Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TARBIYASI OG'IR BO'LGAN BOLALAR BILAN KORREKSION ISHLAR OLIB BORISH
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Haydarova Gulmira Qo'chqarovna (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 5 · 2026
Аннотация
Tarbiyasi o’g’ir o’quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlarda avvalo u haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish lozim. Masalan oilasi, do’stlari, ichki va tashqi sotsiumda rivojlanishi. Maqolada shu fikrlarga to’xtalib o’tamiz Kalit so'zlar: Korreksiya, diagnostika, oilaviy sharoit, nazoratga olinish, tarbiyasi og'ir o’smirlar. Bir qancha psixalogik-korreksion ishlar olib borilmoqda masalan ular bilan individual suhbat, kuzatish, diagnostika qilish kabi. Kuzatishlarimizdan bilamizki, oilaning to'liq yoki noto'liqligi ham bolalar va o'smirlar nazoratsizligining kelib chiqishiga u yoki bu ko'rinishda ta'sir qiladi. Shu boisdan oilada ota-onalarning birgalikda ahil, inoq yashashligi bolalar va o'smirlar xulqidagi og'ishlarning oldini olishda muhim hisoblanadi. Oilada nizoli vaziyatlar ko'plab uchrab turadigan nosog'lom oilada o'sayotgan o'smir uchun ham ota-ona mehri turli xil oilaviy urush janjallardan, muammolardan ustun turadi. Demak, bolalar xulq-atvoriga kuchli ta'sir ko'rsatuvchi omil bu ota-ona, oila a'zolari va maktab jamoasi ta'siridir. Ta'lim tizimida tarbiyasi og'ir o'quvchilar bilan olib boriladigan tuzatish ishlar: maktab ichki nazoratiga olish va ular bilan davra suhbatlari tashkil etish; o'quvchilarni qiziqishlariga qarab to'garaklarga jalb etish: • O’quvchilarning oilaviy sharoitini o'rganish; • ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish; • maktablarining alohida ichki nazoratiga olingan o'quvchilar bilan tushuntirish ishlarini olib borish; • o'quvchilarning ushbu ro'yhatga olingaligini o'ziga va tengdoshlariga oshkor qilmagan holda profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va ularga nazoratchi-pedagoglarga biriktirish; Muhim masalani hal etishda guruh rahbari quyidagi vazifalarni majmuali hal qilish lozim: O'smir shaxsini shakllantirishda uning atrof muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Chunki o'smirda muayyan narsalarga nisbatan munosabat shakllangan bo'ladi. O'smir xulq atvorini baholashda (rag'batlantirish yoki jazolashda) kattalarning qat'iyatliligi, prinsipialligi sinchkov o'quvchi tomonidan tahlil qilinadi. Shuning uchun rag'batlantirish va jazolash usullari oqilona, o'z vaqtida qo'llanilishi kerak. Psixologik adabiyotlarda mehnat bilan jazolash o'smir psixologiyasida keskin o'zgarish yasashi ifodalangan. Ma'lumki, hamma o'quvchilarga mehnatning qahramonlik, yaratuvchilik ekanligi uqtirib, kelinadi. Favqulodda mehnatdan jazo sifatida foydalanish ularga mutlaqo yomon ta'sir ko'rsatadi. Bola tarbiyasida birinchi galda oilaviy tarbiyani, ya'ni oiladagi sog'lom munosabatni qaror toptirish "oila-maktab" hamkorligini to'g'ri yo'lga qo'yish, bolani balog'at yoshiga xos xususiyatlarini to'g'ri anglagan holda, tarbiya jarayoniga maqsadli yondashish, ko'plab salbiy omillarni kelib chiqishining oldini oladi. Ma'lumki, oilaning ijtimoiy-psixologik sog'lomligi iqtisodiy omillar bilan ham bog'liq. Oilada ota-onaning egallagan kasbhunari, 108 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo jamiyat hayotining rivojiga qo'shayotgan hissalari, ularning kasbiy faol harakat qilishlari kabilar oila byudjetiga o'z ta'sirini ko'rsatishi barobarida, farzandlar tarbiyasida ham o'z aksini topadi. Oiladagi o'zaro hurmat, hissiy bir-biriga intilib yashash, oilaviy yakdillik, oilani barqaror bo' lish omilidir. O'zicha bir olam bo'lgan bola ham o'z navbatida ota-onasi, o'ziga yaqinlari hamda ustozlarini anglashda o'z- o'zini tarbiyalash orqali tegishli xulosalar chiqarib oladi. O'z-o'zini tarbiyalash orqali bolada nojo'ya qiliqlar qilish o'rniga o'ylab fikr yuritadigan, kirishimli, lozim paytda boshqalarga yordam qo'lini cho'zadigan, kelgusida biron kasb-hunar egasi bo'lib, jamiyat nojo'ya harakatlar qiluvchi bolalar o'rtasida farq bo'ladi. Sho'x bolalarning xatti-harakatlari ko'proq zararsiz, ba'zan kutilmaganda yuzaga chiquvchi, ba'zan biron tashabbusni ko'zlab uni bajarishga kirishish bilan bog'lanib ketadi. Maktablarimizda qiyin bolalar muammosi bor, avval ham bo'lgan va doim ham bo'ladi. Pedagoglar tomonidan tez-tez qo'llaniladigan ba'zi belgilarnigina qayd etamiz: o'quvchi maktab kun tartibiga bo'ysunmaydi, o'qishga yomon munosabatda, qo'pollik qiladi, mushtlashadi, darslarda e'tiborsiz, tengdoshlarini xafa qiladi, hech narsa o'qimaydi, ko'p kuladi, dangasa, so'kinadi, qizlarga tegajoglik qiladi va xokazo. Pedagoglarning tan olishiga qaraganda bemavrid ovqatlanish, uxlash, bekorchilik, sayr qilish, ko'chada sandiroqlab yurish, shiyponchada o'tirish, urishish, kishining g'ashini keltiradigan kiyimlar kiyish, qiliqlar qilish, pardoz-andoz qilish ularning sevimli faoliyat turlaridandir. Bu chetga chiqishlarning paydo bo'lishiga asos bor. Oilada ota yoki onaning yo'qligi, bolaning yolg'iz ota yoki yolg'iz onaning tarbiyalashi, tashqi o'quv tarbiya muasassalari ta'siri yo'qligi (bola bo'sh vaqtida biron bir faoliyat bilan shug'ullanmaydi) bunday sabablardan hisoblanadi. O'quvchi- yoshlar o'rtasida axloqiy me'yorlarga mos xulq-atvorni shakllantirishda ta'l
Доказательный фрагмент
«Tarbiyasi o’g’ir o’quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlarda avvalo u haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish lozim.»
Образец извлечения
Демо-превьюTarbiyasi o’g’ir o’quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlarda avvalo u haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish lozim. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Korreksiya, diagnostika, oilaviy sharoit, nazoratga olinish, tarbiyasi og'ir, tarbiyasi og'ir o’smirlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026