Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA TRANSPOZITSIYA HODISASINING QOʻLLANILISHI
Xayrullayeva Saida A’zamjonovna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada oʻzbek tilidagi soʻz turkumlarining oʻzaro koʻchishi, sabablari hamda turlari va uning she’riy matnda qoʻllanilish xususiyatlari Abdulla Oripov she’riyati misolida tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: transpozitsiya, koʻchish, konversiya, sintaktik transpozitsiya, agglyutinativ tillar, qolip, sinxron, olamning lisoniy manzarasi, funksional transpozitsiya. Soʻzlarning ma’no tovlanishi, oʻzgarishi inson va tilning tadriji, til va tafakkurning aloqasi bilan bogʻliqdir. Olamning lisoniy manzarasi oʻzgarishi va uning qabul qilinishi bilan yangidan-yangi semalar hosil boʻladi. Soʻz ma’nolarining oʻzgarishi tilshunoslikda transpozitsiya atamasi bilan ataladi. Jahon tilshunosligida soʻz turkumlari orasidagi munosabatlarni birinchilardan boʻlib Balli, uning individual tomonlari esa Yespersen, Seshe, Frey yaratgan. Nurmonov A., Mahmudov N., Sayfullayeva R., Mengliyev B., Mirzayev I., Hojiyev A., Qoʻngʻurov R., Eltazarov J.lar tomonidan oʻzbek tilshunosligida soʻz turkumlarining oʻzaro munosabati, koʻchishi va transpozitsiya hodisasi oʻrganilgan. Transpozitsiya- soʻz turkumining koʻchishi, ma’lum bir turkumga mansub soʻzning oʻziga xos boʻlgan, atash, vazifa semasini kuchsizlantirib, boshqa soʻz turkumiga xos semantik va grammatik belgiga ega boʻlishi tushuniladi. [1,183] Demak, transpozitsiya ham til leksik sathining boyib, takomillashib borish yoʻllaridan biridir. Boshqacha aytganda, hech qanday qoʻshimchalarsiz soʻz yasalishidir. Transpozitsiya atamasi bilan bir qatorda koʻchish, translatsiya, konversiya, derivatsiya atamalari sinonim qoʻllaniladi. Shulardan transpozitsiya va translatsiya xalqaro termining oʻzbekcha muqobili- koʻchish sanaladi. Konversiya esa transpozitsiyaning bir koʻrinishi boʻlib, sintaktik transpozitsiyaga toʻgʻri keladi. Transpozitsiyaning uch turi mavjud: 1.Transpozitsiya (koʻchim)- soʻz turkumlarining koʻchishi. (Bunda soʻz semasi oʻzgaradi va boshqa turkumga xos leksik, grammatik vazifalarni bajaradi. Prof. J.Eltazarovning koʻrsatishicha, badiiy matnda oʻrtacha har uch jumladan birida koʻchkin (transpozitiv) soʻz qoʻllash mavjud. [2, 138] Abdulla Oripovning “Yillar armoni” she’riy toʻplamidan keltirilgan quyidagi misollarni koʻrib chiqsak: N Misol Koʻchish tipi Izoh 1. Istaymanki, na’ra tortsin At>N Sifat +ot (oʻlik odam ) qolipidagi chaqaloqlar ham, Oʻliklar birliklarning otlashishi natijasida ham tinch yotmasin bu oʻlik soʻzi otga xos boʻlgan sema qabrlarida. (168-b) va grammatik kategoriyalarni qabul qilgan. Hozirda substant sifatida 7 79 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ qaraladi. 2. Seni quyosh oʻzi koʻtargay At>N Oshiq soʻzi dastlabki turkumi sifat boshga, boʻlsa-da, birlamchi vazifasi Sen ham oshiqmisan yoki, oʻzgargan va otga xos grammatik va ohujon? (180-b) morfologik xususiyatlarni koʻrsatgan. 3. Bolam, keksalarni qadrla At>N Qariya, keksa kabi sifatlar sifat +ot koʻproq, qolipidagi soʻz birikmalarining faol Bogʻlab qoʻygan emas qoʻllanislishi natijasida otga xos bizni, deydilar. (183-b) kategorial qoʻshimchalar bilan qoʻllanila oladi. (-lar qoʻshimchasi otga xos grammatik kategoriya) 4. Ayting, hilol buncha At>N Hilol – yangi oy ma’nosini ma’yus boqmagay, anglatgan arabcha soʻz boʻlib, Ayting, muncha suluv oʻzlashgandan soʻng substant boʻlmagay tonglar. (186-b) sifatida qoʻllanilgan: Koʻkka boqsa, Zuhro yulduz qolar ekan lol, Hasad qilar ekan uning qoshiga hilol. (Turob Toʻla) 5. Oʻzini kir-chirdan At>N Yuviladigan har xil kiyim, sochiq va Pok etsa jahon. (188-b) shu kabi narsalarning umumiy nomi. kir kiyim (sifat +ot) qolipidagi qoʻllanishlardagi sifatlarning otlashishi natijasida yuzaga kelgan substant hisoblanadi. 6. Oldinda kelajak turar At>N -ajak, -vchi kabi kelasi zamon alomat, sifatdosh qoʻshimchasi bilan Mayliga, yashasin butun yer qoʻllangan oʻquvchi, toʻquvchi, yuzi. yozuvchi kabi soʻzlar hozirgi kunda ot soʻz trkumiga oʻtgan va substantlar sifatida qaraladi. Misollardan koʻrinadiki, koʻchish jarayoni turli til sathlarida (leksik, morfologik, sintaktik sathda) kuzatish mumkin. Masalan, sifat+ot, sifatdosh+ot, ravish+ot qolipidagi soʻz birikmalarining otlashishi natijasida yosh, keksa, qiz, er, yigit, ayol, sogʻ, kelajak,oʻquv, yozuv, tanish, tanlov, kechuv, qari, yosh, bilish, kasal, sogʻ, kabi yuzlab soʻzlar ot soʻz turkumiga oʻtgan va bugungi kunda ular aniqlovchi pozitsiyasida kelgandagina oʻzlari mansub boʻlgan “eski” turkumning xususiyatlariga qaytadilar. [4,103] E’tibor bering: Bir koʻrgan tanish, ikki koʻrgan – bilish. Majlis davomida nuqul tanish chehralarni izlardim. Bunday soʻzlar tilshunoslikda substantivlar sifatida qaraladi. 2. Sintaktik transpozitsiya-bunda soʻz boshqa turkumga xos vazifani bajaradi, ammo morfologik jihatdan bu turkumga oʻzlashmaydi. [2,90-b] 7 80 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bu turdagi koʻchishda koʻchayotgn soʻz oʻz kategorial ma
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada oʻzbek tilidagi soʻz turkumlarining oʻzaro koʻchishi, sabablari hamda turlari va uning she’riy matnda qoʻllanilish xususiyatlari Abdulla Oripov she’riyati misolida tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada oʻzbek tilidagi soʻz turkumlarining oʻzaro koʻchishi, sabablari hamda turlari va uning she’riy matnda qoʻllanilish xususiyatlari Abdulla Oripov she’riyati misolida tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qolip, konversiya, transpozitsiya, olamning lisoniy manzarasi, koʻchish, funksional transpozitsiya., sintaktik transpozitsiya, sinxron, agglyutinativ tillar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024