Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
AQLI ZAIF OʻQUVCHILARNING MULOQOT KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Tоjikulоvа Gulbаxоr Furqаt qizi
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
This article discusses the specific features of speech development in children with intellectual disabilities. Effective ways to eliminate speech problems in children with intellectual disabilities are revealed. Kalit so‘zlar: aqli zaif, alohida ehtiyojli bolalar, ijtimoiy, maxsus ta’lim, kliniko-pedagogik, oligofreniya, endogen, ekzogen, irsiy omillar, aqli zaiflik, debillik, imbesillik, idiotiya. Ключевые слова: умственно отсталые, дети с особыми потребностями, социальное, специальное образование, клинико-педагогический, олигофрения, эндогенные, экзогенные, генетические факторы, умственная отсталость, глупость, имбецильность, идиотия. Keywords: mentally retarded, children with special needs, social, special education, clinical and pedagogical, oligophrenia, endogenous, exogenous, hereditary factors, mental retardation, debility, imbecility, idiocy. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bog‘langani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekanligi ta’kidlangan. Shunday ekan jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan alohida yordamga muhtoj bolalarga beriladigan e’tibor ham katta ahamiyatga ega. Maxsus muassasalarning asosiy vazifasi aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ijtimoiy moslashuvi-adaptasiyasini amalga oshirish,ya’ni ularni mustaqil hayotga tayyorlash, jamiyatda o‘z o‘rnini topib,hamma qatori mehnat qilib, yashab ketishiga,ijtimoiy himoyalanishiga yordam berishdir. Maxsus pedagogikaning muhim masalalaridan biri aqli zaif o‘quvchilar nutqini rivojlantirish hisoblanadi. Chunki nutq inson hayotida juda katta rol o‘ynaydi. Rivojlanayotgan nutq avvaliga muomala vositasi sifatida, keyinchalik fikrlarni ifodalash va tafakkur quroli sifatida chiqadi, inson xulq-atvori va faoliyatini 207 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 boshqaradi. Aqli zaif bolalarda nutq buzilishining ziga xosligi oliy asab faoliyatining o‘ziga xosliklari va ularning psixik rivojlanishi bilan aniqlanadi. S.Ya.Rubinshteynning fikricha, barcha analizatordagi yangi differensial aloqaning miyada sekin ishlab chiqilishi va funksiya qatlamlarining zaifligi aqli zaif bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganining asosiy sabablari hisoblanadi. Nutq-eshitish analizator sohasidagi differensiyalovchi shartli aloqalarning sekin rivojlanishi natijasida aqli zaif bola uzoq muddat davomida nutq tovushlarini ajrata olmaydi, atrofdagilar aytayotgan so‘zlarni tushunmaydi, nutqni aniqtiniq eshita olmaydi. Aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishi dastlabki oylardanoq ortda qoladi. Nutqni yaxshiegallagan bola o‘z fikrlarini yaxshi bayon qila oladi, darsliklardagi materialni to‘liq tushuntirib, bayon qilib bera oladi. Nutqi maqsadga muvofiq tarzda rivojlangan bola o‘z fikrini mantiqiy ketma-ketlikda, asoslangan va ziga nisbatan ishonch bilan bildira oladi. Nutq tizimining turli komponentlarining shakllanishi va rivojlanishining buzilishi nutqning umumiy rivojlanmaganligi deb ataladi. Nutq kamchiliklarini bartaraf etishning samarali uslublarini ishlab chiqish, shu jumladan, bolalarni maktabga tayyorlashda zamonaviy logopediyaning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Nutq nuqsonlariga ega aqli zaif bolalarni o‘z vaqtida aniqlash, mavjud og‘zaki nutq kamchiliklarini to‘g‘ri tasniflash va unga mos korreksion ta’limni tashkil etish bu bolalarda yozish va qish kamchiliklari paydo bo‘lishining oldini olibgina qolmasdan, kelgusida dastur materialini o‘zlashtirishda ortda qolishga yo‘l qo‘ymaydi. Nutqni rivojlantirishning asosiy vazifalari nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, til boyligi, faolligini oshirish, nutqning grammatik tomonini rivojlantirish, aloqa nutqini qitish barcha maktabgacha yoshdagi muassasalarda hal qilinadi. Bolaning aloqa nutqini shakllantirish tilning grammatik tuzilishi, lug‘at tarkibi, tovush tomonini zlashtirish bilan chambarchas bog‘liqlikda kelib chiqadi. Ko‘p olimlar qatori L.S.Volkova, S.N.Shaxovskayaning ta’kidlashlaricha, aqli zaif bolalarda nutqning grammatik tomonlari shakllanmaganligi kuzatiladi. Bu agrammatizmlar (gaplarni tuzish yoki ularni tushunishda vujudga keladigan qiyinchiliklarda ifodalanadigan nutqning buzilishi) grammatik umumlashtirishlarni talab qiladigan ko‘pgina vazifalarni bajarishdagi qiyinchiliklarda namoyon bo‘ladi. Bunda so‘z yasash va so‘z o‘zgartirishning morfologik shakllari, gapning sintaksis tarkibi yaxshi shakllanmagan bo‘ladi. Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab- internatida ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish omillaridan biri fanlararo aloqalarni to‘g‘ri tashkil etishdan iboratdir. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘qish va yozuv darslarida turli bo‘limlar va mavzularning o‘zaro bog‘lanishi hamda aloqasini aniq belgilashi va o‘qitish jarayonida unga amal qilishi lozim. Dastur talabiga ko‘ra 208 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (5
Доказательный фрагмент
«This article discusses the specific features of speech development in children with intellectual disabilities.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the specific features of speech development in children with intellectual disabilities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mentally retarded, children with special needs, social, special, ijtimoiy, aqli zaif, alohida ehtiyojli bolalar, oligofreniya, kliniko-pedagogik, aqli zaiflik, debillik, irsiy omillar, maxsus ta’lim, endogen, imbesillik, ekzogen, idiotiya.
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025