzatilib, ushbu ikki yo‘l orqali bir kunda taxminan 36 000 – 38 000 ta avtomobil harakatlanadi. Bu umumiy transport oqimining 44–49 foizini tashkil etadi. Eng kam yuklama esa Avval avtomobil yo‘lida kuzatilib, bu yo‘l orqali kuniga o‘rtacha 5 000 tagacha avtomobil harakatlanadi (umumiy oqimning 6% atrofida). 2024-yilning yanvar- dekabr oylarida Farg‘ona viloyatida yo‘lovchi aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan 2,4 foizga oshgani kuzatildi[4]. Bu ko‘rsatkich shaharga kirib
Доказательный фрагмент
«Shahar jamoat transporti har qanday shaharning infratuzilmasida muhim o‘rin tutadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюShahar jamoat transporti har qanday shaharning infratuzilmasida muhim o‘rin tutadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Shahar aholisining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid ma’lumotlarni, Jamoat transporti, Harakatni tartibga soluvchi yo‘l belgilari, Transport va yo‘l-transport sohasidagi mavjud infratuzilma obyektlari, mavjud jamoat transportidagi yo‘lovchilar aylanmasi., chorraxalar va ayrim yo‘l qismlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024