К содержанию
РецензированоRU2017

О’ZBЕKISTОNNING GЕRMАNIYА DАVLАTI BILАN HАMKОRLIK АLОQАLАRI 2017-2024-YILLАR

Yusupov Axrorjon Qurbonovich · Latifxodjaev Murodxon

Interpretation and researches · 1 · 2017

Аннотация

Ushbu maqolada O'zbekiston va Germaniya munosabatlarining mustaqillikdan so’ng iqtisodiy,siyosiy,savdo va madaniy gumanitar aloqalari buguni rivoji xaqida so’z boradi. Kalit so‘zlar: O'zbekiston, Germaniya, tashrif, Shavkat Mirziyoyev ,Olof Shols, diplomatik, munosabatlar. O'zbekiston va Germaniya munosabatlarining buguni rivoji o'zaro hurmat va manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan strategik sheriklikni yana-da muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand universitetining Gumboldt nomidagi hamda Bamberg va Gyottingen shaharlaridagi universitetlar bilan hamkorligi samarali rivojlanayotir. Oʻzbekiston Respublikasida nemis millatiga mansub 25 mingga yaqin kishi yashaydi.17 2021-yil mart oyida Oʻzbekiston prezidenti va Germaniya kansleri oʻrtasida videokonferensiya shaklidagi muloqot boʻlib oʻtdi.18 O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 20-22 yanvar kunlari Germaniyaga bo'lib o'tgan birinchi rasmiy tashrifi, shuningdek, Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning o'sha yili 27-29 may kunlari O'zbekistonga javob tashrifi ikki tomonlama hamkorlik rivojiga kuchli turtki berdi.19 O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yil 28-30- sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Germaniyada bo'ldi. Jahon iqtisodiyotining turli sohalari va jabhalarida yetakchi o'rinlarni egallagan dunyoning yetakchi davlatlaridan biri - Germaniya O'zbekistonning Yevropadagi istiqbolli hamda ishonchli savdo- iqtisodiy hamkori hisoblanadi.O'zbekistonning har tomonlama modernizatsiya qilinishi Germaniya ishbilarmon doiralarining iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qiziqishi ortishiga xizmat qilayapti.Bugungi kunda mamlakatimizda nemis sarmoyasi ishtirokidagi 200 dan ortiq korxona faoliyat ko'rsatmoqda. O'zbekiston bozorida Germaniyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari – «Deutsche Kabel», "Knauf", "Claas", "Papenburg" va «Falk Porsche» muhim o'ringa ega. "Siemens", "BASF", «Thyssen Group», «Roland Berger», «Adidas Group» kabi 17 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 18 „https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_%E2%80%94_Germaniya_munosabatlari 19 https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_%E2%80%94_Germaniya_munosabatlari 187 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 o'z sohalaridagi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik yo'lga qo'yilgan. «Deutsche Bank», "Sparkassenstiftung", "Commerzbank" va "Landesbank Baden-Württenberg" bilan moliyaviy sohadagi aloqalar rivojlanib bormoqda.Mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro tovar ayirboshlash hajmi so'nggi besh yil ichida 1,5 barobardan ortiq, 2018-yildagi 771,9 million dollardan 2022-yilda 1 milliard 150 million AQSH dollarga oshdi. Va bu o'sish tendensiyasi davom etmoqda. Joriy yilning yanvar-iyul oylarida tomonlar salkam 610 million dollarlik savdo ayirboshlashni amalga oshirdi.2015-yilda tashkil etilgan Germaniya-O'zbekiston ishbilarmonlar kengashi (GO'IK) savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishga katta hissa qo'shmoqda. Kengash o'ziga xos xususiyatga ega, chunki u O'zbekistondagi yagona G2B platformasi hisoblanadi. GO'IK o'z faoliyati davomida Germaniya ishbilarmon doiralari va O'zbekiston hukumati o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri va ochiq muloqot uchun eng muhim platformaga aylandi.Savdo va sarmoya bo'yicha hukumatlararo ishchi guruhi ham savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishga har tomonlama yordam bermoqda.Davlatimiz rahbarining may oyidagi Germaniyaga tashrifi chog'ida bo'lib o'tgan ishbilarmonlik tadbirlari natijasida umumiy qiymati 9 milliard yevrodan ortiq bo'lgan savdo shartnomalari hamda sarmoyaviy- texnologik bitimlar imzolandi.2024yilning sentyabr oyida Germaniya ishbilarmon doiralari delegatsiyasi tarkibiga Savdo-sanoat palatasi a'zolari, shuningdek, «Falk Porsche Technik GmbH», «Kabel AG» (DKG), «Schneider Group», «DB Engineering & Consulting GmbH», «GP Günter Papenburg AG» va boshqa kompaniyalar rahbarlari hamda vakillari O'zbekistonga tashrif buyurib, vazirlik va idoralarda samarali muzokaralar o'tkazdi. Mamlakatimiz korxonalari va tadbirkorlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Germaniya ishbilarmonlar missiyasining ushbu tashrifi ikki davlatning savdo- iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishdan o'zaro manfaatdorligini yana bir bor tasdiqladi.Germaniyada ikki tomonlama munosabatlar faollashgani fonida O'zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi va sayyohlik salohiyatiga qiziqish ham ortib borayotir. 2023 yil may oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi doirasida davlatimiz rahbari germaniyalik hamkasbi bilan birgalikda Berlindagi Jeyms Simon galereyasida tashkil etilgan «O'zbekiston arxeologik xazinalari – Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar davrigacha» ko'rgazmasining ochilishida ishtirok etdi. Ko'rgazma 2024-yil 14- yanvarga qadar davom etadi va uning faoliyati davomida Germaniya jamoatchiligi h

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O'zbekiston va Germaniya munosabatlarining mustaqillikdan so’ng iqtisodiy,siyosiy,savdo va madaniy gumanitar aloqalari buguni rivoji xaqida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O'zbekiston va Germaniya munosabatlarining mustaqillikdan so’ng iqtisodiy,siyosiy,savdo va madaniy gumanitar aloqalari buguni rivoji xaqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Olof Shols, tashrif, diplomatik, Shavkat Mirziyoyev, Germaniya, munosabatlar., O'zbekiston
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники