К содержанию
РецензированоUZ2026

NUTQI TO‘LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALARDA DIQQAT VA XOTIRANI TEKSHIRUV METODLARINI O‘TKAZISH

Tоjikulоvа Gulbаxоr Furqаt qizi

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

This article analyzes the methods of experimental testing of attention and memory. Psychological tests, experimental methods, and neuropsychological assessment tools are used in the research process. These methods are of great importance in assessing human cognitive activity, studying the stability of attention and memory processes. The results allow us to identify individual characteristics of attention and memory, as well as to observe their changes in different age groups and personal typologies. Keywords: Attention, memory, psychology, cognitive processes, neuropsychology, test methods, stability of attention. Diqqat - subyekt faoliyatining biror obyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to'plab, muayyan bir obyektga aktiv qaratilishiga aytiladi.Nutq kamchiligiga ega 211 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 bo'lgan bolalar uchun diqqat-e'tiborning o'zgaruvchanligi, ixtiyoriy diqqatning pastligi, o'z harakatlarini rejalashtirishdagi qiyinchiliklar kabi bir qator xususiyatlar xosdir. Diqqat ta'sir etuvchi analizatorlarning (ko'rish yoki eshitish) ishtirokiga ko'ra farqlanadi: nutqida kamchiligi bor bolalarda diqqatni to'plash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Masalan, nutqi to‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda rang, shakl,figuralarning fazoviy joylashishini farqlashda xatolar ko‘p uchraydi. Bunday bolalar diqqatining tarqoqligi tufayli biron-bir ishni oxirigayetkaza olmaydi. Nutqi to‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqatni nutq va amaliy harakat o'rtasida bo'lish amalda bajarib bo‘lmaydigan qiyin vazifa hisoblanadi. Bolalar diqqatidagi kamchiliklar butun ish jarayoni davomida kuzatiladi. Ularda diqqatning ko‘chishi, ya’ni bir narsadan ikkinchi boshqa narsaga, faoliyatning bir turidan boshqa turiga o'tishi qiyinchiliklar bilan kechadi. Buning sabablaridan biri ketma-ket qilinadigan ish mazmunlari o'rtasida bog‘liqlikning borligi yoki yo‘qligida. Agar bunday bog‘liqlik bo’lsa diqqat tez va oson ko‘chadi. Diqqat ko‘chishining yengillik yoki qiyinlik sabablaridan yana biri diqqat qaratilgan narsalarga va bajarilayotgan ishlarga nisbatan bolalarning munosabatlaridadir. Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari Diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga boʻlinadi: ixtiyorsiz (passiv) diqqat va ixtiyoriy (aktiv) diqqat. Ixtiyorsiz diqqat biron tashqi sabab taʼsirida kishi xohishidan qatʼi nazar hosil boʻladi. Bunday diqqat odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. Diqqatni jalb qilish uchun qoʻzgʻatuvchining kuchi katta ahamiyatga ega emas, narsaning chiroyliligi, yorqinligi, oʻtkir hidliligi va boshqa xususiyatlari Diqqatni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy diqqatda psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu turi iroda kuchini talab qiladi, shuning uchun bu diqqat irodaviy diqqat deb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy diqqat vositasida amalga oshiriladi. Diqqatning barqarorlik, koʻchuvchanlik, boʻlinuvchilik kabi xususiyatlari, koʻlami bor. Diqqatning barqarorligi uning yagona, umumiy (masalan, kitob oʻqish, masala yechish kabi) ishga xizmat qiluvchi narsa yoki hodisaga uzoq muddat jalb boʻla olishidan iborat. Bunda harakat obyektlari (masalan, kitob matni, masalada berilgan sonlar va shu kabilar) hamda harakatning oʻzi (masalan, masalani yechish yoʻllari) oʻzgarib turishi mumkin, lekin faoliyatning umumiy yoʻnalishi oʻzgarmay saqlani-shi lozim. Koʻchuvchan diqqat bir faoliyatdan yoki narsadan boshqa faoliyat yoki narsaga tez jalb boʻladi. Bu xususiyat diqqatning avvalgi narsaga qay darajada qaratilganligiga va yangi faoliyatning xususiyatiga (uning diqqatni qanchalik qarata olishiga) bogʻliq. Individning o‘z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi. Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy jarayonlar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bu 212 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o‘sha faoliyat bilan belgilanadi. Muayyan bir materialni esda olib qolish hayot faoliyati jarayonida individual tajriba orttirilishiga bog‘liqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik kechadigan faoliyatda qo‘llash uchun uni esga tushirish kerak. Ulug‘ muallim va shifokor Ibn Sino nutq va xotiraning o‘zara bog‘liqligiga e'tibor bergan va shunday degan edi: «Bolalar birga bo'lganda doim bir-birlari bilan gaplashadilar va bu bilan o‘z xotiralari va nutqlarini rivojlantiradilaf». Xotiraning bir necha turlari mavjud: ko'rgazmali-tasavvurli,so'zli-mavhum va oraliq. Bu turlar inson yuqori asab faoliyati biri

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the methods of experimental testing of attention and memory.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the methods of experimental testing of attention and memory. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Attention, memory, psychology, cognitive processes, neyropsixologiya, test metodikalari, diqqatning barqarorligi., xotira, psixologiya, Diqqat, kognitiv jarayonlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники