Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAMLAKATIMIZDA QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INING MAMLAKATIMIZNING IQTISODIYOTGA TA’SIRI TAHLILI
Erkayev Nodir Xudayberdiyevich
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025
Аннотация
Mamlakatimizda qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa tortish ma’murchiligi o‘rganlan holda ularni soliq solishni tartibiga solish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish bilan ham bog‘liqdir. Maqolada qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari, uni aniqlashdagi ayrim murakkabliklar va muammolar tahlil etilgan, soliq bazasining shakllantirishni takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini aniqlash va hisoblash yuzasidan kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalarni qo‘llash natijalarga asoslanib tegishli xulosalar shakllantirilgan va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: qo‘shigan qiymat, qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi, soliq, budjet siyosati, budjet, soliq ma’murchiligi, soliq salohiyati, normativ tahlil, soliq yuki, soliq hisoboti, soliq tushumlari, soliq imtiyozlari. Kirish: Soliqqa tortish har qanday davlatning moliyaviy siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, daromadlarni shakllantirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda o‘sib borayotgan iqtisodiyot sifatida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish hamda QQS ma’muriyati sohasida o‘ziga xos chora-tadbirlar va amaliyotlarni qabul qildi. O‘zbekistonda soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tartibi va QQS ma’muriyatining o‘ziga xos jihatlari haqida umumiy ma’lumot berib, mamlakatda soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlashda tadbirkorlik sub’ektlari uchun 3-To’plam 1-son Mart , 2025 148 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari qulay muhit yaratish muhimdir. Bundan tashqari, O‘zbekistonning soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va QQS ma’muriyatiga bo‘lgan yondashuvi raqamlashtirish va xalqaro savdodagi global tendensiyalarga mos ravishda rivojlanmoqda. Bu esa O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalarning o‘ziga xos xususiyatlari va oqibatlarini har tomonlama o‘rganish imkonini beradi. Iqtisodiyotda raqamli texnologiyalar qo‘llashni jadal rivojlantirish davrida mamlakatimizda ishlab chiqarishni texnik hamda texnologik jihatdan yangilash, yuqori texnologiyali qayta ishlash yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlari uchun raqobatbardosh muhitni shakllantirish, ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatdoshligiga erishish, eksport tarkibi hamda geografiyasini diversifikatsiya qilish, shuningdek, hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish orqali milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar ancha faollashdi. Shuningdek, davlatimizda erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sog‘lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni Konstitutsiyamizda alohida o‘rin egallagani, mulk daxlsizligi, iqtisodiy munosabatlardagi adolat tamoyilini belgiladi va demokratik islohotlarni yanada ochib berdi. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida “2023-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 15 foizdan 12 foizga pasaytirish hisobidan tadbirkorlar ixtiyorida yiliga kamida 14 trillion. so‘m mablag‘ qoladi. Lekin biznes muhitini yaxshilash uchun faqat soliqni kamaytirishning o‘zi yetarli emas”1ligini ta’kidlab o‘tdilar. Bilvosita turdagi bu soliq budjet tushumlari orasida juda katta qiyosiy salmoqqa ega. Yuqoridagi raqamlardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda katta rol o‘ynamoqda. QQSni savdoda soliqqa tortishning muvaffaqiyatli chorasi deb tan olinib ham kelinmoqda. Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy 1 https://president.uz/oz/lists/view/5774 2022-yil 20-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. 3-To’plam 1-son Mart , 2025 149 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari yo‘nalishlari tasdiqlanganligi munosabati bilan Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan yangicha mexanizm va imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, ularda soliq tekshiruvlari o‘tkazishda ushbu toifalarga muvofiq o‘rganishda monitoring tartibi soddalashtirildi. Eng kam belgilangan me’yor mikrofirmalarga shuningdek, QQS to‘lovchilariga xam tadbiq etilgan. Maxsulotlar ish va xizmatlar realizatsiyasi 1 milliard so‘m etib belgilanganligi aylanmadan olinadigan soliq rejimini maksimal miqdorini belgilaydi. 2023-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagicha imkoniyatlar yaratildi: • Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan bir yilda bir marotaba o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq baz
Доказательный фрагмент
«Mamlakatimizda qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa tortish ma’murchiligi o‘rganlan holda ularni soliq solishni tartibiga solish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish bilan ham bog‘liqdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюMamlakatimizda qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa tortish ma’murchiligi o‘rganlan holda ularni soliq solishni tartibiga solish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish bilan ham bog‘liqdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- soliq yuki, Kalit so‘zlar: qo‘shigan qiymat, budjet, soliq imtiyozlari., soliq, normativ tahlil, soliq ma’murchiligi, soliq salohiyati, qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi, soliq tushumlari, budjet siyosati, soliq hisoboti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025