Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHIMOLIY AFG‘ONISTON HUDUDIDAGI SARIPUL VILOYATINING O‘ZBEK TILIDAGI TOPONIMLARI
TILIDAGI TOPONIMLARI · Emadi NesarAhmad
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article analyzes the toponyms used in the Uzbek language of the Saripul region of Afghanistan and studies the origin of the place names that have been used to refer to the people living in this region since ancient times. Key words: Toponymy, onomastics, ethnography, linguistics, geography. Анатация. В статье анализируются топонимы, используемые в узбекском языке региона Сарыпуль Афганистана, а также изучается происхождение топонимов, которые использовались для обозначения народов, проживающих в этом регионе с древних времен. Ключевые слова: Топонимика, ономастика, этнография, языкознание, география. Toponim har bir hududdagi ishlatilib keluvchi joy nomlari bo’lib, bu xalq uchun belgi sifatida atalib kelmoqda. Toponimika fani tilshunoslik etnografiya, geografiya, geologiya va tarix, fanlarining tutashgan nuqtasida paydo bo‘lgan va ular bilan chambarchas aloqada bo‘lib rivojlanadi. Onomastika fani yangi bo‘lishiga qaramay ko‘pgina mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda o‘z o‘rni va mavqyeini topishga qodir bo‘lgan. Tilshunoslikning eng muhim bo‘lgan sohalaridan biri bu toponimlardir. Toponimlar geografik hududiy joylashgan joy nomlarini qaysi turiga tegeshli bo‘lishini tasdiqlovchi soha bo‘lib, Afg‘oniston Saripul hududlarida o‘zbek tiliga ataluvchi toponimlarni o‘rganishdir. Afg‘onistonning Saripul viloyatidagi o‘zbek tilida ataluvchi toponimlarni kelibchiqishini o‘rganib chiqish,va ularni nima maqsadda ataluvchi nomi bilan atalishi,turkiy xalqlarning yashash ta’siri va bu sohada qanday joy nomlarini borligini o‘rganish maqsadidir. Mazkur joy nomlarini o‘rganib,ularni to‘plangan variantini ilmiy shaklda jamlab, tilshunoslikning bu sohasini rivojlantishi vazifasidir. Shunday ekan biz hozir quyidagi toponimlarni ko’rishimz mumkin. Ungutوگنوا( :Ungut, Angut , Angud, Ongud, UvUngut, Ungqut, Ungqud, Ungxud, Ungxut, Ingqud: Ungut qishlog‘i Afg‘onistonning SariPul viloyatini markaziga qarashli qishloqlardan biri bo‘lib, mamlakatdagi neftga boy hududlardan sanaladi. Aholisini asosan o‘zbeklar va arablar tashkil etadi. Bu qishloq Qara daryo (Qora daryo) nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. Ungutning neft hududi Amudaryo neft mintaqasiga kiradi. Ungutlarning ildizi qadimiy Turk Hunliklari, Hunlar va Hiyongnu (Hyung-nu) davrlariga borib taqaladi. Ungut qishlog‘i SariPul viloyati markazidan janubga taxminan besh kilometr masofada joylashgan bo‘lib, viloyatning eng neftga boy joylaridan biridir. Bu yerda asosan o‘zbeklar istiqomat qiladi. Bu hudud serhosil va yam-yashil bo‘lib, aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. 7 70 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Qishloq "Qora daryo" nomi bilan ham tanilgan. Bu yer Amudaryo neft hududiga kiradi. Rasmiy va norasmiy hujjatlarda bu yer ko‘proq “Angut” (alif ochiq talaffuzda) shaklida yozilgan bo‘lsa-da, mahalliy aholi “Ungut” deb talaffuz qiladi, bu esa to‘g‘ri shaklidir. Ungut nomli joylar Eronning turli qismlarida ham mavjud. Turkiyada ham Ungut nomli kichik bir shahar bor. Xuddi shunday, Krimiya orolida (Ukraina tarkibidagi) va Rossiyada ham Ungut nomli shaharlar mavjud. O‘zbekistonda va Mo‘g‘ulistonda ham Ungut deb ataluvchi joylar topiladi. O‘zbeklar bilan bog‘liqligi tarixiy manbalarga ko‘ra, Ungutlarning dastlabki guruhlari Chingizxon bilan birgalikda Xorazmga yurishda ishtirok etgan va u yerda joylashib qolgan. So‘ngra ular Movarounnahr va Turkistonga tarqalganlar. Shubhasiz, Ungut qo‘shinlari tarkibida ham nasroniylar, ham musulmonlar bo‘lgan, biroq Turkistonga joylashgan Ungutlar asosan musulmon edilar. Arg‘unlar Ungutlarning bir bo‘lagi bo‘lib, ular davlat idoralarida va savdoda faol bo‘lganlar. Jo‘ji xon davrida Xorazm hokimlaridan biri Jontemur bo‘lib, u Ungutlar jumlasidan bo‘lgan mo‘g‘ul qo‘shinlarini boshqargan. Saripuldagi Ungutga qaytsak Ungut Saripul viloyatining janubida joylashgan qishloqlardan biridir. Aholi og‘zaki nutqida bu nom "Ungut" deb talaffuz qilinadi, biroq ommaviy axborot vositalarida "Angut" shaklida yoziladi bu esa noto‘g‘ri. Afg‘oniston Qishloqlar Atlasi Saripulda to‘rtta "Angut" nomli qishloqni qayd etgan bo‘lib, ular aslida bir qishloqning qismlari bo‘lishi mumkin: Angut O‘zbekiya, Angut Arab, Angut Afg‘aniya va Angut Higzak. Ehtimol, bu to‘rt bo‘lim aynan hozirgi Ungutga tegishli. Atlasda ularning barchasi SariPul shahrining sharqida joylashgan deyilgan, holbuki haqiqiy Ungut janubda joylashgan. Saripul viloyati ta’lim boshqarmasi rahbari Abdul G‘afur Ungutiyga ko‘ra, mahalliy aholida Ungut nomi "un" yoki "o‘zbek uniga" aloqador deb hisoblashadi. Ungut ikki kichik daryo Oq daryo va Qara daryo bilan sug‘oriladi. Oq daryo toza va tiniq suvlari bilan tanilgan, faqat ko‘paygan suv mavsumlarida biroz loyqalanadi. Qara daryo esa ko‘p hollarda loyqa bo‘ladi, shuning uchun bu nom bilan tanilgan1. Oq Daryo:)ایرد قآ( Saripul viloyatida joylashgan mashhur daryo bo‘lib, u aslida janubi- g‘arbiy tog‘lardan boshlanadi va tog‘li hududlardagi ya
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the toponyms used in the Uzbek language of the Saripul region of Afghanistan and studies the origin of the place names that have been used to refer to the people living in this region since ancie…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the toponyms used in the Uzbek language of the Saripul region of Afghanistan and studies the origin of the place names that have been used to refer to the people living in this region since ancie… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Toponymy, onomastics, ethnography, linguistics, geography, tilshunoslik, onomastika, etnografiya, geografik., Toponim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024