Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OLIY TA’LIM SOHASIDA ILM-FAN RIVOJI (TARIXIY TAHLIL)
To‘xtaboyev X. · Qar DU tadqiqotchisi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 1992
Аннотация
Maqolada, oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, dars berish metodikalarining zamonaviylashuvi, shuningdek, universitetlararo hamkorlik va innovatsiyalar joriy etilishi kabi omillar taqdim etilgan. Kalit so‘zlar: Oliy ta'lim, ilmiy-tadqiqot faoliyati, universitetlararo hamkorlik, ilmiy salohiyat, ta'lim metodikalari, innovatsiya, xalqaro dasturlar, ilm-fan. Har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida oliy ta’lim juda katta ahamiyatga ega. Oliy ta’lim muassasalarining hayoti va rivojlanish darajasi muayyan davlatda madaniy taraqqiyotini qay ahvolda ekanligini aniqlashga yordam beradi. Oliy ta’limda fan rivoji dolzarb masalalardan biri bo‘lib, u ta’lim sifati, ilmiy izlanishlar samaradorligi va jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim islohoti” dasturi ishlab chiqilib, oliy ta’lim muassasalarida joriy etilib, 1992-1993-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim ikki pog‘onali o‘qish tizimiga o‘tkazildi[1]. Oliy o‘quv yurtlarida ikki bosqichli ta’lim asosida bakalavr va magistr darajalarini egallash imkoni paydo bo‘ldi[2]. Shuningdek, O‘zbekistonning boshqa oliy ta’lim muassasalari qatori Qarshi davlat universitetida ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 5-fevralda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlariga abituriyentlarni test usulida tanlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan qabulda test usuli qo‘llanildi[3]. Bu bo‘yicha 1992-1993-o‘quv yilidan boshlab, fakultetlarda maxsus chora-tadbirlar olib borildi[4]. Jumladan, Urganch davlat universiteti malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning barcha shakllaridan unumli foydalanilmoqda. ilmiy ishlarni boshlayotgan iste’dodli yoshlar bir yil muddatga stajyor-tadkikotchi lavozimiga tanlov asosida qabul kilib har yili 10 ta stajyor- tadqiqotchi Respublikadagi yetakchi oliy dargoxlarda tayyorgarlikdan o‘tkazilgan. Mustaqillik davrida 70 ga yaqin xodimlar Respublika boshka oliygoxlari qoshidagi doktoranturalarda, kunduzgi, sirtki aspiranturalarda va mustakil ravishda ilmiy izlanishlar olib borgan[5]. Mustaqillik yillarida universitetning 10 dan ortik xodimi doktorlik dissertatsiyasi ishi ustida ilmiy izlanishlar olib boryapti. Doktorlik dissertatsiyalari borasidagi ishlar doktoranturaga chikmasdan kisman bevosita ukuv tarbiya jarayenidan ajralmagan xolda kisman katta ilmiy xodim lavozimida bo‘lgan holda amalaga oshirilgan. Universitet aspiranturasiga talabalarni kabul kilish tanlov asosida bulib, ular oliy ukuv yurtlarini imtiyezli tamomlagan iktidorli yoshlar orasidan olingan. Aspirantlar ilmiy izlanishlar olib borishi uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan. Ularga katta tajribaga ega bulgan bitta akademik, 20 dan ortik fan doktori va bir nechta fan nomzodlari iliiy rahbarlik kilgan[6]. Shuningdek, universitetda 1996 yil xo‘jalik shartnomasi asosida bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlarining umumiy hajmi 1387250 sumni tashkil kilgan. Bularning asosiy kismi Davlat kismi fan va texnika komiteti bilan tuzilgan shartnomalar asosida olib borilgan ilmiy izlanishlardir. Jumladan, dolzarb bulgan Xorazm vohasi murlangan, utloki botqoq tuproqlar sharoitida suv- energiya tejamlash jarayonini saqlagan holda bug‘doydan yuqori xosil olish muammosini o‘rganish bo‘yicha "Tuproqshunoslik va ekologiya" tarmoq laboratoriyasida izlanishlar olib borildi.[7] 4 1992 1993 yillar davomida Farg‘ona davlat universiteti ilmiy kengashi ilm-fan sohasini rivojida muhim o‘rin tutdi. Mazkur Kengash tasdiqlangan reja asosida ish olib borib, yil mobaynida 15 marotaba (shundan 3 tasi navbatdan tashqari) yig‘ilish o‘tkazdi va rejadagi belgilangan barcha masalalar ko‘rib chiqildi. Kengashda asosan 90 dan ortiq masalalar ko‘rildi, jumladan o‘quv, ta’lim-tarbiya ishlari (25), ilmiy-tadqiqot ishlari (11), universitet tarkibiy tuzilishini takomillashtirish bo‘yicha (5), tanlov saylovi (12) va har xil masalalar (40 dan ortiq) ko‘rib chiqildi. Kengash barcha fakultetlar va kafedralarda oliy ta’limni takomillashtirish borasidagi Nizomlarni, o‘quv, ta’lim-tarbiyaviy va ilmiy ishlarni bajarilishini izchil nazorat qilib bordi. Universitetda bakalavr o‘quv rejalari va dasturlari o‘quv yilining boshlanishidan oldin chuqur tahlil qilindi va shu asosda ishchi o‘quv rejalar tuzildi. Kengashda davlat imtihonlarini o‘tkazish, imtihon sessiyalari yakunlarini tahlil qilish, sirtqi ta’lim tizimini yaxshilash borasidagi masalalar ham ko‘rib borildi. Bundan tashqari fakultetlar tomonidan nomdor stipendiyalarga tavsiya etilgan talabalar tanlov saylovi, professor-o‘qituvchilarni kontrakt-shartnomasini tasdiqlash, ilmiy unvonlar olish uchun hujjatlar ko‘rib chiqildi. Jumladan, shu yil 5 ta professor va 23 ta dotsent unvontalablarning hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi OAKga tavsiya etildi.[8] Bu ma’lumotlardan kelib chiqib, Namangan davlat universitetida ilm-fan sohasining rivoji muayyan yutuqlarga erishganini ko‘rish mumkin. Quyidagi asosiy jihatlarga e’tibor qaratish lozim: 1. Ilmiy kadrlar tayyorlas
Доказательный фрагмент
«Maqolada, oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, dars berish metodikalarining zamonaviylashuvi, shuningdek, universitetlararo hamkorlik va innovatsiyalar joriy etilishi kabi omillar taqdim…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada, oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, dars berish metodikalarining zamonaviylashuvi, shuningdek, universitetlararo hamkorlik va innovatsiyalar joriy etilishi kabi omillar taqdim… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ilmiy-tadqiqot faoliyati, innovatsiya, universitetlararo hamkorlik, xalqaro dasturlar, Oliy ta'lim, ilmiy salohiyat, ta'lim metodikalari, ilm-fan.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024