Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TARIX DARSLARIDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
ZAMONAVIY YONDASHUVLAR · Toshpo‘latova Shaxnoza Shuhratovna
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada umumta'lim maktablarida tarix fanini o'qitishda innovatsion metodlardan foydalanishning ahamiyati, samaradorligi va ularning o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, amaliy misollar asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalar tavsiflanadi. Kalit so’zlar: innovatsion metodlar, globallashuv, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, mustaqil fikrlash, kreativ fikrlash, tarixiy tadqiqotlar. Kirish. Bugungi globallashuv davrida ta’lim tizimiga bo‘lgan talablar ortib bormoqda. Ayniqsa, tarix fanini o‘qitishda yangicha yondashuv, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurati dolzarb masalaga aylangan. Tarix o‘quvchilarga faqatgina fakt va sanalarni yodlatish emas, balki mustaqil fikrlash, tahlil qilish, sabab-oqibat bog‘liqliklarini tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishni talab qiladi. Asosiy qism. Innovatsion metodlarning asosiy maqsadi. Innovatsion metodlar o'quvchilarning faolligini oshirish, ularning kreativ fikrlash va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bu metodlar o'quvchilarning tarixga nisbatan qiziqishlarini kuchaytiradi va ularni mavzuni chuqurroq o'rganishga undaydi. 3. Samarali innovatsion metodlar a) Loyiha asosidagi ta'lim (Project-Based Learning). Loyiha asosidagi ta'lim metodida o'quvchilar tarixiy mavzularni o'rganishda o'zlarining izlanishlarini olib boradilar. Masalan, o'quvchilar biror tarixiy voqea yoki shaxs haqida loyiha yaratadilar, tarixiy tadqiqotlar olib boradilar, interaktiv prezentatsiyalar tayyorlaydilar yoki drama ko'rsatish orqali voqealarni namoyish etadilar. Bu metod o'quvchilarga mustaqil ishlash va jamoaviy hamkorlik qilish imkonini beradi. b) Rol o'ynash (Role-Playing). Rol o'ynash usuli tarixiy voqealarni interaktiv tarzda o'rganishga yordam beradi. O'quvchilar tarixiy shaxslarning rolini bajarib, ularning qarorlarini va hatti-harakatlarini o'rganadilar. Bu metod o'quvchilarga o'zlarini tarixiy shaxs sifatida his qilish imkonini beradi va tarixni jonli tarzda o'rganishga yordam beradi. c) Gamifikatsiya (Gamification). Gamifikatsiya metodida o'yin elementlari darsga kiritiladi. Masalan, tarixiy mavzularda viktorinalar, o'yinlar yoki musobaqalar o'tkazilishi mumkin. Bu metod o'quvchilarning qiziqishini oshiradi va darsni yanada qiziqarli va interaktiv qiladi. O'yin asosida o'quvchilar o'z bilimlarini tekshirish va baholash imkoniyatiga ega bo'ladilar. d) Texnologiyalarni qo'llash (Technology Integration). Tarix darslarida multimedia materiallaridan foydalanish ham samarali metod hisoblanadi. O'quvchilarga tarixiy videolar, interaktiv xaritalar, virtual ekskursiyalar, va 3D modellar orqali o'rgatish ularga tarixiy voqealarni real dunyo bilan bog'lashga yordam beradi. Bu metod darslarni ko'proq vizual va interaktiv qilish imkonini beradi. 561 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 e) Kritik fikrlash va bahs-munozara (Critical Thinking and Debate). Tarix darslarida o'quvchilarni tanqidiy fikrlashga undash uchun bahs-munozara metodlari qo'llanilishi mumkin. O'quvchilarga tarixiy voqealar yoki shaxslar haqida turli nuqtai nazarlarni o'rganish, tahlil qilish va bahs-munozaralarda ishtirok etish imkoniyatini berish, ularning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. 4. Tarix darslarida innovatsion metodlarning foydalari • Qiziqishni oshirish: Innovatsion metodlar o'quvchilarning tarixga bo'lgan qiziqishini oshiradi va o'quvchilarni faol ishtirok etishga undaydi. • Kreativ fikrlash: O'quvchilar tarixiy voqealarni turli xil nuqtai nazardan ko'rishga o'rganadilar, bu esa ularning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. • Mustaqil o'rganish: Loyiha asosidagi ta'lim va boshqa metodlar o'quvchilarga mustaqil ishlash imkonini beradi, bu esa o'z-o'zini ta'lim olishga yordam beradi. • Jamoaviy hamkorlik: Innovatsion metodlar jamoada ishlash va hamkorlik qilish ko'nikmalarini oshiradi 1. Klaysterlar va aqliy hujum (brainstorming) metodlari Tarixiy davrlar, shaxslar yoki hodisalarni guruhlarga ajratish, asosiy belgilarini topish uchun klaysterlardan foydalanish mumkin. Aqliy hujum esa muayyan tarixiy muammo yoki savolga javob topishda o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rag‘batlantiradi. 2. Rol o‘ynash va insenirovka metodlari Tarixiy voqealarni jonlantirish, masalan, muhim tarixiy shaxslar o‘rtasidagi muzokaralar, sud jarayonlari yoki parlament yig‘inlarini sahnalashtirish orqali o‘quvchilar darsga faol jalb qilinadi. Bu metod ularning tarixiy tafakkurini rivojlantiradi. 3. Multimedia vositalaridan foydalanish Dars jarayonida interaktiv taqdimotlar, videoroliklar, virtual ekskursiyalar orqali o‘quvchilarni tarixiy joylar bilan tanishtirish, hodisalarni vizual ko‘rsatish katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Google Earth yoki 3D tarixiy rekonstruktsiyalar orqali tarixiy joylarni “sayohat” qilish mumkin. 4. “Flipped Classroom” (Ag’darilgan sinf) texnologiyasi Bu metodda o‘quvchilar uyda nazariy materialni o‘rganib kelishadi, darsda esa muhokama, tahlil va savol-javoblar asosida chuqurlashtirilga
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada umumta'lim maktablarida tarix fanini o'qitishda innovatsion metodlardan foydalanishning ahamiyati, samaradorligi va ularning o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini oshirishdagi o‘rni yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada umumta'lim maktablarida tarix fanini o'qitishda innovatsion metodlardan foydalanishning ahamiyati, samaradorligi va ularning o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kreativ fikrlash, globallashuv, tarixiy tadqiqotlar., zamonaviy pedagogik texnologiyalar, mustaqil fikrlash, innovatsion metodlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026