Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FAXRIYOR SHE’RIYATIDA OY OBRAZINING QO‘LLANILISHI VA UNING SHE’RDA IFODALANGAN MAZMUN - MOHIYATI
Pardamurodova Maxbuba Sroch qizi · Qahramonov. Q.Y
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article discuss the use of the image of the moon in Fakhriyor's poetry and the meaning and essence it conveys in the poem. Fakhriyor's poetry collection "Ayolg‘u" is used as the main source for this article. Key words: poetry, moon, formalism, form, method, symbol. Аннотатция. В данной статье рассматривается использования образа луны в поэзии. Фахрияра и смысл, передаваемый в стихотворении. Основным источником для статьи служит поэтический сборник Фахрияра " Айолғу". Ключевые слова: поэзия, формализм, форма, метод, луна, символ. Faxriyor ijodi bilan tanishganda, uning tasavvur dunyosi o‘zgacha, yangi bir olam ekaniga amin bo‘lamiz. Buning sababi uning she’rlarida yangicha shakl va mazmun, o‘ziga xos topqirliq borligi bilan asoslanadi. Shoir she’rlarini tushunishda faqatgina ko‘ngil hislarining o‘ziga tayanish kamlik qiladi, balki aqliy taxayyul bilan ko‘ngil anglamlari hamohang bo‘lsagina, birgalikda tushuna oladi. Demoqchimizki, shoir ijodining tub mohiyatini anglash uchun kitobxon aql – tafakkurning turtinshlari ham kerak bo‘ladi. Shoirning she’rlari odamni o‘zi bilan o‘zini bahs qilishga chorlaydi. Shoir she’rlarini tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, shaklning nechog‘lik yangicha ekani, mohiyatga ta’sir qilishi, shakl orqali mazmun mohiyatini anglash mumkinligini ta’kidlash kerak. Bu shoirning uslubiy o‘ziga xosligini belgilovchi muhim jihatlaridan biridir. Faxriyorning novatorligi ham aynan shu falsafiyligi, she’rlarning tagdorligi, mohiyatni shakllar orqali berishida, deb o‘ylayman. Bilamizki, adabiyotshunoslikdagi formal metod badiiy, shakliy - kompozitsion unsurlarga eng muhim nazariy estetik kategoriya sifatida qaraydi. Badiiy adabiyotning individual xususiyati shaklda o‘z ifodasini topadi.(1) Faxriyor ijodini tahlil qilar ekanmiz obraz va ramzlar(badiiy ramzlar)ning poetik xusuiyatlari diqqatimizni tortadi. Ayonki, “...badiiy obraz borliqning(undagi narsa hodisa v.k) badiiy asardagi aksi. Biroq, badiiy obraz o‘sha borliqning oddiygina aksi emas, yo‘q, u borliqning san'atkor ko‘zi bilan ko‘rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir...badiiy borliqdir”.(2) 7 34 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ramz esa, ko‘chim turlaridan biri, faqat shartli ravishda va shu matn doirasida ko‘chma ma’no kasb etuvchi so‘z yoki so‘z birikmasi; obrazlilik turi. Ramz kontekst doirasida ham o‘z ma'nosida, ham ko‘chma ma'noda qo‘llanadi.(3) Adabiyotshunoslikda ta’kidlanganidek, adabiy asar go‘yo bir jonli organizmdir: organizm jonsiz yashay olmaganidek, jon ham tanasiz o‘zini namoyon qila olmaydi. Badiiy asarda mazmun bilan shakl, bir qushning ikki qanotidek, ajralmas birlikda yashaydi.(4) Shu nuqtai nazardan Faxriyor she’riyatiga qaraydigan bo‘lsak, uning she'rlari qator ramziy obraz va shakllardan yaratilganligini ko‘ramiz. Oy obrazi shu jihatdan alohida o‘ringa ega. Shoir she'riyatida, ayniqsa, “Ayolg‘u” she’riy dostonida oy obrazi badiiy, ramziy obraz sifatida sakson olti o‘rinda qo‘llanilgan. Ushbu she’riy kitobda oy timsoli ba'zi o‘rinlarda o‘z ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, ba’zi o‘rinlarda ko‘chma ma'noda qo‘llangan. Bejizga obraz va ramz tushunchalariga to‘xtalmadik, shoir ijodiga nazar tashlar ekanmiz, ko‘plab ramziy ma’no kasb etuvchi badiiy so‘zlarni uchratamiz. Qon oqmadi. Po‘lat patlarni Charx kukunday to‘kib tashladi Charxlangan Humo Oyboltaday yaraqlay boshladi... Ushbu misralar dostondagi “Oy haqida rivoyat” she'ridan olingan va bunda oyga emas, balki oybolta detaliga diqqat qaratsak: oybolta - jang quroli: dami (tig‘i) yangi tug‘ilgan oyga o‘xshash bolta. (4) Asardagi oy haqida rivoyat bilan tanishganda, shoir ifodalamoqchi bo‘lgan ma'noni to‘laligicha anglash mumkin, charx, ya'ni dunyo sinovlari, humo qushining po‘lat patlarini to‘kib tashladi, ammo dunyo sinovlarida charxlangan humo, oyboltaday yaraqladi, deydi shoir. Bu o‘rinda ramziylashgan poetik mazmun orqali Xumo sinovlarda tovlanib, charxlanib endi so‘ngi manzilda - ozodlik manzilida namoyon bo‘ldi, degan g‘oyani ilg‘ash mumkin. She’rning yozilgan yiliga qaraydigan bo‘lsak ham(ya'ni 1990-yilda yozilgan), albatta, bu fikrimizning isboti, desak bo‘ladi. Oy Tirnoq Ayol Zorlik “Ayolg‘u” dostonidan o‘rin olgan ushbu misralarda shoir oy obrazi vositasida bir qancha mushohada qilishga asos bo‘ladigan ma'no tashlagan va buni har bir o‘quvchi o‘z ko‘ngil sadosi orqali har xil ta’riflaydi. Shoir go‘yoki, sirtdan qaraganda bu tasvirlar orqali bir tirnoqqa zor, intizor ayol obrazini aks ettirgandek taassurot uyg‘otadi. Lekin bu misralardagi oy timsolining poetik vazifasiga ham shakl, ham mazmuniga ko‘ra yondashsak, mazmun bilan shaklni uyg‘unligidagi qator ma’nolarni his etish mumkin. Eng avvalo, she’rni o‘qigan insonda so‘zlar tizmasiga qarab shunday ma'no anglashiladi: Birinchi mazmunga ko‘ra ayolning homiladorligidan xabar berilyapdi, ya’ni ayol homilador bo‘lganida uning qorni ham oysimon dumaloq shaklga kiradi. 7 35 International scientific jou
Доказательный фрагмент
«This article discuss the use of the image of the moon in Fakhriyor's poetry and the meaning and essence it conveys in the poem.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discuss the use of the image of the moon in Fakhriyor's poetry and the meaning and essence it conveys in the poem. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- poetry, moon, formalism, form, method, symbol, she'riyat, ramz., metod, shakl, oy, formalizm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024