Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DORINA - TARTYUFGA QARSHI HAQIQAT QUROLI
Aminjonova Go‘zal Umidjonovna · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Jan Batist Poklen Molyerning hayoti va ijodi, fransuz teatrida tutgan o’rni haqida so’z yuritiladi. Ayni paytda uning “Tartyuf” asari hamda uning qiyosiy tahlili tadqiqot uchun asos qilib olinadi. Kalit so’zlar: “Tartyuf”, Orgon, “soxta avliyo”, Dorina, “Padarkush”, Xayrullo, Elmira. XVII asr klassitsizm davri adabiyotida fransuz dramaturgiyasi alohida o’rin egallagan. Asrlar davomida klassitsizm ko’plab avlod vakillari ijod namunalarida o’z aksini topgan. Bulardan Kornel, Rasin, Milton, Volter, Mari- Jozef Shenye tragediyasi, Lyull musiqasi, Malerba, Lafonten, Opis, Fleminga she’riyati, Molyer komediyasi, Pussen yaratgan kartinalari insoniyatning badiiy rivojida chuqur iz qoldirgan. XVII asrda klassitsizm yo’nalishi shoirlar va yozuvchilar orasida o’zini komediyalari bilan tanilgan Molyer ham bor edi. Jan Batist Poklen Molyerning nomi fransuz teatri tarixida komediyaning buyuk islohchisi sifatida muhrlangan. Molyer 1622-yil qirol saroyida jihoz sozlovchi usta J.Pokelen oilasida tug’ilgan. U Klarmen kollejida tahsil oldi va 1643-yil o’ziga Molyer degan taxallus olib, hayotini teatrga bag’ishladi. Molyer yangi usuldagi komediya turini yaratdi va “Sevgi mojarosi” shu turdagi asar bo’ldi. Molyerning buyuk komediyalari “Tartyuf”(1664) asari bilan boshlandi. Bu asra bosh qahramoni Tartyuf nomli shaxs. U xalq orasida o’ziga dindorlikni taqvo qilib, muqaddas kitoblardan fatvolar topib insonlarni yo’ldan ozdirgan firibgar kimsa. Asarda yana boshqa qahramonlar bor, ular Tartyufga o’zidan ko’proq ishonishadi. Bular Orgon va uning onasi Parnel xonim. Orgon shu darajali Tartyufni “soxta avliyo”ligiga ishonadiki, xatto uning o’gitlarini qabul qilmagan o’g’li Damisni uyidan haydab, yosh qizi Marianani unga nikohlab berishga rozi bo’ladi va hattoki uyini ham Tartyufni nomiga o’tkazadi. Orgon o’z rafiqasiga ham befarq bo’ladi faqat Tartyufni o’ylaydi. Buni asardagi Orgon bilan Dorinani suhbatidan ham bilib olsak bo’ladi. Dorina Orgonga kecha xotiningiz betob bo’lib qoldilar, kechadan beri tuz totganlari yo’q sizni ko’rmoqchilar, balkim oldilariga kirarsiz deydi, Orgon esa Tartyuf qanday ahvoli yaxshimi, ovqat yedimi shu haqida so’raydi. Tartyuf ularni shunchaki qo’lida “qog’irchoq”dek o’ynatadi. Lekin yolg’onga qarshi haqiqat ham bo’ladi. Bu yolg’onni anglagan birinchi inson Dorina edi. Dorina- bu oddiy xizmatkor. U oddiy xizmatkor bo’lishiga qaramay uy egalarini o’z oilasidek ko’radi va ularga sodiq qoladi. Dorinani shu xislatini Mahmudxo’ja Behbudiyning “Padarkush” asaridagi Xayrullo obraziga o’xshatsak bo’ladi. Xayrullo boyning sadoqatli xizmatkori. Aynan shu sadoqatlik semasi ikkala asar qahramonlariga ham xos. Xayrullo boyning qo’pol muomalasiga qaramay, unga har doim sodiq qoladi. Dorina ham Orgon va Parnel xonimning yomon muomalasiga qaramay, ularga har taraflama yordam beradi. Dorina oddiy xizmatkor bo’lsa-da, u o’z egalaridan aql jihatidan ustun turadi. 518 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Buni o’sha Tartyufga qarshi Parnel xonimni ko’zini ochish uchun aytgan jumlasidan ham bilib olsak bo’ladi. U Tartyufni “unda taqvodorlik yo’q, dinchilik parda” deya ta’riflaydi. Baribir bir kun haqiqat oshkor bo’lganidek, Tartyufni yolg’oni ham axiyri oshkor bo’ladi. Bu yolg’onni fosh etishda, Orgonni xotini Elmiraning hissasi katta. Tartyuf Elmiraning nomusini badnom qilmoqchi bo’lgan paytda qo’lga tushadi. Komediyada Tartyufni yolg’oni fosh bo’lishidan avval butun bir oilaning parchalanishi e’tiborga molik. Bu parchalanishni e’tibordan qoldirmagan va biriktirishga harakat qilgan yagona obraz bu Dorina edi. Darhaqiqat, badiiy adabiyotda, xususan dramatik asarlarda xizmatkor obrazning sirdosh, darddosh, yelkadosh shaxs siymosida gavdalanishi bo’rtib turadi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Jan Batist Poklen Molyerning hayoti va ijodi, fransuz teatrida tutgan o’rni haqida so’z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Jan Batist Poklen Molyerning hayoti va ijodi, fransuz teatrida tutgan o’rni haqida so’z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Padarkush”, “soxta avliyo”, Orgon, Elmira., Xayrullo, “Tartyuf”, Dorina
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024