К содержанию
РецензированоUZ2026

NUTQIY AKT GENDER XUSUSIYATLARINI TAHLIL QILISHNING ASOSIY TAMOYILLARI

Tashpulatova Shirina Ziyoviddin qizi · Katta o’qituvchisi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

The study of gender features found in speech act samples in English and Uzbek literary texts and sources in the English language corpus is of urgent importance from the point of view of pragmatics, cognitive linguistics, linguocultural studies, and practical translation. By describing, classifying, and comparing the linguocognitive, linguopsychological, and linguocultural features of the manifestation of gender features in speech acts, it becomes possible to semantically label these meaningful elements and improve the content of translation texts. Keywords and concepts: speech act, pragmalinguistics, gender, linguistic and non- linguistic features of the text. Nutqiy aktning turli semantik va pragmatik ko’zrsatkichlari analizi struktur tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, lingvopragmatika, semantik tadqiqotlarda yuzaga chiqqan antropotsentrik yondashuv asosida amalga oshirilmoqda. Nutqiy akt va uning komponentlarini gender prizmasida tahlil qilish, xususan, ingliz va o’zbek tillarida ruhiy holat mazmuniga ega nuqtiy aktlarning gender ko’rsatkichlarini qiyoslash, ushbu xususiyatlarini aniqlash, tizimlashtirish va tarjimasini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Nutqning gender ko‘rsatkichlarini turli tillar kesimida tahlil qilish, tarjima variantlari va semantik tarkibida gender emasi mavjud leksik birliklarning leksikografik talqinini tahlil qiluvchi tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Tadqiqotlar asosan gender ko‘rsatkichi yaqqol 13 ifodalangan lisoniy birliklarni nutqdan ajratilgan holda tahlil qiladi. Nutqiy akt milliy, madaniy, axloqiy, mental omillarning lisoniy birliklar vositasida voqelanishini namoyon qiluvchi jonli jarayondir. Ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning gender xususiyatlarini yoritish vositasida tilning voqelanishda inson omili bilan bog‘liq ravishdagi nutqiy muloqot jarayonini sharhlash zarur. Ijtimoiy hayot, turli tarmoqlardagi taraqqiyotning asosiy sharti insonlarning o’zaro muloqoti, u yoki bu shakldagi nutqiy aktlaridir. Til mana shu zaruratni qoplovchi asosiy vosita bo’lganligi sabab, muloqot jarayonining kommunikativ-pragmatik jihatlari pragmalingvistikaning asosiy obyekti sifatida maxsus o’rganilganda til materialidan unumli foydalanish borasida tavsiyalar shakllantirish imkoni tug’iladi. Tilning gender xususiyatlari qiyosiy tilshunoslik, sotsiolingvistika, uslubiyat, lingvomadaniyatshunoslik, psixolingvistika va tarjima nazariyasi doirasida tadqiq etilmoqda. Ayol va erkak jinsiga mansub shaxslarning nutqidagi farqlar, ularning idrok va ruhiyatidagi tafovutlar nutqda qanday aks etishi, ushbu o‘ziga xosliklarni nutqda ifodalovchi vosita hamda mexanizmlar jahon va o‘zbek tilshunoslarini qiziqitirib kelgan, chog’ishtirma antropotsentrik tilshunoslikning asosiy tadqiq obyekti bo’la oladi. Hozirda o‘zbek va ingliz tilshunosligida matnning lisoniy va nolisoniy xususiyatlarini tahlil qilish dolzarb masalalardan biri. Bunda nutqiy aktning gender ko’rsatkichlarini badiiy, rasmiy matnlar doirasida tahlil qilish mumkin. Hozirda ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning gender xususiyatlarini ingliz va o‘zbek tillari doirasida chog‘ishtirish vositasida individual nutqqa obyektiv baho berish zarurati mavjud. Jumladan, ingliz va o‘zbek tilshunosligida nutqiy aktlarning gender xususiyatlari tadqiqi xulosalarini umumlashtirish, nutqiy aktda gender xususiyatlari namoyon bo‘lishining kognitiv va lingvopsixologik asoslarini ochib berish lozim. Shu asnoda ingliz va o‘zbek tilida ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlardagi gender ko‘rsatkichlarining milliy-madaniy xususiyatlari yuzaga chiqadi. Ingliz va o‘zbek tilida ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning gender ko‘rsatkichlarini chog‘ishtirish vositasida ushbu ma’noni ifodalovchi elementlarning tarjimasini takomillashtirish yuzasidan nazariy tavsiyalar ishlab chiqish mumkin.

Доказательный фрагмент

«The study of gender features found in speech act samples in English and Uzbek literary texts and sources in the English language corpus is of urgent importance from the point of view of pragmatics, cognitive linguisti…»

Образец извлечения

Демо-превью

The study of gender features found in speech act samples in English and Uzbek literary texts and sources in the English language corpus is of urgent importance from the point of view of pragmatics, cognitive linguisti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
and concepts: speech act, pragmalinguistics, gender, linguistic and non-, nutqiy akt, matnning lisoniy va nolisoniy xususiyatlari., pragmalingvistika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники